444
fikr yurita olish, matn mazmuniga baho berish va oʻqiganlari haqida oʻz
fikrini bera olishi kabi kompetensiyalarini aniqlash hisoblanadi.
Matematik
savodxonlik:
Insonning
matematikaning
oʻzi
yashayotgan olamdagi oʻrnini bilishi, matematik jarayonlarni toʻgʻri va
toʻliq asoslay olishini tekshiradi. Shaxsning matematikadan
yaratuvchan, qiziquvchan va fikrlovchi insonning hozirgi va kelajakdagi
matematik bilimlarga boʻlgan ehtiyojini qondira oladigan darajada
foydalana olishini taʻminlash bu boʻlimning asosiy maqsadidir.
Bu boʻlimdagi
savodxonlik
terminidan bu boʻlim
maqsadi odatda
maktab dasturida beriladigan bilimlarni qay darajada oʻzlashtirganini
aniqlash emas balki, asosiy eʻtibor matematik bilimlardan turli xil
hayotiy vaziyatlarda fikrlash va intiutiv
qaror qabul qilish talab
qilinadigan turli uslublaridan qoʻllagan holda ulardan, samarali
foydalana olish nazarda tutiladi. Lekin
bu turdagi savollarga javob
berishda maktab dasturida beriladigan bilim va koʻnikmalar zarur
boʻlishi mumkin.
Bu yoʻnalish sinovlarida odatda hayotning turli sohalarida (tibbiyot,
turar joy, sport va hk) duch kelinishi mumkin boʻlgan matematikaga oid
vaziyatlar taklif qilinadi.