• Resurslar haqida ma’Iumot Iste’mo) talabi haqida m a’Iumot Boshqaruv organi *
  • -rasm. Moddiy oqimlarning barakatlanish sxemasi




    Download 8,11 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/170
    Sana07.02.2024
    Hajmi8,11 Mb.
    #152713
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   170
    Bog'liq
    LOGISTIKA. Umarova D.M

    3.1-rasm. Moddiy oqimlarning barakatlanish sxemasi.
    36


    Sotish va ta’minot bozoridan kelib tushadigan ma’lumotlar 
    asosida ishlab chiqarish, moddiy ta’minot va tayyor mahsulotlarni 
    sotishning kompleks rejasi tuziladi, bu reja asosida buyurtmalarning 
    bajarilishi bilan bogliq faoliyat tashkil etiladi. Tekshirish natijalari 
    asosida ishlab chiqarish buyurtm alarini bajarish grafigidan 
    chetlanishlarni yo‘qotishga qaratilgan boshqaruv qarorlari ishlab 
    chiqiladi. Shunday qilib moddiy oqimlarni boshqarish tizimida 
    ma’lumolning aylanishi amalga oshiriladi va teskari aloqa bilan 
    boshqarishning berk konturi shakllanadi. 3.2-rasmda moddiy 
    oqimlarni boshqarishning sxema ko‘rinishi berilgan.
    Resurslar haqida 
    ma’Iumot
    Iste’mo) talabi 
    haqida m a’Iumot
    Boshqaruv organi
    *------------------
    i
    Rejalar,
    i
    Buyurtmalarning
    qarorlar,
    bajarilishi
    to ‘g‘rilab
    haqida
    turuvchi
    m a’Iumot
    ta’sirlar
    Xomashyo
    .....
    - ......... \
    s
    .......... .
    1
    Tayyor mahsulot
    f
    Л
    r
    Sotish
    bozori
    Ta’minot
    bozori
    Boshqaruv
    obyekti
    3.2-rasm. Moddiy oqimlarni boshqarish tizimi.
    Korxonada moddiy oqimlarni boshqarish quyidagi funksiya- 
    laming bajarilishini nazarda tutadi:
    • logistik jarayon qatnashchilarining harakatlarini bir-biriga 
    moslashtirish;
    • ishlab chiqarishda moddiy oqimlarni tashkil etish;
    • moddiy oqimlarni rejalashtirish;
    • ichki ishlab chiqaruvchi tizim doirasida tovar harakati 
    jarayoni ustidan nazorat qilish;
    • ishlarning olib borilishini boshqarish.
    37


    Harakatlarni bir-biriga moslashtirish — bu moddiy oqimlarni 
    boshqarish maqsadlarini shakllantirish va alohida bo‘linmalarga 
    yetkazish, aytib o'tilgan maqsadlami korxonaning global maqsad- 
    lari bilan moslashtirish va shu asosda logistik zanjiming hamma 
    bo‘g‘inlarining samarali ishlashini ta ’minlash.
    Tashkillashtirish moddiy oqimlarni shakllantirishni va tovar 
    harakati qatnashchilari orasida aloqalarni o ‘rnatishni hamda 
    korxonada moddiy oqimlarni boshqarish tizimini tashkil etishni 
    nazarda tutadi.
    Rejalashtirish quyidagi funksiyalarning bajarilishim o ‘z ichiga 
    oladi: ilmiy-texnik va iqtisodiy bashorat; amalga oshiriladigan 
    faoliyatlar dasturini ishlab chiqarish va rejalami detallashtirish.
    Bashorat qilish rejalarini ishlab chiqish amalga oshiriladigan 
    faoliyatlar dasturini tuzishdan oldin amalga oshiriladi. U ichki 
    ishlab chiqaruvchi tizimning kelajakdagi tendensiya (yoiialish) 
    larini baholash vazifasini bajaradi.
    Ko‘zlangan maqsadlarga qarab moddiy oqimlarni boshqarishda 
    bashoratlar quyidagi guruhlarga ajratilishi mumkin:
    1. Texnik rivojlanishni bashorat qilish — buning maqsadi boMib 
    yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘llarini qidirish va 
    ishlab chiqarish texnologiyasini o'zgartirish sohasini hamda yangi 
    turdagi xom-ashyoning vujudga kelishini bashorat qilish hisob­
    lanadi.
    2. Mahsulotga bo ‘Igan talabni bashorat qilish — bu ishlab 
    chiqarilayotgan mahsulotni yangi turdagiga almashtirish yoki ishlab 
    chiqarilish hajmini kamaytirish, ishlab chiqarish diversifikatsiya- 
    sining chuqurlashish tendensiyalarini aniqlash maqsadida amalga 
    oshiriladi.
    3. Moddiy resurslar bashorati — bu m ateriallarga b o ‘lgan 
    ehtiyojni korxonaning tovar siyosati o ‘zgarishi mumkinligini 
    hisobga olgan holda aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
    4. Xomashyoga qo yilgan narxlar о ‘zgarishini bashorat qilish — 
    bu narxlar o‘sib ketishi mumkin bo‘lgan materiallar zaxirasini 
    tashkil etish maqsadida qoMlaniladi.
    Ishlab chiqarish logistikasining m aqsadlarini korxonaning 
    alohida bo‘linmalari faoliyatining natijalari bilan bogMiqligi moddiy
    38


    oqimlarni boshqarish dasturi doirasida ma’lum ishlarni vaqt bo‘ylab 
    rejalashtirish (ishlar bajarilishining kalendar grafigini aniqlash) va 
    logistik vazifalami bajarishda qatnashuvchi funksional bo‘linmalari 
    orasida resurslarni taqsimlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
    Nazorat qilish moddiy oqimlarni boshqarishning funksiyasi 
    sifatida korxonaning tashkiliy strukturasini aniqlaydigan kanallar 
    orqaii amalga oshiriladi va u belgilangan parametrlar bo‘ylab tovar 
    harakati jarayonining o'tishini uzluksiz kuzatishdan iborat. Buning 
    uchun moddiy oqimlarning holati haqida m a’lumotlarni yig'ish 
    va qayta ishlash amalga oshiriladi, ishlab chiqarish buyurtmalarini 
    bajarish bo'yicha rejadagi vazifalardan chetlanishlar aniqianadi va 
    tahlil qilinadi, olib borilgan ishlarning qo‘yilgan maqsadga moslik 
    darajasi haqida xulosalar chiqariladi. Aniqlangan kamchiliklarni 
    yo'qotish boshqarish y o li bilan amalga oshiriladi.
    Boshqarish o ‘zining ichiga quyidagi amallarni oladi: ishlab 
    chiqarish buyurtmalarini ng bajarilishi bo'yicha ish grafigining 
    buzilishi va bu keltirib chiqargan sabablarning tahlili; chetlanish- 
    larni yo'qotish bo'yicha dastur ishlab chiqish va uni amalga 
    oshirish bo'yicha chora-tadbirlar.
    Aytib o'tilgan amallar bir vaqtda amalga oshiriladi va birgalikda 
    moddiy oqimlarni boshqarish mexanizmini tashkil etadi.

    Download 8,11 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   170




    Download 8,11 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Moddiy oqimlarning barakatlanish sxemasi

    Download 8,11 Mb.
    Pdf ko'rish