19
Har bir talaba uchun kurs ishi himoyasi 10-15 daqiqa (5-7 da-qiqagacha
talaba ma’ruzasi, 5-10 daqiqagacha savol-javob) davom etadi. Talaba o’z
ma’ruzasida mavzu to’g’risida qisqacha tushuncha berishi, ya’ni mavzuning
dolzarbligi, muammosi, xulosa va taklif haqida to’xtalishi zarur.
Shuningdek, taqrizda ko’rsatilgan kamchiliklar haqida to’xtalishi kerak.
Himoyadan so’ng, komissiya a’zolari yopiq majlis o’tkazib, tala-
balarning ishini baholash qarorini qabul qiladi.
Komissiya a’zolari quydagicha qarorni qabul qilishi mumkin:
– kurs ishini himoya qilganligini bildiruvchi baho qo’yilishi;
– himoyaga kiritilmagan bo’lishi;
– «himoyaga kelmadi» bo’lishi;
– himoyada qoniqarsiz baho olgan bo’lishi;
– qayta himoya qilish uchun muddat berilishi;
– boshqa mavzuda qayta ishlab, himoya qilish tavsiya qilinishi.
Uzrli sabab bilan kurs ishini belgilangan muddatda himoya qilmagan
talabalarga dekanning ruxsati bilan, komissiyasining ishi yakunlanishiga
qadar, boshqa muddatlarda himoya qilishga ruxsat beriladi.