13
bilan bir paytda u ta’lim oluvchilarda dunyoqarash va axloq me’yorlarini
hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarni shakllantiradi, ularning bilish
faolligini oshiradi. O‘qituvchining faoliyati ta’lim
oluvchi shaxsining
maqsadga muvofiq shakllanishiga katta imkoniyatlar ochib beradi.
Yanada aniq qilib aytsak, butun o‘quv jarayonini rejalashtiradi,
ushbu
jarayonda ta’lim oluvchilar bilan birgalikdagi faoliyatni tashkil etadi.
Ta’lim oluvchilarga qiyinchiliklarni yengib o‘tishda yordam beradi
hamda ularning bilimlarini va butun ta’lim jarayonini tashxis qiladi. O‘z
navbatida ta’lim oluvchilarning faoliyati o‘quv jarayonida o‘rganishga,
bilim, ko‘nikma hamda malakalarni egallashga, o‘zini jamiyatga foydali
faoliyatga
tayyorlashga
yo‘naltiradi.
Ta’lim
jarayonida
ta’lim
oluvchilarning faoliyati ko‘p qirrali yo‘nalgan harakatni ifodalaydi va bu
harakat bilishga doir vazifalarni hal qilishda ularga katta yordam beradi.
Didaktikaning asosiy tushunchalariga
ta’lim, ta’lim
jarayoni,
ta’lim tamoyillari, ta’lim metodlari, ta’lim
shakllari, ta’lim vositalari,
bilim, ko‘nikma, malaka, o‘qitish, o‘qish va shu kabilar kiradi.
Ta’lim
– ta’lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar
yordamida bilim berish va ulardagi ko‘nikma
hamda malakalarni
shakllantirish jarayoni bo‘lib, kishining shaxs sifatida hayotga va
mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi.
Ta’lim deganda shaxsning jismoniy va ma’naviy kamol topishi,
uning ongli ravishda ayrim ibratli faoliyatlari yo‘nalishlari
tarixan
maydonga kelishi, ijtimoiy namuna bo‘lishga va har tomonlama
barkamollikka intilish jarayoni tushuniladi.
Ta’limning boshlang‘ich (dastlabki) vazifasi ta’lim oluvchini
o‘qitishdan iborat. Shuning bilan birga oila, ishlab chiqarish va boshqa
sohalarga ma’lumot berish vazifasini bajaradi.
Ta’lim berish – ta’lim oluvchining
intellektual salohiyatini
yuksaltirishga qaratilgan pedagogik faoliyati bo‘lib, insonning aqliy
faoliyatini rivojlantirish jarayonidir.
Ta’lim berish ta’lim oluvchilarning o‘qish – o‘qitish jarayonining
mazmun va mohiyatini ongli ravishda anglab
yetishlari orqali amalga
oshiriladi.
Ta’lim dasturi – o‘quv fanlarining bakalavriat yo‘nalishlari va
magistratura mutaxassisliklariga qo‘yiladigan malaka talablariga
muvofiq kadrlarning zaruriy va yetarli darajadagi tayyorgarligini
ta’minlovchi bloklarga jamlangan ro‘yxati.