A. Hamroyev Pedagogika fanlari nomzodi dotsent So‘z boshi




Download 1,8 Mb.
bet2/67
Sana05.01.2024
Hajmi1,8 Mb.
#130621
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
BOSHLANG’ICH MATEMATIKA KURSI NAZARIYASI OQUV QOLLANMA 2020тайёр

A. Hamroyev Pedagogika fanlari nomzodi dotsent



So‘z boshi
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi rivojlanishining beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar starategiyasi” da xalqimiz turmush darajasini yuksalishining aniq mexanizmlarini keltirilgan bo‘lib, buning ham asosini yoshlarga beriladigan bilim va malakalar tashkil etadi. “Harakatlar starategiyasi” da ta’lim sifatini oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Yoshlarning bilim va iqtidorini chuqurlashtirish, O‘zbekistonni rivojlantirishga malakali kadrlar tayyorlab berish maqsadida ta’lim jarayonini zamonaviy yondashuvlar bilan boyitish zarur.
O‘zbekiston Respublikasining ravnaqi ijodkor yoshlarga bog’liq ekan, bu yoshlarning boshlang’ich maktab ostonasidan puxta bilim, malakaga ega bo‘lishlarini taqozo qiladi. Bunday yoshalarni tarbiyalash boshlang’ich sinf o‘qituvchisi oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bu borada boshlang’ich o‘qituvchisi fan asoslari bilan chuqur qurollangan bo‘lib, nazariy hamda amaliy bilim va malakalarga ega mohir pedagog bo‘lishini, ta’limda yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan unumli foydalana oladigan kasb egasi bo‘lmog’i zarur.
Boshlang’ich ta’lim umumta’limning bir bo‘g’ini bo‘lib, unda faoliyat ko‘rsatadigan o‘qituvchi aynan bir fan mutaxassisigina bo‘lib qolmay, bir necha fandan o‘quvchilrga bilim beradi. Boshlang’ich sinf o‘qituvchisi ona tili, o‘qish, matematika, texnologiya, atrofimizdagi olam kabi fanlardan dars berar ekan bu fanlarning nazariy asoslarini chuqur o‘rganishi kerak. Darhaqiqat, o‘qituvchi o‘quvchilarga matematika fanidan bilim berish jarayonida uning nazariy asosi bo‘lgan ”Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi” fanidan etarli ma’lumotga ega bo‘lmogi zarur.
”Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi” fani 5111700.-”Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasida kiritilgan. Bo‘lajak boshlang’ich sinf o‘qituvchilarining mazkur fan yuzasidan chuqur bilim, malakaga ega bo‘lishi uchun ushbu o‘quv qo‘llanma nashr qilinmoqda.
“Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi” fanidan o‘quv qo‘llanma ikki qismdan iborat bo‘lib, 1-qismda boshlang’ich matematika kursini nazariy asoslash uchun zarur bo‘lgan asosiy tushunchalar modul asosida berilgan.
1-modul. Diskret matematika asoslari bo‘lib, unda to‘plamlar va ular ustida amallar. To‘plamlarning berilish usulari, Eyler- Venn diagrammalari, moslik va munosabatlar, to‘plamdagi munosabat va uning xossalari, ekvivalentlik munosabati va uning xossalari, kombinatorika elementlari.
2-modul. Matematik mantiq elementlari. Matematik tushuncha. Tushunchaning hajmi va mazmuni.
3-modul. Algebraik sistemalar.Binar algebraic operatsiyalar. Neytral va yutuvchi lar
4- modul. Elementar graflar nazariyasi.
5- modul. Nomanfiy butun sonlar to‘plami.
6- modul.Sanoq sistemalari haqidagi nazariy ma’lumotlar kiritilgan.
Muallif qo‘llanma sifatini yaxshilash uchun bildirilgan barcha taklif va mulohazalarni qabul qiladi.


Download 1,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Download 1,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



A. Hamroyev Pedagogika fanlari nomzodi dotsent So‘z boshi

Download 1,8 Mb.