10
-
asosiy qism (boblar va paragraflar);
-
xulosa;
-
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
-
ilovalar
Titul varag‘i
Titul varag‘i qo‘yidagilarni qamrab olishi kerak:
-
ta’lim muassasasi va kafedra nomi;
-
ta’lim yo‘nalishi;
-
kurs ishi mavzusining raqami va nomi;
-
talabaning to‘liq ismi;
-
rahbarning ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, lavozimi, familiya, ismi-
sharifi;
-
“topshirish sanasi”, “himoya sanasi”, “baholash”.
-
kurs ishi yozilgan joy va yil.
Mundarija
Mundarija titul varag‘idan keyin joylashtiriladi. Mundarija kurs ishining
barcha sarlavhalarini o‘z ichiga oladi va ular boshlanadigan sahifalarni
ko‘rsatadi. Mundarijadagi sarlavhalar kurs ishi matnidagi sarlavhalarni
aynan takrorlashi kerak.
Kirish
Kurs ishining kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi, uning
tadqiqotchanlik darajasi tushuntiriladi, tadqiqot ob’ekti va predmeti, ishning
maqsadi va vazifalari, muammoning o‘rganilganlik darajasi va kutilayotgan
natijalar, tadqiqot uchun qo‘llaniladigan metodlar belgilanadi.