• O‘qitish mazmunini integratsiyasi
  • M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/251
    Sana06.09.2024
    Hajmi5,02 Mb.
    #270410
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   251
    Bog'liq
    Inf met

    Integratsiyalash
    – lotincha «integer» - umumiylik, «integerara» - 
    umumiylikni to‘ldirish, yaratish, tiklash demakdir. Ta’lim mazmunidagi 
    uyg‘unliklarni ta’minlash muammolari ham integratsiyalashning 
    shug‘ullanadigan sohasi hisoblanadi. 
    U tushunchalarni umumlashtirishni o‘rgatishdir. Ta’lim va tarbiyada 
    esa bilimlar, tushunchalar, ko‘nikmalar va malakalarni shakllantirishlarni 
    umumlashtirib, qonun yoki qoida ko‘rinishiga keltirishni amalga 
    oshiradi. 



    Integratsiyalash tushunchasi muhim ilmiy termin bo‘lib, u 
    umumlashtirish, xulosalashda metodologik vosita bo‘lib hisoblanadi
    chunki uning yordamida jaryon va hodisalar mazmunlari orasidagi 
    umumiy uyg‘unlik algoritmlari yaratiladi. 
    O‘qitish mazmunini integratsiyasi
    – o‘zaro ta’sir, aloqa, bir- 
    biriga o‘tish jarayoni va natijalari, bilim sintezi, faoliyat turlari va 
    iqtidori (qobiliyati) yaxlit bir tizim deb tushunilishidir. 
    Fanlarning integratsiyalashuvi ushbu fanlarning bir biriga 
    yaqinlashuvi va ulanishi bo‘lib, fan doirasidagi alohida bo‘limlarning 
    birlashuv holatida ko‘zlangan masadga erishtiruvchi jarayondir.. Bundan 
    tashqari, integratsiyani psixologik- tuzatuv prinsipi deb bilish mumkin, 
    uning mazmuni ta’lim oluvchining hissiy va intellektual sohalarini 
    rivojlantirish va birlashtirishni tashkil etadi. Integratsiya bu darslarni 
    samaradorligini 
    oshiruvchi 
    vositasidir. 
    O‘quv 
    jarayonida 
    integratsiyalashgan texnologiyani qo‘llash orqali biror bir muammoni 
    o‘rganishda fanlarni aloxida- alohida o‘rganishdan ko‘ra g‘oyalar va 
    prinsiplarning o‘xshashligini yaxshiroq kuzatilishi mumkin, chunki bu 
    ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida turli sohalarda qo‘llash imkonini 
    beradi. 
    Integratsiyalashning asosiy maqsadi talabalarning o‘zi yashab 
    turgan dunyoni butunlikda ko‘rish va dunyoqarashlarni shakllantirish 
    xisoblanadi. Integratsiyalashgan darslarning ahamiyati o‘z fani doirasida 
    bilgan bilimlarni birgalikda umumlashtirish muximligidadir.
    Integrallashtirilgan dars turli mavzulardagi o‘quv materiallarini 
    o‘rganish bilan birlashtiriladi, biroq ular umumiy mavzudagi axborot 
    texnologiyalari vositalarining ob’ekti yoki qo‘llanilishi bilan ajralib 
    turadi. Bunday ta’lim tizimining afzalligi shundaki, u turli tomonlardan 
    talabalarni muayyan mavzuni o‘rganishga, uni turli xil yaxlitlikda 
    ko‘rishga imkon yaratiadi. Bu esa talabalarning universal ta’lim 
    faoliyatini shakllantirishda muhim element hisoblanadi. 

    Download 5,02 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   251




    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    M. E. Mamarajabov, D. E. Toshtemirov, O‘. A. Yuldashev informatika o‘qitish metodikasi

    Download 5,02 Mb.
    Pdf ko'rish