Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatlarning roli




Download 1,64 Mb.
bet39/223
Sana19.11.2023
Hajmi1,64 Mb.
#101288
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   223
Bog'liq
Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)

Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatlarning roli

Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o'zlashtirishga yordam beradi, buning asosida uning bilish, ko'rgazmali, o'yin, eng oddiy mehnat va o'quv kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, muomalasi shakllanadi, Bola u yoki bu faoliyatni o'zlashtirib, faollik ko'rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan


5 Makarenko A.S. Xudojestvennaya literatura о vospitanii detey // Ped. soch. М., 1986.

bog'liq bilimlar, malaka, ko'nikmalarni o'zlashtiradi. Shu asos- da unda xilma-xil qobiliyatlar va shaxs xususiyatlari shaklla- nadi.

Faoliyat - kishining moddiy va ma’naviy ne’matlar yara­tish borasidagi hamda shaxsiy va ijtimoiy sohadagi maium bir maqsad sari qiladigan xatti-harakatlar majmuasidir.

Faoliyat - insonni belgilangan (rejalashtirilgan) maqsadga erishishdir. Faoliyat - bir narsani aniqlash uchun biror narsa qilish xohishi (jarayoni)6.

Bolaning faoliyatdagi faol mavqeyi uni faqat tarbiya obyek- tiga emas, shu bilan birga tarbiya subyektiga ham aylantirdi. Bu bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning yetak­chilik rolini belgilaydi, Bolalarning rivojlanishi va tarbiyala- nishining yosh bilan bog'liq davrlarida faoliyatning turli xil- lari yonma-yon bo'ladi va o'zaro ta'sir ko'rsatadi, lekin bunda ularning roli bir xil boimaydi; har bir bosqichda faoliyatning yetakchi turi ajratiladi, unda bolaning rivojlanishidagi asosiy yutuqlar namoyon bo'ladi. Har bir faoliyat ehtiyoj, sabablar, faoliyat maqsadi, mavzuyi, vositalari, buyumlar bilan amalga oshiriladigan harakatlar va nihoyat, natija bilan ajralib tura- di. Ilmiy ma’lumotlarning dalolat berishicha, bola ularni dar- hol emas, balki asta-sekin va katta yoshdagi odamning rahbar- ligida egallaydi. Bola faoliyatining xilma-xilligi va boyligi, uni egallashdagi muvaffaqiyat oiladagi, bolalar bog'chasidagi tar­biya va ta’lim sharoitlariga bog'liq bo'ladi.

Bolaning dastlabki yoshlaridan boshlab faoliyatning eng oddiy turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va atrofdagi narsalarga munosabatini shakllantirishning asosi hi­soblanadi.

Ilk yoshdagi bolaning kattalar bilan muomalasining (his- siy va hissiy-predmetli muomalasining) eng oddiy turlari un­da taassurotlarga bo'lgan ehtiyojini rivojlantiradi, tasavvur- larini shakllantiradi. Yangi harakat usullarini egallab borgan sayin bolalarning faolligi oshib boradi. Biroq faollik darajasi,


6 «Pedagogika» fanidan izohli lug’at. -Т.: 2010. 534-535 betlar.

uning rivojlanishi irsiy jihatdan shart qilib qo'yilgan zaminga, taqlid qilishga ham bog'liq bo'ladi. Hayotning dastlabki yillar­ida kattalar bilan muomala qilishni va buyumlar bilan ish olib borishni o'z ichiga oladigan yo'l-yo'riq tadqiqot faoliyati bola­lar faoliyatining asosiy turlari bo'ladi. Tarbiyachilar bolalar bi­lan muomalada bo'Iar ekanlar, ularni buyumlar dunyosiga olib kiradilar. Shunday yo'I bilan bolalar o'ziga xos buyumlar bilan bog'liq faoliyatni egallaydilar. Bunda muomalaning o'zi bola uchun zarur ehtiyojga aylanadi.

Buyumlar bilan bog'liq faoliyatni tashkil etish oilada ham, maktabgacha ta’lim muassasasida ham bir va ikki yoshli bo­lalarni tarbiyalash vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki bu faoliyatda barcha bilish jarayonlari, maqsadlari va xulq-atvor sabablari rivojlanadi. Bu faoliyatda bolalar tarbiyachilar rah- barligida buyumlarning xususiyatlari, ular bilan qilinadigan harakatlar to'g'risida dastlabki bilimlarni o'zlashtiradilar.

Bola ikki yarim yoshga to'lganda buyumlar bilan bog'liq faoliyat va muomala ancha yuqori rivojlanish darajasiga eri- shadi, o'yin va tasviriy faoliyatga o'tish uchun asos yaratiladi. Kattalar uyushtiradigan muloqot va faoliyatda bolalarda o'zini- o'zi anglashning dastlabki shakllari shakllanadi. Bola o'zini atrofdagi odamlardan ajratadigan, o'z imkoniyatlarini anglab yetadigan bo'la boshlaydi. Mustaqillik rivojlanishining ana shu bosqichida bolalar kattalarning vasiyligini qisman cheklashga intiladilar. O'zini-o'zi anglashning dastlabki shakllari xulq-at­vor sabablarini shakllantirishning boshlanishi bo'ladi.

Ilk yoshdagi bolalarning faolligi va mustaqilligi bevosita katta odamning ishtiroki va ta’siri ostida ro'y bersa, 4-6 yosh­li bolalar xilma-xil faoliyatga tobora mustaqil, o'z xohishlariga ko'ra qo'shiladilar, bunda ongning roli oshadi va ba’zan ijodiy xususiyatga ega bo'ladi.

Ilmiy tadqiqotlarning ko'rsatishicha, Maktabgacha ta'lim yo- shida yetakchi bo'ladigan o'yin faoliyatida maktabgacha yosh­dagi bolaning ijtimoiy, bilish faolligi rivojlanadi. Tarbiyachilar rahbarligidagi o'yinlar chog'ida bolalar turli harakat usullari-

ni, buyumlar, ularning xususiyatlari va belgilari to'g'risidagi bilimlarni o'zlashtiradilar. Bolalar makon, vaqt munosabatla- rini, o'xshashlikka va bir xillikka oid aloqalarni anglab yeta- dilar, tushunchalarni egallaydilar. Harakatli o'yinlar harakat- larning rivojlanishiga, makonda yo'l-yo'riq topishga yordam beradi. Birgalikdagi o'yinlarda bolalar odamlar o'rtasidagi munosabatlarni, harakatlarni muvofiqlashtirishning ahami- yatini anglab yetadilar va o'zlashtiradilar, atrofdagi narsalar to'g'risidagi tasavvurlarini kengaytiradilar.

Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o'yin faoliyatining mazmuni xilma-xil bo'ladi va har tomonlama rivojlanish im- koniyatlari kengayadi. O'yin xayolni rivojlantirishga, atrofdagi voqelik, odamlar mehnati to'g'risidagi bilimlarni chuqurlashti- rishga, shaxsning jamoatchilik xususiyatlarini shakllantirish- ga ko'maklashadi.

Muntazam mehnat topshiriqlari o'z faoliyatini jamoat man- faatlariga bo'ysundirish, ijtimoiy foyda kelishiga amal qilish, mehnatning umumiy natijalaridan quvonish ko'nikmalarini tarbiyalaydi va rivojlantiradi.

Mashg'ulotlardagi eng oddiy o'quv faoliyati atrofdagi tabiat, ijtimoiy turmush, odamlar haqidagi bilimlarni o'zlashtirishga, shuningdek aqliy va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga yordam beradi. Agar 3-4 yoshda taiim paytida bolalarning e’tibori tabiat, odamlar hayotidagi aniq faktlar va hodisalarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga taiim berish muhim aloqalar va munosabatlarni o'zlashtirishga va aloqalarni umumlashti- rishga hamda eng oddiy tushunchalarni shakllantirishga qa­ratilgan bo'ladi, bu esa bolalarda tushunish tafakkurining ri­vojlanishiga olib keladi. O'zlashtirilgan bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlarni bolalar xilma-xil o'yinlarda va mehnatda qo'llaydilar. Bularning hammasi bola shaxsining rivojlanishi­ga ta’sir etadi, unda faoliyatning yangi mazmuniga qiziqishni shakllantiradi.

Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg'ular, sabab- lar, maqsadlarni tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga ye- tadiki, u bolaga maktabdagi muntazam o'qishga o'tish imkoni- ni beradi.

Kichik maktab yoshida asosiy narsa o'qish bo'lib qoladi va uni bolalar ijtimoiy ahamiyatga molik faoliyat sifatida tushu- nadilar. Bolaning jamiyatdagi yangi mavqeyi o'z xatti-haraka- tini va tengdoshlarining xatti-harakatini o'zgacha nuqtayi na- zardan maktab o'quvchisi nuqtayi nazaridan baholashni shart qilib qo'yadi. Bola faollik, ijodkorlik ko'rsatib, kattalarning un­ing xulq-atvoriga va faoliyatiga qo'yayotgan tobora murak- kablashib borayotgan talablarini bajarishga intiladi.

Har bir faoliyat turining mazmuni va tuzilishining ijtimoiy- tarixiy tabiati har bir yosh avlodga obyektiv ravishda berilgan bo'ladi. Odamlarning ishlab chiqarish qurollarida, bilimlarda, san’atda, axloqda va hokazolarda jamlangan sermahsul faoli­yati natijalari birgalikdagi faoliyatda va muloqotda bo'lgan paytda tarbiya va ta'lim vositasida katta avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy tabiati ana shunday shakl- lanadi.

Tarbiyachi tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg'otib, yangi xulq-atvor sifatlarini shakllantirishga yordam bergandagina kutilgan natijalarga erishadi.

Download 1,64 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   223




Download 1,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatlarning roli

Download 1,64 Mb.