14
bo‘lgan aniq vazifalarni birinchi navbatda ko‘rsatib o‘tish lozim. Xulosa
muallif tomonidan bajarilgan tadqiqot ishining qiymatini oshiradigan amaliy
takliflarni o‘z ichiga olishi mumkin. Mazkur takliflar tadqiqot materiallariga
asoslangan va kurs ishida muallif tomonidan taqdim etilgan bo‘lishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati kurs ishi matnida havola qilingan
barcha ilmiy va boshqa nashrlar ro‘yxatidan iborat bo‘lishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati quyidagi uch qismdan iborat bo‘ladi:
-
normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik
ahamiyatga molik
nashrlar;
-
monografiya, ilmiy maqola, patent, ilmiy to‘plamlar;
-
foydalanilgan boshqa adabiyotlar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati alifbo, sistematik yoki matnda
havola qilinishi ketma-ketligi tarzida keltiriladi.
Kurs ishida foydalanilmagan va havola qilinmagan adabiyotlarni
ro‘yxatga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kurs ishida
foydalangan materiallar manbai, uning muallifi va nomi
to‘liq ko‘rsatilishi lozim.
Ilovalar
Muammoni tushunish uchun muhim bo‘lmagan barcha materiallar
ilovaga kiritiladi. Ilovalar matnda ko‘rsatilgan
tartibda foydalanilgan
adabiyotlardan keyin joylashtiriladi. Ilovalar kurs ishida belgilangan betlar
miqdoriga kirmaydi. Ilovalarga odatda turli diagrammalar, grafiklar,
jadvallar, sotsiologik tadqiqotlardan olingan ma’lumotlar
va boshqalar
kiradi. Barcha ilovalar o‘z tartib raqamiga ega bo‘lishi kerak (1-, 2-, 3-, ...-
ilova). Har bir ilova yuqori o‘ng burchakdagi "1-ilova" so‘zi bilan yangi
15
varaqdan boshlanishi va uning mazmunini tushuntiruvchi tematik nomga
ega bo‘lishi kerak.