Natijalarni mustahkamlash tamoyili




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/251
Sana06.09.2024
Hajmi5,02 Mb.
#270410
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   251
Bog'liq
Inf met

Natijalarni mustahkamlash tamoyili.
O‘qishdagi muvaffaqiyatlar 
tan olinishi va baholanishi kerak. Bu o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida 
doimiy aloqa bo‘lishini talab qiladi. Natijalar esa maxsus «Baholash 
varaqalari» da qayd qilinishi kerak. 
Didaktik tamoyillar o‘qituvchi faoliyatining yo‘l yo‘rig‘i sifatida 
hizmat qiladi, alohida olganda esa tushunarlilik printsipini qo‘llab 
quvvatlaydi. 
O‘qitishning asosiy qoidalari: 

tushunarlidan – tushunarsizga; 

yaqindan – uzoqqa; 

osondan – qiyinga; 

aniqdan – mavhumga; 

umumiydan – hususiyga, umumlashtirilgandan – yakkaga; 

xususiydan – umumiyga. 
O‘qish va o‘qitish didaktik xatti harakatlar bilan bog‘liq. Didaktik 
xatti harakatlarga o‘qituvchining darsga tayyorgarlik ko‘rish, uni 
o‘tkazish va baholash faoliyati kiradi. Bu faoliyat quyidagi savollarda 
o‘z ifodasini topadi: 
1.
Kimlar o‘qitadi? 
2.
Kimlarni o‘qitish kerak? 
3.
O‘qitish orqali qanday maqsadlarga erishish mumkin? 
4.
Maqsadga erishish uchun nimani, qanday o‘qitish kerak? 
5.
Nazariy va amaliy darslarda qaysi metodlarni qo‘llab, dars o‘tish 
kerak? 
6.
Nazariy va amaliy darslarni qanday sharoitda o‘tkazish kerak? 
7.
O‘qishni qanday tashkil qilish kerak? 
8.
Ko‘zlangan maqsadga erishishni tekshirish uchun natijalar 
qanday baholanadi? 
Dars berishning shakllari, uslublari turli tuman. Maqsad, 
o‘tilayotgan dars har bir talabaning ongiga yetib borsin. Bu yerda hal 
qiluvchi rolni didaktik sakkizburchak va o‘quv jarayonining mazmuni 
o‘ynaydi. Sxemadan ko‘rinib turibdiki, o‘quv jarayonini qanday o‘tishi 
qo‘yilgan maqsad bilan, uni amalga oshirish birligidan iborat. 


20 
O‘qituvchi, dars beruvchi sifatida har safar qanday qilib, qaysi usul 
bilan dars o‘tsam qo‘yilgan maqsadga erishaman deb o‘z oldiga savol 
qo‘yib, o‘ylab ko‘rsa, dars o‘tishning aynan mavzuga mos keladigan 
uslubini topishi mumkin. 

Download 5,02 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   251




Download 5,02 Mb.
Pdf ko'rish