|
ta'riflanuvchi = jins jihatdan tushuncha + tur jihatdan farq
|
bet | 25/67 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #130621 |
Bog'liq BOSHLANG’ICH MATEMATIKA KURSI NAZARIYASI OQUV QOLLANMA 2020тайёрta'riflanuvchi = jins jihatdan tushuncha + tur jihatdan farq.
tushuncha ta'riflovchi .
Tushunchalarni bunday sxema bo‘yicha ta'riflash jins va tur jihatdan ta'riflash deyiladi.Matematikada boshqacha qurilgan ta'riflar ham uchraydi.Misol: uchburchak ta'rifi "uchburchak -bir to‘g'ri chiziqda yotmagan 3 ta nuqta va ularni juft-jufti bilan tutashtiruvchi 3ta kesmadan iborat figuraga aytiladi".
Bu ta'rifda uchburchakga nisbatan jins tushuncha - figura, so‘ngra uchburchak bo‘luvchi figurani yasash usuli berilgan: bir to‘g'ri chiziqda yotmagan uchta nuqta olinadi va ularning har bir jufti kesmalar bilan tutashtiriladi.
Bunday ta'riflashlar genetik (genedis -kelib chiqish so‘zidan) ta'riflashlar deb aytiladi.
Endi arifmetik progressiya ta'rifiga murojaat etamiz: "Arifmetik progressiya deb ikkinchi hadidan boshlab har bir hadi oldingi hadiga ayni bir sonni qo‘shish natijasiga teng bo‘lgan sonli ketma-ketlikka aytiladi" Bu erda ta'riflanuvchi tushuncha "arifmetik progressiya" jins tushuncha- "sonli ketma ketlik " , shundan so‘ng progressiyaning ikkinchi hadidan boshlab barcha hadlarini hosil qilish usuli bayon etilyapti. Bu ta'rifni formula ko‘rinishida quyidagicha yozish mumkin:
am= am-1 + d Bu yerda n≥2
Bu ta'riflar induktiv, rekurrent ta'riflardir (rekursiya so‘zi qaytish so‘zidan olingan) Boshlang'ich sinf darslikdagi ko‘p ta'riflar ostensiv va konstekstual ko‘rinishda bo‘ladi.
Tushuncha ta'rifiga qo‘yilgan talablar: 1. Ta'riflanuvchi va ta'riflovchi tushunchalar o‘lchovdosh (mutanosib) bo‘lishi zarur.
2. Tushunchani o‘z-o‘zi bilan ta'riflash yoki o‘zi shu tushuncha bilan ta'riflanadigan boshqa tushuncha orqali ta'riflash mumkin emas.(ta'riflar nuqsonli doirani hosil qilmasligi kerak).
3. Ta'rifda ta'riflanuvchi tushunchaning hajmi tegishli bo‘lgan ob'ektlarni bir qiymatli ajratishga imkon beruvchi barcha xossalar ko‘rsatilishi kerak.
M: qo‘shni burchaklar ta'rifi
4. Tushuncha ta'rifida ortiqcha narsalarning bo‘lmasligidir.
5.Tushunchani mantiqan to‘g'ri ta'riflashning yana bir talabi: ta'riflanuvchi ob'ekt mavjud bo‘lishi kerak.
|
| |