• В./ В./ B./ TEXNOLOGIYASI MAVZU SAVOLLARI
  • Maktabgacha talim kabineti
  • Nazorat qilish usuli ota-onalar va jamoatchilik bilan ishlash uslublari TUMAN MAKTABGACHA TALIM METODIKASI KABINETINING ISH MAZMUNI VA VAZIFALARI
  • METODIKA KABINETI ISHINING MAZMUNI VA ASOSIY SHAKLLARI




    Download 1,64 Mb.
    bet209/223
    Sana19.11.2023
    Hajmi1,64 Mb.
    #101288
    1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   223
    Bog'liq
    Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)

    METODIKA KABINETI ISHINING MAZMUNI VA ASOSIY SHAKLLARI

    Metodika kabineti o'z zimmasiga yuklangan vazifalarga ko'ra:

    Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta'lim metodika kabineti ish faoliyatini nazorat etadi va muvofiqlashtiradi;

    maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya ishlar ahvoli va belgilangan rejalarning bajarilishini o'rganadi;




    В./ В./ B./ TEXNOLOGIYASI


    MAVZU SAVOLLARI


    BILAMAN


    BILDIM


    BILISHNI

    XOHLAYMAN


    Maktabgacha ta'lim kabineti








    Tashkiliy-pedagogik

    jarayonlar

    Metodik kabinet

    Ta'lim-tarbiyaviy va metodik ishlarga rahbarlik

    Nazorat qilish usuli ota-onalar va jamoatchilik bilan ishlash uslublari


    TUMAN MAKTABGACHA TA'LIM METODIKASI KABINETINING ISH MAZMUNI VA VAZIFALARI

    Tbman maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining sohaga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlar, Maktabgacha ta'lim vazirligi, boshqarmalari va bo'limlari tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar asosida besh yilga mo'ljallangan istiqbol rejasi tuziladi.

    Yillik rejada metodika kabinetining har bir o'quv yiliga taalluqli faoliyati aks etadi.

    Chorak va oylik rejalarida yillik reja belgilangan vazifalarning bajarilishi muddati aniq qayd etiladi.

    Tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining yillik ish rejasi tumandagi uslubiy ishlarni bosqichma- bosqich, mazmunli tashkil etilishini ta'minlash kerak. Bunda asosiy e'tibor o'quv, ta’lim-tarbiya yo'nalishidagi faoliyatini o'rganish, maktabgacha ta’lim muassasalarida uslubiy ishlarni tashkil etish va takomillashtirib borish, mudira, metodist, tarbiyachilarga o'quv faoliyati, mehnat, estetik, musiqa tarbiyasi bo'yicha uslubiy yordam ko'rsatish muassasalarda kasalliklarning oldini olish va profilaktikasini yo'lga qo'yish,

    yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam bo'lgan muassasalar faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan to'g'ri va samarali tashkil etish kabi masalalarning bajarilishiga qaratiladi.

    Rejada maktabgacha ta’lim muassasalarini maqsadli, birlamchi yoki tizimli tekshirish tadbirlari alohida o'rin tutadi. Yuqorida ta'kidlanganidek, tekshiruv shakli uning maqsadi va mazmuniga bog'liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati bilan tanishish, ularda kechayotgan jarayonlardan doimo xabardor bo'lib turishni ta’minlaydi. Ta'kidlash joizki, tekshiruv rejasi barcha muassasalarni qamrab olishi kerak.

    Rejada maktabgacha ta’lim muassasalari soni va nomi ko'rsatiladi. Xulosa qilib aytganda, tuman maktabgacha ta'lim metodikasi kabinetining asosiy vazifasi - pedagogika va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni, ilg'or pedagogik tajribalarni o'rganish, umumlashtirish va tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya muassasalarining kundalik faoliyatiga doir yutuq va tajribalar, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam berishdan iborat.
    Bu o'rinda tuman Maktabgacha ta'lim bo'limi tomonidan tavsiya etilgan bilimli, tajribali va ilg'or pedagoglarning uslubiy birlashmalar, seminar mashg'ulotlari, ma’ruzalar va boshqa anjumanlarni tashkil etish borasidagi sa'y-harakatlari maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.



    Download 1,64 Mb.
    1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   223




    Download 1,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    METODIKA KABINETI ISHINING MAZMUNI VA ASOSIY SHAKLLARI

    Download 1,64 Mb.