11
ilk bor YA. A. Komenskiy (1592 - 1670) tomonidan ishlab chiqilgan. U
1657 yilda u chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktika
nomi ostida Komenskiy ―Hammani hamma narsaga o‘rgatish san‘ati,
deb tushundi. Didaktikaning mohiyatini ishlab chiqishda G. Pestalotssi,
I. Gerbart, K.D. Ushinskiy, V. Ostrogorskiy, P. Kapterev kabi mashhur
olimlar katta hissa qo‘shishdi. Bu yo‘nalishda didaktlar YU.K.
Babanskiy, N. Gruzdev, M.Danilov, B. Esipov, L. Zankov, M. Skatkin
kabilar ham ancha ishlarni amalga oshirishdi.
Didaktika pedagogikaning ―
Nima uchun o‘qitish kerak
, ―
Nimani
o‘qitish kerak
, ―
Qanday o‘qitish kerak
, ―
Qanday hajmda o‘qitish
kerak
, ―
Kimlarni o‘qitish kerak
, ―
Qaerda o‘qitish kerak
, ―
Nimadan
foydalanib o‘qitish kerak
kabi savollariga javob izlaydi.
Umumiy didaktika
o‘z navbatida ayrim fanlarga oid usullar bilan
juda mustahkam bog‘langan bo‘lib, ularga oid ma’lumotlariga tayanib
o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini ochib beradi va ayni vaqtda har bir
o‘quv fanini o‘qitish usullari uchun umumiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Didaktika o‘z oldiga o‘qitishning o‘quvchilarni
har tomonlama
tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy qonuniyatlarni bilib
olish vazifasini qo‘yadi.
Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o‘qitish
jarayonining
mohiyati, ta’limning mazmuni, o‘qitish qonuniyatlari,
o‘qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.
O‘qitish jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va ta’lim
oluvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi.
Shu o‘rinda bu jarayonlarning tahliliga e’tibor qarataylik. Ta’limda
o‘qituvchining boshqaruvchilik roli o‘z kasbining
ijtimoiy asoslaridan
kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning asrlar
davomidagi bilish, mehnat, muloqot,
umumiy aloqalar, estetik hamda
axloqiy qarashlar jarayonida qo‘lga kiritgan yutuqlarni egallashni shart
qilib qo‘yadi.
Didaktika
va metodika
mustahkam aloqa hamda o‘zaro
bog‘liqliklikda joylashadi.
Didaktika o‘qitishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Aniq bir
predmetni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari xususiy metodikalarda
ishlab chiqiladi.