Darslik bilan ishlash metodi Ta’lim tizimida darslik bilan
ishlash metodi asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Binobarin, darslikdan
foydalanmay biror fan, texnika yoki san’at sohasini egallab bo‘lmaydi.
Darslik bilan ishlash – birinchi tomondan ta’lim jarayonida o‘qish-
o‘qitish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yordam bersa,
ikkinchi tomondan, o‘quvchilarning kelajakdagi faoliyati uchun zarur
bo‘lgan ilmiy va ilmiy- ommabop adabiyotlarni mustaqil o‘qib-
o‘rganish madaniyatini tarkib toptirish bilan birga u bolalarni ko‘nikma
va malakalar bilan qurollantirishda katta ahamiyatga ega.
O‘quv adabiyoti bilan ishlash murakkab psixik jarayonni o‘z ichiga
oladi. O‘qish jarayoni o‘qituvchi tomonidan bayon qilinayotgan
bilimlarni o‘quvchilarning eshitib, o‘qishlarinigina emas, balki o‘quv
materiallarini (ma’lumotlarni) kitob matnidan ko‘rib, ongli idrok qilish
faoliyatini ham taraqqiy ettirishni nazarda tutadi.
Darslik bilan ishlash metodi ikki shaklda olib boriladi:
•
dars jarayonida darslik va o‘quv adabiyoti bilan ishlash;
•
darslik va o‘quv adabiyotlari bilan sinfdan va maktabdan tashqari
mustaqil ishlash.
Kitob bilan ishlashning har ikkala shakli o‘quv fanlari bo‘yicha
deyarli hamma sinflarda qo‘llanishi mumkin.
O‘quvchilarni darslik va boshqa o‘quv ma’lumotlari bilan birga
qo‘shimcha adabiyot, ilmiy va ilmiy- ommabop maqolalar, shuningdek
gazeta, jurnallardan foydalanishga ham o‘rgatish kerak.
4. Demonstrastiya, illyustrastiya va ekskursiya (sayohat) metodi Demonstratsiya va illyustratsiya o‘quv ma’lumotlarini aniq usullar
orqali bevosita idrok qilish jihatidan muhim ahamiyatga ega.
O‘rganilayotgan buyum va hodisalarni to‘liq va aniq tasavvur etgan
taqdirdagina o‘quvchilarning olgan bilimlari chuqur va puxta bo‘ladi.
O‘quvchilar turmush va texnikadagi narsa, hodisa va voqealarni
demonstrastiya metodi orqali bevosita ko‘rib, idrok qilishlari natijasida
ular haqida mustaqil fikr yuritish, tahlil qilish, tegishli xulosalar
51
chiqarishga muvaffaq bo‘la oladilar. Bu metod dars davomida yoki
darsning ayrim qismlarida qo‘llaniladi.