M. M. Qosimova "Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi" fanidan o‘quv qo‘llanma oliy ta’limning boshlang’ich ta’lim asoslari yo‘nalishida belgilangan dts talablari va "Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi" o‘q




Download 1,8 Mb.
bet37/67
Sana05.01.2024
Hajmi1,8 Mb.
#130621
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   67
Bog'liq
BOSHLANG’ICH MATEMATIKA KURSI NAZARIYASI OQUV QOLLANMA 2020тайёр

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Mulohaza nima?
2 . Mulohazalar inkori deb nimaga aytiladi?
3. Mulohazalar konyunksiyasi ta'rifini ayting, xossalarini keltiring.
4. Mulohazalar dizyunksiyasi ta'rifini keltiring va xossalarini ayting.
5. Mulohazalar implikatsiyasi ta'rifini keltiring. Uning rostlik qiymatlar jadvalini tuzing.
6. Mulohazalar ekvivalentsiyasi nima? Uning rostlik qiymatlar jadvalini tuzing
7. Predikat nima? Bir o‘rinli predikatlarning aniqlanish sohasi, rostlik qiymatlar to‘plami deganda nimani tushunasiz?.
8. Kvantorlar deb nimaga aytiladi? Ularning qanday turlarini bilasiz?
9. Predikatlar inkorining rostlik qiymatlar to‘plami nimadan iborat?
10.Predikatlar dizyunktsiyasi va konyunksiyasining rostlik qiymatlar to‘plami qanday topiladi?
11. Predikatlar implikasiyasining rostlik qiymatlar to‘plami qanday topiladi?
12. Mulohazalar va predikatlar tushunchasining boshlang'ich sinflarda tutgan o‘rnini ko‘rsating?
13. Asosiy tushunchalar deganda nimani tushunasiz?
14. Aksioma nima? Teorema-chi?
15. Teorema qanday tuzilgan?
16. Teoremaning necha xil turlarini bilasiz?
17. Zaruriy va etarli so‘zlar ma'nosini ochib bering?
18. Teskari teorema har doim mavjudmi?
19. Teskarisini faraz qilish yo‘li bilan isbotlanadigan jumlani qanday tushunasiz?
20. Binar moslik deganda nimani tushunasiz?
21.Moslik grafi va moslik grafigi tushunchalarini izohlab bering?

  1. Mosliklar qanday usullarda berilishi mumkin?

  2. Mosliklarning qanday turlarini bilasiz?

  3. Teskari moslik nima?

  4. O‘zaro bir qiymatli mosliklarni izohlab bering?

  5. Mosliklar ustida qanday amallar bajariladi?

  6. Binar mosliklarning boshlang'ich matematika kursida tutgan o‘rni ni izohlang.

  7. Binar munosabat nima?

  8. Munosabat berlishi uchun qanday to‘plamlarning berilishi etarli?

  9. Munosabat grafi va grafigini izohlang?

  10. To‘plamlar munosabatining qanday xossalari mavjud ?

  11. Ekvivalentlik munosabati nima?

  12. Qat'iy tartib munosabati nima? Misollar keltiring.

  13. Noqat'iy tartib munosabati nima? Misollar keltiring.

48. Funktsional moslik nima?
49. Akslantirish deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring
50. Ustiga, ichida va o‘zaro bir qiymatli akslantirishlar ta'riflarini keltiring.
51. O‘zaro bir qiymatli akslantirishga misollar keltiring.
52. Qanday to‘plamlarga sanoqli to‘plamlar deyiladi?

53. → belgisidan foydalanib quyidagi mulohazalarni yozing:


a) P (x) predikat Q (x) uchun etarli shart ;
b) Q (x) predikat A (x) uchun etarli shart;
c) P (x) predikat Q (x) uchun zaruriy shart ;
d) Q (x) predikat P (x) uchun zaruriy shart
54. Quyidagi jumlalarni → yoki ↔ belgilarni qo‘yib yozing:
a) S (x) o‘rinli bo‘lishi uchun E (x) bajarilishi zarur;
b) S (x) o‘rinli bo‘lishi uchun E (x) bajarilishi etarli;

  1. S (x) o‘rinli bo‘lishi uchun E (x) bajarilishi zarur va etarli.

55. Dadasi Fozilga aytdi: "Agar men yozda mehnat ta'tiliga chiqsam, u holda sayohatga boramiz". U maktabda do‘stlariga dedi: "Agar biz dadam bilan sayohatga borsak, u holda dadam yozda mehnat ta'tiliga chiqadilar". Fozil dadasining fikrini to‘g'ri ifodaladimi?
56 “To‘rtburchakning diagonallari o‘zaro perpendikulyar bo‘lishi uchun bu to‘rtburchak kvadrat bo‘lishi etarli” degan teorema berilgan bo‘lsin. Undan shart va xulosalarni ajrating va “kelib chiqadi”, “ixtiyoriy” so‘zlaridan foydalanib, qaytadan tuzing.
57. Quyidagi mulohazalarning rostlik qiymatlarini toping.
a) │7-9│=│7│-│9│; g) -9,27 R;
b) = - 5; d) 43 > 34;
c) -7,92 Z; e) 19911991 son 3 ga bo‘linadi.
58. Quyidagilardan qaysi biri mulohaza ,qaysisi predikat bo‘-
lib hisoblanadi?
a) Ixtiyoriy trapetsiyaning o‘rta chizig'i asoslariga parallel va
ular yig'indisining yarmiga teng.
b) 4·5+11>31; c) 2x+1=13;
g) Egizak tub sonlar mavjud; d) x2 + y2 = 16;
e) 31991sonining oxirgi raqami 7 bilan tugaydi;
59. Quyidagi predikatlarning rostlik to‘plamini toping
a) A(x): "4c) C(x): "|x|<7", x R g) D(x): "|x-7|>-4", x R
d) F(x,u): "x2+y2 = 36", x N e) E(x,y): "x·y=12", x Z
60. Quyidagi predikatlar ekvivalentmi?
a) │y│<│x│ va x2 > y2 b) x3 - y3 = 0 va x-y=0
c) x2 - u2= 0 va x-u=0 g) x3 - y3 0 va x-y 0
d) x2 - y2 0 va x-y 0
61. X to‘plamda berilgan predikatlar bir-birining inkori bo‘lish bo‘lmasligini aniqlang,
a) A(x): "x o‘quvchilar matematika to‘garagiga qatnashadilar" B(x): "x o‘quvchilar a'lochi emas" (X-sinfdagi o‘quvchilar to‘plami)
b) C(x,y): "x to‘g'ri chiziq, y to‘g'ri chiziqqa parallel" D(x,y): "x to‘g'ri chiziq, y to‘g'ri chiziq bilan kesishadi" (X tekislikdagi to‘g'ri chiziq to‘plami)
62. Quyidagi mulohazalarning rostlik qiymatlar jadvalini tuzing.
a) A →(A C) b) (A B) → C
c) (A B) → C g) A B → C
d) A → (A B) e) A (A B)
63. Natural sonlar to‘plamida A(x):"x-3 ga karrali" va B(x):"x<53" predikatlari berilgan.
a) Bu predikatlar konyunktsiyasi va dizyunktsiyasini ifodalang
b) Quyidagi mulohazalarni o‘qing: A(12) B(12), A(12) B(12), A(6) B(6), A(6) B(6), A(23) B(23), A(23) B(23) va ularning rostlik qiymatini toping
c) 6, 12, 23 sonlaridan qaysilari A(x) va B(x) predikatlar konyunktsiyasining rostlik to‘plamiga, qaysilari bu predikatlar dizyunktsiyasining rostlik qiymatlari to‘plamiga tegishli bo‘ladi?
64. Geometrik figuralar to‘plamida A(x): "x-figuralar - uchburchak" B(x): "figura to‘rtburchak", C(x): "x figura beshburchak" ,D(x): "x figuraning barcha burchaklari to‘g'ri", predikatlari berilgan.Quyidagi implikatsiyalarni ifodalang va ularning rostlik qiymatlari to‘plamini Eyler doirasida tasvirlang.
a) B(x) D(x)→C(x) b) A(x)→C(x)
c) A(x) D(x) →C(x) g) A(x) C(x)→D(x)
d) D(x)→C(x)
65. Predikatlarni belgilang va quyidagi mulohazalarni kvantorlar yordamida yozing.
a) x2=5 tenglikni qanoatlantiruvchi x ratsional son mavjud emas.
b) Ixtiyoriy tub son toq bo‘ladi
c) x2 + y2 =z2 tenglamani qanoatlantiruvchi butun sonlar mavjud
g) Ixtiyoriy a R va b R uchun a-b=x tenglikni qanoatlantiruvchi x R son topiladi.
d) Diagonallari perpendikulyar romb bo‘lmagan to‘rtburchaklar mavjud.
66. X to‘rtburchaklar to‘plamida quyidagi predikatlar berilgan:
A(x): "x-figura-parallelogramm";
B(x): "x-figura-teng yonli trapetsiya";
C(x): "x-figura-romb";
D(x): "x-figura-o‘q simmetriyaga ega";
E(x): "x-figura-simmetriya markaziga ega".
67. Quyidagi mulohazalardan qaysisi rost, qaysisi yolg'on ekanligini aniqlang.
a) ( x) (A(x) → E(x)) b) ( x) (D(x) → E(x))
c) ( x) (D(x) → C(x)) g) ( x) (B(x) → D(x))
d) ( x) (E(x) → A(x)) e) ( x) (C(x) → A(x))
j) ( x) (C(x) → A(x)) z) ( x) (C(x) → A(x))
68. Quyidagi tasdiqlar berilgan:
A(n): "n soni 3 ga bo‘linadi";
B(n): "n soni 2 ga bo‘linadi";
C(n): "n soni 4 ga bo‘linadi";
D(n): "n soni 6 ga bo‘linadi";
E(n): "n soni 12 ga bo‘linadi";
69. Quyidagi tasdiqlardan rost va yolg'onlarini aniqlang.
a) ( n) (A(n) E(n)) → E(n))
b) ( n) (B(n) D(n)) → E(n))
c) ( n) (C(n) D(n)) → E(n))
g) ( n) (E(n)→C(n)) D(n))

Download 1,8 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   67




Download 1,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



M. M. Qosimova "Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi" fanidan o‘quv qo‘llanma oliy ta’limning boshlang’ich ta’lim asoslari yo‘nalishida belgilangan dts talablari va "Boshlang’ich matematika kursi nazariyasi" o‘q

Download 1,8 Mb.