8
ettiradigan va (yoki) ushbu masalani hal qilish bo‘yicha o‘z qarashlarini
taklif qiladigan pozitsiyani aniqlashga harakat qilishida ifodalanadi.
SHuning uchun o‘quv materiali mazmuni
bilan tanishish bilangina
cheklanish maqsadga muvofiq emas, ayniqsa, o‘quv materiali
o‘rganilayotgan muammoni dinamikasini tartibga solishdan orqada qoladi.
Kurs ishi mavzusida tadqiqotda eng asosiy g‘oyasi
axborot va
bibliografik nashrlarni o‘rganish natijasida shakllanadi. Ilmiy, o‘quv va
boshqa adabiyotlarni bosqichma-bosqich o‘rganish maqsadga muvofiqdir:
Asarga uning mundarijasi bo‘yicha umumiy kirish:
-barcha kontentning tezkor ko‘rinishi;
-
materialni ketma-ketligi tartibida o‘qish;
-
asarning biron qismini tanlab o‘qish;
-
qiziqtirgan materiallarni ko‘chirib olish;
-
qayd etilgan, tahrir qilingan va yakunlovchi yozuvni kelgusi kurs ishi
matnining fragmenti sifatida tanqidiy baholash.
O‘qilgan materialning yozuvlari juda xilma-xil bo‘lishi mumkin: oddiy
yoki batafsil reja, tezislar, sitatalar. Ko‘rib
chiqilgan adabiyotning
murakkabroq shakli konspektdir.
Konspektlashning quyidagi usulini tavsiya qilamiz: daftar sahifasi
vertikal chiziq bo‘yicha ikkiga bo‘linadi, o‘qishning asosiy nuqtalari chap
tomonda qayd qilinadi va o‘z izohlaringiz o‘ng tomonda amalga oshiriladi.
O‘qigan materialingizni tahlil qilish natijasida paydo bo‘lgan va shu bilan
bir qatorda o‘ylab topgan o‘z fikrlaringiz yangi bilim olishning sintezi bo‘lib
xizmat qiladi. O‘rganilayotgan manbalarni tizimlashtirish ularni tahlil qilish
va umumlashtirish samaradorligini yanada oshirish imkonini beradi.
SHaxsiy kompyuterdan foydalanish bu ish bosqichida bebaho yordam
9
bo‘lishi mumkin. Ushbu ishning natijasi o‘rganilayotgan muammoni muhim
bilish va asosiy nazariy hamda amaliy qoidalarni shakllantirishning mantiqiy
qurilgan tizimi bo‘lishi kerak.