Ishlab chiqarishga va yetkazib




Download 8,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/170
Sana07.02.2024
Hajmi8,11 Mb.
#152713
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   170
Bog'liq
LOGISTIKA. Umarova D.M

48


Ishlab chiqarishga va yetkazib 
berishga buyurtma
Iste’molchi
uchastka
О О О
3.6-rasm. Nazorat qilishning birlashgan shaklining sxemasi.
3.4. Korxonalaming tashkiliy tuzilmalari va ularning 
logistika tomonidan boshqarilish xizmatlari
Korxonada moddiy oqimlarni tashkil etish va ularni boshqarish 
bir-biri bilan uzluksiz boglangan tizimni hosil qiladi. Shunday 
qilib olingan buyurtmalarni bajarish jarayonida materiallar harakati 
boshqaruvsiz amalga oshmaydi, bu boshqaruv moddiy resurslarni 
taqsimlash, xo‘jaiik aloqalarini rejalashtirish va hokazo yo‘llar bilan 
amalga oshiriladi, lekin shu bilan birga tashkillashtirishni talab 
qiladi: kelib tushishlaming ritrnik bajarilishini ta ’minlash; material­
lar tashishning optimal tizimini tanlash va boshqalar. Tashkil- 
lashtirish jarayonida elementar oqimlarni birlashtirishga erishiladi 
va ishlab chiqaruvchi logistik tizim samarali ishlashi uchun sha- 
roitlar yaratiladi. Moddiy oqimlarni boshqarish ishlab chiqarish 
buyurtmalarining bajarilishi ustidan doimiy nazoratni ta’minlaydi
49


va korxona oldiga qo'yilgan maqsadga erishish uchun logistik 
tizim parametrlarini berilgan chegaralarda ushlab turuvchi ta ’sir 
o ‘tkazadi.
Moddiy oqimlarni qayta ishlash jarayonining alohida bosqichlari 
(saqlash, qayta ishlash, tashish), korxonada, alohidalashgan boiin- 
malar orqali amalga oshiriladi, ularning har biri m aiurn funksiya­
lami bajaradi.
Moddiy oqimlarning shakllanishida va qayta ishlanishida qatna- 
shuvchi korxonaning funksional bo‘linmalarining tarkibi, ularning 
o‘zaro joylashuvi va ishlab chiqarish buyurtmalarini bajarishda 
o‘zaro aloqalarining shakllari logistik tizimning joylashuv struk- 
turasi deb ataladi.
Ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimning strukturasi bir qator 
omillar orqali aniqlanadi, ular orasida quyidagilami ajratish 
mumkin:
— ishlab chiqarish diversiflkatsiyasi;
— mahsulot ishlab chiqarish hajmi;
— yuklarni tashishni tashkil etish uslubi;
— zaxiralarni boshqarish tizimining turi.
Diversifikatsiya, ishlab chiqarish bo‘linmalarining tarkibiga va
maxsus у о ‘ naltirilganligiga, omborlaming soniga, zaxiralaming 
assortimentiga, yetkazib beruvchilar bilan aloqalarning xilma-xillik 
darajasiga va ularning soniga ta’sir o‘tkazadi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi zaxiralaming va alohida ishlab 
chiqarishning hajmini, ularning miqdorini hamda yuk oqimlarining 
quvvatini aniqlaydi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi qancha katta bo‘lsa, 
shuncha ishlab chiqarish bo‘linmalari yirikroq, ularning maxsus 
yo‘naltirilganligi aniqroq, korxonaga kelib tushayotgan va undan 
chiqib ketayotgan yuklaming hajmi katta bo‘ladi. Ishlab chiqari­
layotgan mahsulot hajmining o'sishi o ‘rtacha bir kunlik materiallar 
xarajatining o ‘sishiga olib keladi va kattaroq zaxiralarni tashkil 
etishni asoslaydi.
Yuklarni tashishni tashkil etish uslubi transport bo‘linmala- 
rining soniga, ishlaming bajarilishi qatnashchilarining tarkibiga, 
mahsulot harakatida bo‘g‘inlarning soniga va oraliq omborlaming
50


miqdoriga ta ’sir qiladi. Masalan, yuk oqimlarini tashkil etishning 
tranzit sxemasiga d i s h , mahsulot harakatida b o ‘g‘inIar sonining 
Lunayishiga va yuklarni qayta ishlash bo'yicha ishlar hajmining 
(jisqarishiga olib keladi. Ishlab chiqarishni tashkil etish ichki tashish 
ishlarining hajmi va miqdoriga hamda tugatilmagan ishlab chiqarish 
miqdoriga ta ’sir ko‘rsatadi.
Zaxiralami boshqarish tizimining turi ishlab chiqarishda ular- 
ning kattaligiga ta ’sir o ‘tkazadi: kelib tushishlar orasidagi vaqt 
intervali va buyurtma hajmi qancha katta bo ‘lsa, ishlab chiqarish 
zaxiralarining darajasi shuncha katta b o ‘ladi.
Logistik tizimning oraliq strukturasi m oddiy oqimlarni vaqt 
bo‘ylab qayta ishlash amallarining bajarilish ketm a-ketligini oldin­
dan aniqlab beradi. Bunda yuzaga keladigan vaqt aloqalari 
buyurtma bajarilish jarayonida alohida bosqichlar oqib o ‘tadigan 
yoki oraliq natijalari — voqealari belgilab olinadigan vaqt kesmalari 
bilan xarakterlanadi.
M oddiy oqimlarni tashkil etishning vaqt aspektini tasniflashda 
quyidagi tushunchalar qollaniladi: buyurtm aning bajarilish sikU, 
b u y u rtm a bajarilish siklining tu zilm asi, b u y u rtm a siklining 
davomiyligi.
Buyurtma bajarilish sikli - bu vaqt bo'ylab m a’lum tarzda 
tashkil etilgan elem entar oqim larning kom pleksi, bu oqim lar 
buyurtm aning qabul qilinishidan to bajarilishigacha b o la d ig a n
harakati jarayonida logistik amallar bajarilishi natijasida yuzaga 
keladi.
Buyurtmaning qabul qilinish vaqti m a’lum turdagi va yo‘na- 
lishdagi mahsulotni ishlab chiqarishga talabni kelib tushishining 
vaqt nuqtasini xarakterlaydi.
Buyurtma bajarilish vaqti mahsulotning savdo-sotiq tizimiga 
(shaxsiy iste’mol m ahsulotlari) yoki buyurtm achi korxonaning 
omboriga (ishlab chiqarishga m o ljallan g an m ahsulotlar) kelib 
tushishini bildiradi.
Buyurtmaning bajarilish siklining tuzilmasi 6 ta bosqichni o ‘z 
ichiga oladi: buyurtm aning qabul qilinishi; texnik tayyorgarlik 
(yangi buyurtm a olinganida faqat bir m arta rejalashtiriladi), 
materiallarni yetkazib berish, ishlab chiqarishga tayyorgarlik, ishlab
51


chiqarishning o ‘zi (yig‘uvchi qismlar biian ta ’minlangan buvurt- 
maning ishlab chiqarishga berilishidan ishlab chiqarishdagi ham m a 
ishlarning tugatilishigacha), buyurtm ani yetkazib berish. 
Buyurtma bajarilish sikli 3.1-jadvalda ko‘rsatilgan.

Download 8,11 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   170




Download 8,11 Mb.
Pdf ko'rish