431
Bulutli texnologiyalardan foydalanish uzluksiz muvaffaqiyatga
erishib borayotganligining sababi oddiy: ularni qo‘llash turli- tuman
imkoniyatlarga ega hamda infra tuzilish, xizmat ko‘rsatish va
xodimlarga sarflanadigan xarajatlarni tejaydi. Masofadagi ma’lumotlar
markazida ma’lumotlarga ishlov berish va axborotlarni saqlashga imkon
beruvchi texnik ta’minot yetarli darajada soddalashtirilishi mumkin.
Bunday muammolarning deyarli barchasi xizmatlar provayderi
zimmasiga
to‘liq
yuklatiladi.
Bunday
yondashuv
korxona
kompyuterlarida turli operatsion tizim (OT) (Windows, Linux, MacOS
va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lsa ham ularni standartlashtirishga imkon
beradi. Kompaniya ma’lumotlariga kirishni ofisdan tashqarida yurgan,
ammo Internetga ulanish imkoniga ega bo‘lgan xodim va mijozlar uchun
birdek ta’minlashni osonlashtirib beradi.
Foydalanish uchun ko‘plab qulayliklariga qaramay, bir qator
kamchiliklarga ham ega. Jumladan, foydalanuvchining xizmatlarni
yetkazib beruvchi tashkilotga to‘liq bog‘lanib qolishi. Haqiqatan ham,
bulutli xizmatni yaratilish tamoyiliga ko‘ra korxona faoliyati xizmatlar
provayderi va Internet provayderning qanday ish olib borishiga bog‘liq
bo‘lib qoladi.
Zamonaviy bulut texnologiyalari nafaqat tayyor tarmoq va server
qurilmalari, balki, sekin- asta ichki quriladigan tizimlar (embedded
cloud) bozoriga ham jadal kirib bormoqda. Turli tuman qurilmalarni
global tarmoqqa ulash va boshqarish g‘oyasi “buyumlar interneti” (Inter-
net of Things – IoT) deb yuritiladi. Microsoft Windows embedded bosh
menenjeri Kevin Dallas fikriga ko‘ra, buyumlar interneti g‘oyasi ko‘p
yillardan
buyon
mavjud,
ammo
bunday
tarmoqni
amalga
oshirilmaganligiga sabab birgina bo‘g‘inning – bulutli texnologiyaning
yaratilmaganligi edi.
Tarqatish modellari bo‘yicha bulutli hisoblash texnologiyalari
ususiy, ommaviy va gibrid texnologiyalarga ajratiladi