• Buyurtma bajarishda birinchilik qoidalari.
  • Moddiy oqimlar harakatlari sxemasining ta’rifi




    Download 8,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet31/170
    Sana07.02.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #152713
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   170
    Bog'liq
    LOGISTIKA. Umarova D.M

    3.3. Moddiy oqimlar harakatlari sxemasining ta’rifi
    Ishlab chiqarishda moddiy oqimlar harakatini boshqarish 
    «o'rama» modeli yordamida amalga oshirilishi mumkin. « 0 ‘rama» 
    logistik zanjirning alohida bo‘g‘inlarida moddiy oqimlar harakati 
    jarayonining soddalashtirilgan tasnifi uchun xizmat qiladi. Model- 
    ning haqiqiy obyekti sifatida quyidagilar olinishi mumkin: sex, 
    uchastka, ish joylari, omborlar tizimi yoki transport tizim. Moddiy 
    oqimlarning harakatli sxemasi 3.5-rasmda ko‘rsatilgan.
    « 0 ‘rama»ga kelib tushayotgan buyurtmalar rasmda har xil 
    kattalikdagi sharlar ko'rinishida tasvirlangan. Shar hajmi buyurt­
    maning mehnat sig'imiga to'g'ri keladi.
    Tizim maksimal o'tkazish imkoniyatiga (quvvatiga) moddiy 
    oqimlarni ratsional rejallashtirish (buyurtmalarni rejali davr bo'yi­
    cha taqsimlash va ishlarning bajarilish ketma-ketligini ta’minlash) 
    sharti bajarilganda erishadi. Buyurtmalarning kelib tushishi va 
    chiqib ketishi jarayoni «ishga tushirish» yoki «ishlab chiqarishning» 
    siniq chizig'i ko'rinishida tasvirlagan.
    Buyurtma siklining o'rtacha davomiyligi tugatilmagan ishlab 
    chiqarish hajmidan va tizimning haqiqiy o'tkazish imkoniyatidan 
    kelib chiqqan holda aniqianadi:
    7ft = Zt/Non,
    bu yerda, T„ -  buyurtma bajarilish siklining o'rtacha davomiyligi; 
    Zt ~  tugatilgan ishlab chiqarishning o'rtacha miqdori; N0-n — bir 
    birlik vaqt ichida bajariladigan buyurtmaning o'rtacha soni.
    Buyurtma bajarishda birinchilik qoidalari. Logistik zanjir 
    bo'g'inlaridan buyurtmalarning o'tish ketma-ketligi ishlarning 
    taqsimlanish (buyurtmalarning bajarilish) qoidalari yordamida
    44


    3.5-rasm. Logistik tizim moddiy oqinalarining harakatii sxemasi.
    o rnatiladi, ya’ni bu qoidalar ishlar bajarilishining u yoki bu 
    birmchiligini belgilaydi.
    Moddiy oqimlarni boshqarish amaliyotida quyidagi birinchilik 
    qoidalari qo'llaniladi:
    • FIFO (Fist In, Fist Out): «birinchi keldi, birinchi ketdi», 
    ya’ni tizimga birinchi boMib tushgan buyurtmaga eng katta 
    e’tibor qaratiladi.
    • LIFO (Last In, Fist Out): «oxirgi keldi — birinchi ketdi», 
    ya’ni eng katta e’tibor oxirgi kelib tushgan buyurtmaga 
    qaratiladi. Bu qoida omborlashtirish tizimida tez-tez qoMla­
    niladi, chunki om borda m ateriallar shunday tahlangan 
    boMishi mumkinki, ularni faqat yuqoridan olish imkoni 
    mavjud boMadi.
    45


    • SPT (Short Process Time): «eng qisqa jarayon qoidasi» 
    berilgan bo'g'inda eng qisqa davomiyligiga ega b o ig an
    buyurtma birinchi bo‘Hb bajariladi.
    Ko'rsatilgan qoidalar kutish vaqtini va buyurtma bajarilish 
    siklining o‘rtacha davomiyligini qisqartirish imkonini beradi.
    Moddiy oqimlarni boshqarishning maqsadi yetkazib berishning 
    o'rnatilgan muddatlarini ta’minlash zarur boigan hollarda buyurt­
    malar bajarilish vaqti haqidagi ma’lumotlami hisobga oladigan 
    boshqaruv qoidalari qollaniladi:
    • MST (Minimal Stock Time): «minimal vaqt zaxirasi», eng 
    kam vaqt zaxirasiga ega boigan buyurtmaga eng katta e ’tibor 
    qaratiladi. Vaqt zaxirasi — buyurtmaning bajarilish muddat- 
    lari bilan jarayonlar orasidagi to ‘xtashlar mavjud bolm agan 
    holatda, buyurtma bajarilishi mumkin boigan muddatlar 
    orasidagi farq sifatida aniqlanadi.
    • EDD (Early Deadline Date): «bajarilishning eng qisqa 
    muddati», ya’ni eng qisqa bajarilish muddatiga ega boigan 
    buyurtma birinchi b o lib bajariladi.
    Materiallar oqimini tashkil etish imkonini beruvchi texnik 
    vositalar yiglndisi va unga nisbatan omborlaming va ishlab chi­
    qarish uchastkalarining joylashuvi moddiy oqimlarning haraka­
    tini tashkil etish shakllarini hosil qiladi.
    Amaliyotda materiallar harakatini tashkil etishning uchta shakli 
    qollaniladi:
    • yig‘uvchi;
    • transport — yig‘uvchi;
    • nul zaxira.
    Tashkil etishning yig‘uvchi shakli: logistik tizimlarning me’yorli 
    ishlashi uchun ularning tarkibida omborlaming kompleksi ko'zda 
    tutilishi bilan xarakterlanadi. Bularga metall va yarimtayyor 
    mahsulotlar omborlari; detallar, boglovchi va yig‘uvchi qismlaming 
    uchastka oraliq omborlari; tayyor mahsulot omborlari; texnik 
    ta’minot omborlari taalluqli boladi. Material metall va yarimtayyor 
    mahsulot omborxonasidan oraliq omborlari orqali ishlab chiqarish 
    uchastkalariga harakatlanadi va oxir-oqibatda tayyor mahsulot 
    omborxonasiga kelib tushadi.
    46


    Moddiy oqimlar harakatini tashkil etish bu shaklining afzalligi 
    tizimga kirish va chiqishda materiallarni katta hajmda yig‘ish 
    inikonining mavjudligi, bu esa bir tarafdan, zarur detallar, yarim- 
    tayyor mahsulotlar, yig‘uvchi qismlarning ishlab chiqarishga vaqti­
    da yetkazib berilishini ta’minlasa, ikkinchi tarafdan mahsulot 
    iste’molchilari muhim buyurtmalarining bajarilishini kafolatlaydi. 
    Materiallar harakatini yig‘uvchi shaklining asosiy kamchiligi, bu 
    transport yo‘nalishlarining tarmoqlashganligi va omborlaming 
    ko‘pligi natijasida moddiy oqimlar harakatini boshqarish va zaxi­
    ralar ustidan nazoratning qiyinlashuvidir. Bundan tashqari mab- 
    laglam i materiallarga immobillashtirish va omborlar tizimini tash­
    kil etish uchun kapital quyilmalar zarurligi bilan asoslanadigan 
    xarajatlar oshadi.
    Tashkil etishning «transport — yig'uvchi» shakli aralash 
    «transport — ombor» tizimining (TOT) mavjudligini nazarda tutadi, 
    bu tizim m a’lum ish joylar (uchastkalar) sonini, har bir ish joyini 
    (uchastkani) boshqasi bilan axborot va moddiy oqimlar orqaii 
    aloqalar o'rnatish yo‘li bilan birlashtiriladi. Bunda mexanik qayta 
    ishlash (yig‘ish), nazorat, ishlab chiqarishni tayyorlash, material- 
    larni omborga joylashtirish va nazorat qilish jarayonlari TOT 
    yordamida ishlab chiqarishning bitta umumiy jarayoniga birlash­
    tiriladi. Moddiy oqim harakatini boshqarish quyidagi sxema orqaii 
    amalga oshiriladi: zarur yarimtayyor mahsulotni ombordan qidirish
    — ish joyiga tashish - qayta ishlash - detalni omborga qaytarish. 
    M ateriallar markaziy om borda yoki demarkazlashgan holda 
    uchastkalarda yig'iladi. Birinchi holatda, ombor bir qancha ishlab 
    chiqarish bo‘linmalariga xizmat qiladi va detalni qayta ishlashning 
    boshlanishi bilan tugatilishi o‘rtasida zaxira yig‘uvchi sifatida 
    qo‘llaniladi. Ikkinchi holatda, omborlar alohida uchastkalarda hosil 
    qilinadi va detalni qayta ishlash va tashishda yuzaga keladigan 
    vaqt yutqazishlami qoplash uchun xizmat qiladi. Ba’zi hollarda 
    aralash TOT qo‘llaniladi, bunda ham markazlashgan ombor, ham 
    ish uchastkalarida zaxira yig‘uvchilari mavjud bo‘ladi.
    Moddiy oqimlarni tashkil etishning bu shaklining qulayliklari 
    quyidagilardan iborat: TOTni tashkil etish hisobiga ish joylarida 
    zaxira hajmining kamayishi; ishlab chiqarish siklining tashkil
    47


    etuvchilari o‘rtasidagi to'xtashlarni yo'qotish orqali ishlab chiqarish 
    jarayonining davomiyligini qisqartirish; zaxiralar ustidan doimiy 
    nazorat; m ateriallar harakatini boshqarishning yaxshi tashkil 
    etilgan tizimining mavjudligi.
    Karnehiliklar qatoriga quyidagilami kiritish mumkin: «transport
    — yig‘uvchi» shakl konstmktiv va texnologik bir xil detal guruhlari 
    uchun samarali, bu esa, birinchidan, uning qoMlanilish sohasini 
    toraytiradi, ikkinchidan bir qator tayyorgarlik ishlarini oMkazish 
    zaruriyatini tug‘diradi; bu shakl ishlab chiqarishni boshqarishning 
    avtomatlashtirilgan tizimini tashkil etishga katta miqdordagi quyil- 
    malarni talab etadi.
    Nul zaxirani tashkil etish shakli avtonom holda o ‘z-o‘zini 
    boshqaruvchi ishlab chiqarish bo‘g‘inlari asosida nazorat qilishning 
    birlashgan konturlarini tashkil etishni nazarda tutadi. Konturning 
    markazi boMib alohida uchastkalarni bir-biri bilan bogMovchi 
    buferlari, ombor hisoblanadi.
    Uchastkalarning har biri boshqasi bilan mos yig'uvchi orqali 
    amalga oshiriladigan axborot va moddiy oqimlarni boshqarish yoMi 
    bilan aloqador boMishi mumkin (3.6-rasm).
    Nazorat qilishning birlashgan shaklining asosiy xususiyati 
    bo‘lib butun texnik zanjir bo'ylab gorizontal aloqalarning shaklla- 
    nishi hisoblanadi, bu esa ishlab chiqarish bo‘g‘inlarining mustaqil 
    ravishda va to ‘g‘rid a n -to ‘g‘ri bir-biri bilan aloqador b o iish
    imkonini beradi. Detallarni ishlab chiqarishga berilishi va ularning 
    qayta ishlanishi olingan buyurtmaga mos holda, kichik partiyalar 
    bilan amalga oshiriladi. Bir ishlab chiqarish moduli chegarasidagi 
    operatsiyalar bajarilgandan so‘ng detallar omborga kelib tushadi 
    va u yerda keyingi qayta ishlovchi uchastkadan buyurtm a 
    olinmagancha qoladi.
    Bu shaklning qulayligi moddiy oqimlarni boshqarishning tortib 
    chiqaruvchi tizim ni qoMlash im konining mavjudligi, bu esa 
    minimal m e’yoriy ishlab chiqarish zaxirasini ta ’minlab beradi. 
    Lekin korxonalarim izda u ni qoMlash qiyin, chunki ishlab 
    chiqarishni boshqarishning kompyuterlashtirilganlik darajasi past 
    va zarur m ateriallar bilan ta ’minlovchi tizim ishlashi zarur 
    darajaga yetmagan.

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   170




    Download 8,11 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Moddiy oqimlar harakatlari sxemasining ta’rifi

    Download 8,11 Mb.
    Pdf ko'rish