|
Mulohaza. Mulohaza inkori. Konyunksiya va dizyunksiya. Implikatsiya va ekvivalentsiya
|
bet | 26/67 | Sana | 05.01.2024 | Hajmi | 1,8 Mb. | | #130621 |
Bog'liq BOSHLANG’ICH MATEMATIKA KURSI NAZARIYASI OQUV QOLLANMA 2020тайёр2.2 Mulohaza. Mulohaza inkori. Konyunksiya va dizyunksiya. Implikatsiya va ekvivalentsiya
Biz xat, insho yozganimizda, yig'ilishlarda so‘zga chiqqanimizda o‘z fikrlarimizni gap orqali ifodalaymiz. Bir qator sodda darak gaplarni ko‘rib chiqamiz:
1. Toshkent-O‘zbekiston Respublikasining poytaxti.
2.Amudaryo -Orol dengiziga quyiladi.
3.Hamma kishilarning ko‘zi ko‘k.
4.Buxoro – sharif shaharlardan biri.
5. 1- kursda 70 yoshli talaba o‘qiyapti. Bu gaplarning barchasi mazmuniga ko‘ra bir-biridan farq qiladi, ammo ularning ba'zilari rost (to‘g'ri, ishonchli) ba'zilari esa yolg'on (xato) gaplar. Bu yerdan 1,2,4-gaplar - rost,3,5- gaplar - yolg'on.
Ta'rif: Haqiqatligi aniq bo‘lgan biror ma'noni anglatuvchi (rost yoki yolg'on) darak gapga mulohaza deyiladi.
Matematikada ko‘pincha mulohazalar bilan ish olib boriladi.">", "<", "=", " " kabi belgilar ishtirok etgan mulohazalar bunga misol bo‘ladi. Masalan, "11>9", "8<12", "3=2", "5x2=10" va hokazo.
Boshlang'ich sinflar matematika darsliklarida quyidagi ko‘rinishdagi mulohazalarni uchratish mumkin:
1) 12-5>3; 4) 39x19=794;
2) 2+6 <7; 5) 600:30 = 20.
3) 25x41 40x25;
Bu mulohazalar ichida 1,3,5 lari rost, 2 va 4 mulohazalar esa yolg’on. Ammo hamma darak gaplar ham mulohaza bo‘la olmaydi.
Masalan: quyidagilar x>2, x+4=7, x+y-5z=0 mulohaza emas, chunki bu gaplarning rost yolgonligini aniq ayta olmaymiz.
So‘roq va undov gaplar ham mulohaza bo‘la olmaydi, chunki bu gaplarning haqiqatligi haqida ham hech narsa deb bo‘lmaydi. Mulohazalar lotin alfavitining bosh harflari bilan belgilanadi. Masalan: A: "5 1". Rost mulohazalar "R" (rost) harfi bilan, yolg’on mulohazalar "Y" (yolg’on) harfi bilan belgilanadi. Ba'zi adabiyotlarda rost mulohaza chin (ch), yolg’on mulohazalar esa (y) yoki (o) deb belgilanadi.
Elementar mulohaza deb, shunday mulohaza tushuniladiki, bu mulohaza tarkibida boshqa mulohaza ishtirok eta olmaydi, ya'ni sodda darak gapdan tuzilgan mulohaza tushuniladi.
Murakkab mulohaza deb , shunday mulohazani tushunamizki, bu mulohaza tarkibida ikki va undan ortiq mulohaza ishtirok etadi. Masalan, S: "5>2" (elementar mulohaza) D: "5>2 va 5 toq son" (murakkab mulohaza). Murakkab mulohazalar "va", "yoki", "faqat va faqat", "emas" kabi bog'lovchilari yordamida tuziladi. Agar ikki mulohaza bir xil qiymatga ega bo‘lsa, bunday mulohazalarga ekvivalent mulohazalar deyiladi.
Mulohazalar va ular ustida amallarni o‘rganuvchi matematikaning bir bo‘limiga matematik logika (mantiqiy matematika) deyiladi. Quyida mulohazalar ustida bajariladigan amallar: inkor, konyunktsiya, dizyunksiya, implikatsiya, ekvivalentsiya bilan tanishib chiqamiz.
|
| |