446
til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan
turli shakllarda ma’no hosil qila olish qobiliyati hamdir.
Tadqiqot doirasida asosiy e’tibor tushunishni namoyon qilishdan
o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va
vaziyatlarda
qo‘llay
olish
qobiliyatlarini
namoyon
qilishga
qaratilmoqda.
PIRLS boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining sinf va sinfdan tashqari
o‘qishini baholashda ikkita keng qamrovli maqsadga, ya’ni “badiiy
tajriba orttirish”, “axborotni olish va undan foydalanish”ga qaratiladi.
O‘z navbatida, ushbu maqsadlarning har biri to‘rtta keng tushunish
jarayonini birlashtiradi. Bular:
diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotlarni topish;
to‘g‘ridan- to‘g‘ri xulosalar chiqarish;