M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/251
Sana06.09.2024
Hajmi5,02 Mb.
#270410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   251
Bog'liq
Inf met

 
1- BO‘LIM. UMUMIY METODIKA. 
 
I- BOB. FANLARNI O‘QITISHNING METODOLOGIK 
ASOSLARI 
 
1.1. Fanlarni o‘qitish metodikasi kursiga kirish 
 
Fanlarni o‘qitish metodikasi kursi va uning uzluksiz ta’limi tizimidagi 
o‘rni. Bugungi kunda fanlarni o‘qitish va uning tushinchalarini 
o‘quvchilarga yetkazishda muhim o‘rin tutuvchi shaxs bu pedagogdir. 
Pedagog fan doirasidagi ilmiy va asoslangan axborotlarni o‘quvchilarga 
tushinarli va aniq qilib yetkazishi uning pedagogik mahoratiga, o‘qitish 
uslubi va o‘qitishda qo‘llaniladigan texnologiyalariga bog‘liqdir. Bu 
masalalarni hal qilish o‘qitish metodikasini yaxshi bilishini taqozo etadi. 
Bu esa pedagogdan nihoyatda murakkab va ko‘p qirrali mehnatni talab 
qiladi. O‘qitish metodikasidagi muammolarni bilish, o‘rganish o‘z 
pedagogik faoliyatida qo‘lash har bir mutaxassis uchun zarur. Fanlarni 
yoshlar qiziqib o‘rganishlarida, o‘qituvchining fanlarni o‘qitish, dars 
berish metodlari va ularni mahorat bilan qo‘llay olish alohida ahamiyatga 
ega. Respublikamizda bugungi kun yoshlariga ta’lim va tarbiya berishga 
alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, ularni yetuk mutaxassis bo‘lib 
yetishishiga barcha sharoitlar yaratilmoqmoqda. Ta’lim va tarbiya 
hamisha jamiyat taraqqiyotining asosi bo‘lib, u insonning jamiyatdagi 
barcha munosabatlari, aloqalarining markazida turadi. Fan, texnika va 
texnologiyalardagi inqlob inson va uning ilmiy- ma’rifiy potensialini 
ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotning hal qiluvchi omiliga aylantirdi. Fan, 
texnika va texnologiyalar taraqqiyotining ilg‘or natijalarini qo‘llash, 
ishlab chiqarishni intensivlashtirish, yuqori samarali texnika va 
texnologiyalardan foydalanish bilan bir qatorda, eng muhimi yuqori 
malakali mutaxassislar tayyorlash bu boradagi muhim yo‘nalishlardan 
biri hisoblanadi. Bu borada 
davlatimiz rahbari prezidentlik faoliyatining 
dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ 
fikrlaydigan zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik 
ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim 
tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda. 
Jumladan, 2019 yil 23 avgust kuni xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, 
pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod 
ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor 



yig‘ilishida ta’lim-tarbiya sohasida zamonaviy va oqilona tizim yaratish, 
o‘qitish metodlari, ta’lim
standartlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini 
yangilash zarurligi, bilim berishda ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish, 
tarbiyada esa milliy an’ana va qadriyatlarga suyanish muhimligi qayd 
etildi.
Bunday vazifalarni amalga oshirishda bilimdon mutaxassis 
kadrlarni tayyorlash, inson salohiyatini yuzaga chiqarish esa har jihatdan 
pedagoglarga, ularning bilimdonlik bilan bor mahoratlarini ishga solgan 
holda o‘qitish jarayonini tashkil qilishi va dars berishiga bog‘liq. Bunda 
o‘quv jarayonini tashkil etish, talabalaning chuqur bilim olishiga yordam 
beruvchi o‘quv uslublarini qo‘llashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Hozirgi davrda o‘quv jarayonini tashkil etish o‘qituvchidan faqat chuqur 
bilimgina emas, balki pedagogik mahoratga ega bo‘lishlarini, dars 
berishning turli metodlarini bilishni hamda o‘zi ustida tinmay ishlashni 
talab qiladi.
Oliy o‘quv yurtining, ayniqsa pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim 
muassasalarining talabalari esa faqatgina fan mazmunini bilishgina 
emas, keng doiradagi pedagogik muammolarni aniqlash, tahlil qilish, 
pedagogik sohaning rivojlanish istiqbollariga baho berish, bu o‘zgarishlar 
kelajakda qanday pedagogik natijaga olib kelishi mumkinligini his qila 
bilishini o‘rgatish lozim. Buning uchun esa metodik fanlarni chuqur 
bilish talab qilinadi. Fanni o‘rganish uchun to‘g‘ri metod tanlash muhim 
ahamiyatga ega. Dars o‘tishda to‘g‘ri metod tanlanmasa, nazariy 
jihatdan o‘qituvchining bilimi yuqori bo‘lishidan qatiy nazar, kutilgan 
natijani bermaydi. O‘qituvchining bilimi pedagogik mahorati va darsni 
tashkil etish texnikasi qo‘shilgandagina o ‘quv jarayonini sifatli tashkil 
etishga olib keladi. Bu esa o ‘quv jarayonini tashkil etishda turli metodlar 
va vositalardan foydalanishni bilishni talab etadi. Fanlarni o‘qitish 
metodikasi aynan ana shu maqsadga qaratilgan. U o‘qitish metodlari va 
dars jarayonida qo‘llash yo‘llari, usul va vositalarni o‘rgatadi. 
Fanlarni 
o‘qitish metodikasi (Metodika, metodologiya)ning 
predmeti, bu biror bir fanni o‘qitish (dars berish) jarayoni hisoblanadi. 
Odatda, metodika (uslubiyat) deganda ilmiy bilish faoliyatining shakllari 
va metodlari majmui haqidagi fan tushuniladi. Bu nazariy jihatdan 
qo‘yilgan maqsadga yetish, haqiqatni, reallikni, faoliyatni nazariy yoki 
amaliy bilish, o‘rganishning usullari yoki operatsiyalari majmuidir. 

Download 5,02 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   251




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi

Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish