24
O‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi (O‘MTX) –
bu o‘quv
jarayonidagi o‘rganilayotgan mavzu rejasiga mos o‘quv-
biluv
topshiriqlarini mantiqiy izchillikdagi (bosqisma- bosqich holdagi)
o‘rganish alogritmidir va u quyidagi algoritmlik bosqichlar asosida
faoliyat yuritishini ta’minlaydi:
dasrning maqsadi va vazifalari; muayyan
o‘quv mashg‘ulotining o‘qitish natijalari va qo‘yilgan
maqsadni
bosqichma- bosqich amalga oshirish va rejalashtirilgan natijalarga
erishish; o‘rgatish texnologiyasining usulubiy vositalari (usullar,
shakllar va o‘qitish vositalari). Shuningdek,
O‘MTX
ga o‘quv axborotli
darsining qaysi bosqichida, qanday hajmda ma’lumotlar berish va bunga
qanday usul va vositalarning foydalanish lozimligi ham e’tiborga
olinadi.
Yo‘riqnoma texnologik xaritasi (YTX)-
bu
majmuaviy
(integrativ) dars mashg‘ulotlarini olib borishda tushunchalar (bilimlar)
ning qat’iy izchilligi va unda ifodalangan ma’lumotlarni axborot
ko‘rinishiga keltirib o‘rganish bo‘yicha usullar, yo‘llar, ko‘rsatmalar va
navbatdagi tushuncha (bilim) ni o‘rganishga ko‘rsatmali-
texnologik
topshiriqlar to‘la rejasidan iboratdir.