439
ICILS -
kompyuter va axborot texnologiyalari savodxonligi
bo‘yicha xalqaro tadqiqot
Bulardan rivojlangan davlatlardagi ta’lim
sifatini yanada
oshirishdagi mezon sifatida keng qo‘llanilmoqda.
PISA -
o‘quvchilarni ta'lim sohasidagi yutuqlarini baholash
bo‘yicha xalqaro dastur bo‘lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab
o‘quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo‘llay olish mahoratini
baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi - 15 yoshli o‘quvchilar ta'lim
dargohida olayotan bilim va tajribalarini
ijtimoiy munosabatlarda va
inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni y yechishda
qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch
yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi o‘smirlar
ishtirok etadi. Maktabdagi ta'lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan
PISA dasturi asosiy uch yo‘nalishda: o‘qish, matematika va ijtimoiy
fanlar savodxonligi bo‘yicha olib boriladi. Birgina 2015 yilning o‘zida
70 dan ortiq davlatlar PISA xalqaro dasturi sinovida ishtirok etgan.
Umuman olganda, PISA dasturi davlatlarning ta'lim sohasidagi
siyosatiga sezilarli darajada ta'sir o‘tkazadi. Har bir davlat o‘tkazilgan
tadqiqot natijalari asosida o‘zining ta'lim sohasidagi kuchli va kuchsiz
tomonlarini xolisona aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqeini
ko‘radi
hamda
ta'lim
muassasalarida
o‘quv
jarayonini
takomillashtirishda o‘z yo‘nalishlarini va strategiyasini belgilab oladi.
PIRLS
- tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtrok etib kelmoqda.
Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta'lim
tizimidan iborat
bo‘lgan davlatlardagi boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni
o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning
turli xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta'lim tizimidagi o‘ziga
xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday
tadqiqot xalq ta'limi sohasidagi ishchilar, olimlar,
metodistlar,
o‘qituvchilar, ota- onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga
egadir.