• Ta’lim vositalari - o‘quv jarayonining tashkil etilishi va o‘tib borishini ta’minlaydigan xilma-xil o‘quv jixozlari, o‘quv qo‘llanmalari va boshqalar. Bilim
  • Nazariy bilim
  • M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/251
    Sana06.09.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #270410
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   251
    Bog'liq
    Inf met

    Didaktik tamoyillar
    – bu ta’lim jarayoni qonuniyatlari, mazmuni 
    va metodlarini belgilab beruvchi o‘qitish tamoyillaridir. SHuning uchun 
    ham o‘qituvchining pedagogik mahorati va ta’lim oluvchining 
    o‘rganuvchanlik faoliyatini bir qolipga solib, belgilangan maqsadga 
    erishishni ta’minlaydigan qoidalar majmuasi ta’lim jarayonida 
    qo‘llaniladigan didaktik tamoyillar mohiyatini tashkil etadi. Didaktik 
    tamoyillar nazariy va amaliy ta’limida maqsad, mazmun, metodlar
    tashkil etish shakllari, o‘qitish vositalari va usullari; mehnat va 
    tarbiyaviy faoliyat; ta’limning turli bosqichlari hamda pedagogik va 
    mehnat jarayonlari; ta’lim oluvchilarning jamoaviy rivojlanishi va har 
    birining alohida rivojlanishi o‘rtasidagi aloqadorliklarni aks etiradi.
    Ta’lim vositalari
    - o‘quv jarayonining tashkil etilishi va o‘tib 
    borishini ta’minlaydigan xilma-xil o‘quv jixozlari, o‘quv qo‘llanmalari 
    va boshqalar.
    Bilim
    – bu o‘quvchilar ongida muayyan tartibda mustahkamlangan, 
    ularning shaxsiy mulkini tashkil etadigan va bundan ular zaruratga ko‘ra 


    17 
    foydalana oladigan faktlar, ma’lumotlar, ilmiy nazariyalar, qonunlar
    tushunchalardir.
    Bilim
    – borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan 
    natijasi. Ob’ektiv reallikning inson ongida adekvat aks ettirilishi 
    (tasavvur, tushuncha, mulohaza, nazariyalar). U kundalik, ilmiy, 
    empirik, nazariy bilimlarga ajraladi.
    Kundalik bilim sog‘lom fikrga va kundalik amaliy faoliyat 
    shakllariga asoslanadi va insonning atrof – muhitga moslashuvchi, uning 
    hatti – harakatlari va oldindan ko‘ra bilishi uchun asos bo‘lib xizmat 
    qiladi. Uning vazifasi ta’lim – tarbiya jarayonini nazorat qilishga 
    ko‘maklashish hisoblanadi.
    Ta’lim
    – tarbiyani uyushtirishda nazariy, empirik va ilmiy bilimlar 
    roli va o‘rni beqiyos. Ilmiy bilim ta’lim – tarbiyani takomillashtirish 
    muammolari echimlarini topishda qo‘l keladi va u tizimli, asosli narsa – 
    hodisalar mohiyatiga chuqur kirib boradigan bo‘ladi. U empirik va 
    nazariy darajada bo‘lib, bilimdan empirik va nazariy bilimlarni 
    shakllantirishda foydalaniladi.
    Nazariy bilim
    – empirik holatlarni tushuntirish, ya’ni narsa va 
    hodisalar mohiyatini bilish imkonini beradigan qonuniyatlarni ochishni 
    nazarda tutadi.
    Bilim bilishni amalga oshiruvchi asosiy omil bo‘lib, dunyoni 
    bilishning negizini tashkil etadi va u tufayli ilm, fan, texnika – 
    texnologiyalar rivojlanishi ta’minlanadi. Demak, bilimni ob’ektiv 
    mavjudod haqidagi yoki muayyan sohaga oid ma’lumotlar majmui, deb 
    ham ifodalash mumkin.

    Download 5,02 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   251




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi

    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish