Boshqarishning turtib boruvchi va cho‘/iladigan (tortib olish)
tizimlari. Ichki ishlab chiqaruvchi logistik tizimlar doirasida moddiy
oqimlarni boshqarish ikkita prinsipial
har xil usullar yordamida
amalga oshirilishi mumkin: buyurtmani «turtib boruvchi» yoki
«tortib olish» yollari bilan.
Moddiy oqimlarni boshqarishning turtib boruvchi tizimi logistik
zanjirning har bir bo‘g‘ini uchun zarur xomashyo,
materiallar
va detallar zaxirasi miqdorini bashorat qilishga asoslanadi. Bu
bashoratdan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishning butun ko‘p
bosqichli jarayonini boshqarish amalga oshiriladi, bu qayta
ishlashning har bir bosqichida moddiy
zaxiralarning asoslangan
hajmini ta’minlashdan iborat. Moddiy oqimlarni boshqarishning
bu tizimida m ehnat predmetlari bir uchastkadan ikkinchisiga
(texnologik jarayon bo'yicha keyingi)
uni qayta ishlashga tayyor-
ligidan va bu detallarga boigan ehtiyojdan qat’iy nazar, ya’ni
maxsus buyurtmasiz ko‘chiriladi. Moddiy oqim ishlab chiqarishni
boshqarishning markaziy tizimidan keladigan buyruq bo'yicha
qabul qiluvchiga «turtib boruvchi» boladi (3.3-rasm).
3.3-rasm. Moddiy oqimlarni boshqarishning turtib boruvchi tizimi.
Moddiy oqimlarni boshqarishning bu usuli murakkab ishlab
chiqarish mexanizmini bir butun
tizimga birlashtirish hamda
ishlab chiqarishda ishchilami va uskunalarni maksimal imko-
niyatlarda qo‘llash imkonini beradi.
Lekin talab keskin o'zgarib ketgan holda «turtib boruvchi»
tizimni qollash oshiqcha zaxiraning hosil qilinishiga va ishlab
chiqarishning har bir bosqichini qayta
rejallashtirish imkoniyati
42
mavjud bo‘lmagani uchun tovarlarning tahlab tashlanishiga olib
keladi.
Tortib olish tizimi ishlab chiqarishning har bir bosqichida zaxi-
ralarning minimal darajasini saqlashni va buyurtmani keyingi
uchastkadan oldingiga qaratilgan harakatini nazarda tutadi.
Keyingi
uchastka me’yorga va mahsulotlarni iste’mol qilinish vaqtiga mos
ravishda materiallarga buyurtma beradi. lshning reja grafigi faqat
iste’molchi — sex uchun o‘matiladi. Ishlab chiqaruvchi — sex
aniq grafik va rejaga ega emas hamda tushgan buyurtma bo‘yicha
ishlaydi. Shunday qilish detallar faqat
haqiqatdan zarur boMganda
va faqat zaruriyat tug‘ilganda ishlab chiqariladi.
Misol. Moddiy oqimlarni boshqarishning tortib olish tizimining
ishlash mexanizmini ko‘rib chiqamiz (3.4-rasm).