KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISHNINGUMUMIY




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana16.05.2024
Hajmi1,02 Mb.
#237194
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Kurs ishi tayyorlash bo\'yicha ko\'rsatma

 
5. KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISHNINGUMUMIY 
TALABLARI 
Kurs ishining umumiy hajmi qo’l yozmada 35-40 varaq, kompyuterda esa 
A4 formatda 25-30 betdan kam bo’lmasligi kerak. Ilovalar ko’rsatilgan hajmga 
kirmaydi.
Ishda me’yoriy hujjatlar va orfografik qoidalar bo’yicha qa-bul qilingan 
shartli qisqartirishlar kiritishga ruxsat beriladi. Masalan: y.– yil, yy.– yillar, 
sh.k.– shu kabi, OTM – oliy ta’lim muassasasi, KHK – kasb-hunar kolleji va 
boshqalar. Lekin mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi faniga oid
umuman, pedagogika sohasiga oid atamalar imkon qadar qisqartirilmasdan 
yoziladi. Ushbu holatni inobatga olib, kurs ishida qisqartma so’zlarni 
kamroq ishlatish tavsiya etiladi. 
Kurs ishida ba’zi so’z birikmalari qayta-qayta kelishi ko’zda tutilsa, 
ushbu so’z birikmalarini birinchi yozilishida to’liq yozib, so’z birikmasi 
tugashi bilan qavs ochib, ushbu so’z birikmasini qisqartma ko’rinishini 
keltirish kerak. So’ng, ushbu so’z birikmasi qaytarilsa, qisqartma 
ko’rinishini yozish mumkin. Masalan, bilim, ko’nikma, malaka (BMK), 
pedagogik texnologiya (PT) va boshqalar. 
Kurs ishini yozishda chap tarafida 3 sm, pastda 2 sm, tepada 2 sm, 
o’ngda 1 sm joy qoldirish tavsiya qilinadi, bunda bir varaqda 28-30 qator 
ëzuv bo’lishi zarur. Kurs ishining barcha betlari titul betidan oxirgi betigacha 
tartib bilan raqamlanadi.
Qismlarning nomlanishi bosh harf bilan yoziladi. Qism ichidagi 


16 
nomlanishlar xatboshidan kichik harflar bilan yoziladi. Asosiy qism ichidagi 
savollarni sarlavhalarini yozishda bo’g’in ko’chirishga ruxsat berilmaydi. 
Sarlavha oxirida nuqta qo’yilmaydi. Sarlavhaning tagiga chizib yozishga ruxsat 
etilmaydi. Har bir sarlavhadan oldin arab raqami bilan raqamlar qo’yiladi va 
raqamdan so’ng nuqta qo’yiladi. Agarda savol ichida savollar keltirilsa, 
masalan, birinchi savol ichida bitta savol "1.1.", ikkita savol bo’lsa "1.2." 
shaklda yoziladi. 
Kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar boshlanishida raqam qo’yilmaydi. 
Kurs ishining har bir qismi yangi betdan boshlanadi. Kirish, xulosa, 
foydalanilgan adabiyotlar va asosiy qism savollari bir xilda, varaqning yuqori 
qismining o’rtasiga yozish tavsiya etiladi. 
Illyustratsiya (surat)lar ko’rish uchun qulay tarzda joylashtirilishi kerak. 
Barcha surat (grafik, chizma, diagramma, fotosurat)lar, "rasm" so’zi va 
bo’lim bo’yicha ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. Ilovalarda 
keltirilgan suratlar bundan mustasno. Surat raqami bo’lim va su-rat 
raqamidan iborat bo’lib, nuqta bilan ajratiladi, masalan "1.2-rasm" va izoh 
beruvchi yozuv pastga yoziladi. 
Raqamli materiallar jadval ko’rinishida rasmiylashtirilishi lozim. Har 
bir jadval sarlavhaga ega bo’lishi kerak. Sarlavha bosh harf bilan boshlanadi. 
Sarlavahani ostiga chizilmaydi. Jadvalning sarlavhasi uning yuqorisiga
o’rtaga yozilishi tav-siya etiladi. Jadval grafalarining sarlavhalari bosh 
harflar bi-lan, sarlavhachalar esa, agar ular sarlavha bilan bitta gapni tash-kil 
etsa, kichik harflar bilan, agar ular mustaqil bo’lsa, katta harflar bilan 
boshlanishi kerak. Jadvalning bosh qismini dioga-al bo’yicha bo’lish 
mumkin emas.
Ko’plab grafalarga ega bo’lgan jadvalni qismlarga bo’lish va bir qismni 


17 
ikkinchi qismdan keyin joylashtirishga ruxsat etiladi. 
Bo’limlar doirasidagi jadvallar izchil, ketma-ket arab ra-qamlari bilan 
belgilanadi. Masalan: "1-jadval", "2-javdal" va h. 
Agar kurs ishida bitta jadval bo’lsa, u raqamlanmaydi va "jadval" so’zi 
yozilmaydi. 
Jadvalning biror qismi boshqa betga o’tganda, "jadval" so’zi va uning 
tartib raqami bir marta jadvalning birinchi qismi us-ida ko’rsatilib, qolgan 
qismlar ustiga "davomi" degan so’z yoziladi. 
Matndagi manbalarga havola ("snoska")larni satr osti eslatmalarida 
keltirish lozim. Havola har bir betda arab raqamida ketma-ket tartib bilan 
keltirilishi lozim. Keyingi betda esa yana boshidan tartib bilan ilova 
qo’yilishi tavsiya qilinadi. 
Havolalarni keltirish tartiblari: 
– hujjat va ta’rifni tasdiqlash uchun iqtibos keltirganda; 
– zamonaviy adabiyotlar va birlamchi manbalar bo’yicha iqtibos 
keltirganda; 
– adabiyotlardan va boshqa manbalardan biror muammo, xulosa yoki 
takliflardan iqtibos keltirganda; 
davlat arboblari, olimlar va mutaxassislar fikrlaridan iqtibos 
keltirganda; 
– statistik ma’lumotlar va to’plamlardan iqtibos keltirganda; 
– me’yoriy-huquqiy hujjatlardan iqtibos keltirganda; 
– bir betda iloji boricha 3 tadan ko’p iqtibos keltirish tavsiya 
qilinmaydi; 

Download 1,02 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISHNINGUMUMIY

Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish