|
M. N. Amonov, O. R. Ortiqov, B. T. JurayevBog'liq Kurs ishi tayyorlash bo\'yicha ko\'rsatma"
Yaxshi" baho.
Kurs ishining kirish qismida ba’zi noaniqlik mavjud
bo‘lsa, asosiy qismida tanqidiy to‘liq amalga oshirilmaganligi,
terminologiya noto‘g‘ri ishlatilganligi, ishda kichik orfografik va stelistik
xatolar mavjudligi, adabiyotlar va ilovalarni rasmiylashtirishda kichik
noaniqliklar borligi, himoya jarayonidagi talabaning nutqi o‘rta darajada
24
ekanligini inobatga olib, “yaxshi” baho bilan baholanadi.
"Qoniqarli" baho:
kurs ishi kirish qismida faqat mavzu tanlash va
dolzarbligini oqlashga o‘ringanligi, aniq tahriri yo‘qligi, vazifalar va
maqsadlar noaniq belgilanganligi, asosiy qismda boshqalarning g‘oyalarini
qayta takror qilinganligi, taqdimot mantig‘i buzilganligi, muallif ijodiy
yondashmaganligi, ilovada bir nechta qo‘pol xatolar mavjudligi, ilmiy
atamalar ko‘pincha noto‘g‘ri ishlatilganligi, plagiat borligi, himoyada nutqi
sayozligini ko‘zatilsa talaba “qoniqarli” baholanadi.
"Qoniqarsiz" baho.
Bunday kurs ishini baholashda uning kamchiliklari
darhol ko‘rinadi. Kurs ishi kirish qismida mavzuni asoslash mavjud emas,
mavzuni yangiligi ko‘rsatilmagan, ishning maqsad va vazifalari ham
aniqlanmagan, foydalanilgan adabiyotlarning kamligi, mavzu doirasida
tanqidiy tushuncha ham, o‘zini fikri ham mavjud emas. Umumlashma yoki
xulosalar yo‘q. Ish xulosalanmagan. Hech qanday ilova yo‘q, yoki etarli
emas. Asarda ma’lumotnomalarning yo‘qligi, plagiatligi, uslubi
saqlanmagan va terminologiyadan foydalanish kamligi ko‘rsatilgan.
Rasmiylashtirishda bir qator kamchiliklar mavjud: bibliografiyada ko‘plab
xatolar mavjud. butun ishning hajmi belgilangan me’yordan kam va
talabaning himoya vaqtida mavzuni yorita olmasligiga qarab “qoniqarsiz”
baholanadi. Kurs ishini o‘z vaqtida asosli sababsiz topshira olmagan talaba
“qoniqarsiz” baholanadi. Kurs ishi uchun qoniqarsiz baho olgan talaba
kurs ishini belgilangan muddatda qayta topshirishi mumkin.
|
| |