TIMSS -
ham jahon mamlakatlari ta'lim tizimida keng tadbiq
etilmoqda. TMSS dasturi Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro
assotsiatsiyasi IEA (International Association for the Evaluation of
Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ushbu
tadqiqot 4 va 8 sinf o‘quvchilari orasida matematika va ijtimoiy fanlar
bo‘yicha ta'limning sifati, darajasi, fanga bo‘lgan munosabati, qiziqishini
aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. Ushbu tadqiqot PIRLS
tadqiqotiga o‘xshab, o‘quvchilar, maktab ma'muriyati va o‘qituvchilari
440
orasida qo‘shimcha so‘rovnomalar o‘tkazadi va fan sohasida to‘sqinlik
qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa o‘sha mamlakatda ishlab
chiqilgan ta'lim standartlarini va ta'lim samaradorligini boshqa davlatlar
bilan solishtirib ko‘rish imkonini beradi. 2015 yil TMSS tadqiqotlari
natijalariga ko‘ra AQSh, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi,
Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ta'lim tizimi eng
yuqori ko‘rsatkichlarni egallagan. Shuni e’tirof etish lozimki, ayni shu
davlatlarda yuqori texnogiyalarni o‘zlashtirish, sanoatlashtirish va
yuksak darajadagi taraqqiyotga erishish maqsadida aniq fanlarni yuqori
darajada o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratilib, unda o‘quvchilar
tug‘ma iste’dod va qobiliyatlardan ko‘ra o‘z ustida doimiy ishlash
hamda aniq fanlarni o‘qitishda guruh yoki sinfdagi o‘quvchilar sonining
16 nafardan oshmasligi belgilangan. Bunday tajriba AQShda ham
mavjud bo‘lib, 1999 yildan boshlab bitta o‘qituvchi 40 minutlik dars
mashg‘uloti davomida 16 ta bolaga bilim va tarbiya bera olish
imkoniyatiga ega ekanligii inobatga olgan holda prezident qarori bilan
ta'lim muassasalaridagi guruhlarda o‘quvchilar soni 16 nafar etib
belgilangan.
ICILS.
Ta'lim sifatini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) 1980
yillarning
oxirlaridan
boshlab
axborot
-
kommunikatsiya
texnologiyalarining (AKT) ta'lim jarayonlariga ta'siri va AKTdan
pedagogik foydalanishni qo‘llab - quvvatlaydigan yoki to‘sqinlik
qiluvchi omillarni o‘rganib kelmoqda.Yaqinda u e’tiborini AKT bilan
bog‘liq ta'lim natijalarini o‘rganishga qaratdi. IEAning Xalqaro
kompyuter va axborot savodxonligi bo‘yicha tadqiqoti (ICILS)
zamonaviy jamiyatda AKTdan tobora ko‘proq foydalanish va
odamlarning raqamli dunyoda samarali ishtirok etish uchun zarur
bo‘lgan imkoniyatlarga ega bo‘lishiga javoban ishlab chiqilgan.
2013
yildagi
birinchi
bosqichida
ICILS
(ICILS
2013)
o‘quvchilarning kompyuter va axborot savodxonligini (CIL) baholadi,
bu esa kompyuter dasturlari bilan texnik kompetentsiyani va
ma'lumotlarni boshqarish qobiliyatini birlashtiradi (Fraillon va
boshqalar. 2014). Bu kompyuterlardan raqamli asrda ishtirok etish
uchun muhim bo‘lgan ma'lumot izlash, boshqarish va aloqa vositalari
sifatida foydalanishga katta e’tibor beradi (qarang, masalan, Chalkiadaki
2018; van Laar va boshqalar, 2017). 2018 yildagi ICILS ning ikkinchi
bosqichi (ICILS 2018) o‘quvchilarning CIL- ni, shu bilan birga
o‘quvchilarning mantiqiy hisoblashlarini (CT) tekshirishni davom
ettirdi. Ushbu o‘lchov kontseptual muammolarni (algoritmik yoki tizimli
441
fikrlash orqali) va operatsion echimlarni (muammolarga kompyuter
javoblarini yaratish, amalga oshirish va baholash) o‘z ichiga oladi. CT ni
ICILS 2018- ga variant sifatida kiritish o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va
siyosatchilarning KTning maktabdagi ahamiyatiga yaqinda qiziqishini
aks ettiradi. ICILS 2018 raqamli kompetensiyaning ushbu tarkibiy
qismlari bir- biri bilan qanday bog‘liqligini va kompyuter
texnologiyalari bilan o‘qishni qo‘llab- quvvatlaydigan maktab va
maktabdan tashqari kontekstlar bilan qanday bog‘liqligini o‘rganib
chiqadi.
Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi tizimda xalqaro baholash
dasturlarini joriy etish boʻyicha amaliy ishlar amalga oshirmoqda.
Hozirgi kunda oʻquvchilarning oʻqish (EGRA) va matematika (EGMA)
boʻyicha qobiliyatlarni baholash tadqiqotlarini tizimga tatbiq etish
boʻyicha tayyorgarlik ishlari olib borilyapti.
Mazkur
tadqiqotlar
boshlangʻich
sinf
oʻquvchilarining
oʻzlashtirishini yaxshilash hamda taʼlim jarayonidagi kamchiliklarni
aniqlashga yordam beradi.
Ushbu baholash tizimi dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida
qoʻllaniladi. Shuningdek, PISA, TIMSS, PIRLS kabi oʻquvchilar bilimi
darajasini baholash uchun xalqaro tadqiqotlar hamda dasturlar
tayyorlash uchun yaxshi vosita hisoblanadi.
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol
investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid
Davlat dasturida O‘zbekistonning xalqaro tadqiqotlarda (PISA, TIMSS,
PIRLS) ishtirokini ta’minlash maqsadida Ta’lim yutuqlarini baholash
xalqaro assotsiatsiyasi (IEA) bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish
vazifasi 213 - bandda qayd etilgandi. “Taraqqiyot strategiyasi”
markaziga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Iqtisodiy hamkorlik va
taraqqiyot tashkiloti bilan Ta’lim inspeksiyasi o‘rtasida O‘zbekistonning
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha PISA 2021 tadqiqotlarida ishtirok etish
haqidagi kelishuv imzolandi.
PISA tadqiqotlarini amalga oshirish, O‘zbekiston uchun metodik
yordam, so‘rovlarni amalga oshirishga ko‘maklashish, imkoniyatlarni
tahlil qilish, salohiyatni oshirish va loyihani amalga oshirish rejalari,
mamlakat uchun o‘z loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda
ko‘maklashish, milliy sifat nazorati va dasturini qo‘llab- quvvatlash
maqsadida Avstraliya ta’lim tadqiqotlari kengashi (ACER) IHTT
tomonidan boshqa davlatlar qatori O‘zbekiston uchun ham biriktirildi.
442
2019- yilning 13 fevralda Ta’lim inspeksiyasi va Ta’lim yutuqlarini
baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA - International Association for the
Evaluation of Educational Achievement) ijrochi direktori Andrea Netton
hamda Moliyaviy masalalar bo‘yicha direktori Roel Burgers o‘rtasida
uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Jahon bankining ta’lim sektori yetakchi
mutaxassisi Janssen Taixeira va bankning O‘zbekistondagi vakillari ham
qatnashishdi. Muzokaralar yakunida O‘zbekistonning boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro PIRLS- 2021
dasturida ishtirok etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur kelishuvning samarasi o‘laroq PIRLS- 2021 dasturi asosida
O‘zbekiston maktablaridagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining
savodxonlik darajasi xalqaro miqyosda sinovdan o‘tkaziladi.
PISA
dasturi boʻyicha har uch yilda oʻquvchilarning bilimini
baholash maqsadida sinovlar oʻtkaziladi. Hozirgi kungacha jami 7 marta
(2000, 2003, 2006, 2009, 2012, 2015 va 2018 yillar) PISA dasturi
boʻyicha testlar oʻtkazilgan boʻlib, keyingi sinovlar 2021 yilda boʻlishi
rejalashtirilgan. Mamlakatimiz ham 2021 yildan bu dasturga
qoʻshilishga tayyorgarlik koʻrmoqda.
Bu dasturdan qatnashishdan maqsad testlarni oʻtkazish yoki
oʻquvchilarni testga tayyorlash emas, oʻquvchilarimizda XXI asr
koʻnikmalarini shakllantirish raqobatbordosh kadrlarni yaratish uchun
mustahkam zamin yaratish hisoblanadi.
|