7
b) o‘qitishdan ko‘zlangan maqsadga erishish bo‘yicha hamkorlikda
ishlashning o‘ziga xosligi, ya’ni o ’qitish metodlarini;
v) belgilangan maqsadga yetish uchun ta’lim vazifalarini hal etishda
o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlikdagi faoliyatini o‘z ichiga qamrab
oladi.
Metodika pedagogikaning tarkibiy qismi bo‘lib, u insonni
shakllantirishda muayyan maqsadga qaratilgan sistematik faoliyat
to‘g‘risidagi hamda ta’lim- tarbiya berishning mazmuni, shakli va
metodlari (uslublari) haqidagi fandir.
Metodika
– metodikaga tegishli, qa’tiy ketma- ketlikka (algoritmik
xarakterga), tizimga, ilgaridan o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq
rioya qilish. Metodika- biror ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish
metodlari, yo‘llari majmuasi. Pedagogika fani sohasida ma’lum o‘quv
fanini o‘qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi.
Fanlarni o‘qitish integratsiyasi
.
Integratsiya
– o‘qitishning
maqsad va omillarini bir butun qilib birlashtirish.
Integrativ funksiya
–
bu funksiya umumta’lim va kasbiy ta’limni bog‘lovchi bo‘g‘indir.
Bunda ta’lim mazmunidagi barcha tashkil etuvchi elementlar
majmuasini – bilim, ko‘nikma, malaka, me’yor, pedagogik tizimlarni
o‘zida mujassamlab: bilimlarni tizimlashtirishni tashkil etish, talabalarda
har xil predmetlarda o‘tiladigan va texnik, texnologik jarayonlarda sodir
bo‘ladigan hodisalar, tushunchalar, g‘oyalar, nazariyalar orasidagi
o‘zaro integratsiya va har tomonlama bog‘lanish borligini o‘rnata olish
ko‘nikmalarini shakllantirish; bu bog‘lanishlar kasbiy bilimlarni
chuqurlashtirishga yordam beruvchi ekanini tushuntirishni ta’minlash;
talabalarda ijodkorlik masalalarini nazariy to‘g‘ri texnik va amaliy
jihatdan maqsadga muvofiq yechishda, turli o‘quv predmetlarini
o‘rganishda olgan bilim va mahoratlari asosida texnikaviy – iqtisodiy,
ijtimoiy – ekologik, tashkiliy – pedagogik tizimlar maqsadi, mezoni va
vazifasini to‘g‘ri shakllantirish ko‘nikmalarini hosil qilishlarini nazarda
tutadi.