• 6-7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari
  • yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari




    Download 1,64 Mb.
    bet41/223
    Sana19.11.2023
    Hajmi1,64 Mb.
    #101288
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   223
    Bog'liq
    Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)

    6 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari


    Bu davrda bolaning bo'yi 7-8 sm ga o'sadi. Uning oyoqlari gavdasiga nisbatan tezroq rivojlanadi, og'irligi 20-22 kg.ni tashkil etadi. Bolalarning umurtqa suyaklari qotmaganligi tu- fayli tez qiyshayib qolishi mumkin. Shuning uchun ham suyak- larning to'g'ri o'sishini ta'minlashga alohida e'tibor berish ke­rak. Ularning yuragi chaqaloq yuragiga nisbatan 4-5 barobar kattalashgan, biroq muskullari hali yetarli darajada mustah- kamlanmagan bo'ladi. Olti yoshga yetganda miya po'stlog'ining asab katakchalari rivojlanib, og'irligi va tashqi ko'rinishidan kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuning uchun ham bolaning as- ablariga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish talab eti­ladi. Uning talaffuzi aniq, nutqi ravon bo'lishini ta'minlash ke­rak. Bolaning bu faoliyatida nuqson bo'lgan taqdirda uning ol­dini olish choralarini ko'rish lozim. Bu yoshdagi bolalarning so'z boyligining rivojlanishiga alohida e'tibor berish lozim. Ularning nutqidagi so'zlar bolaning fikr ifodalash ehtiyojlari­ni to'la qondirishi kerak. Bu davrda bolalarning matematik ta- fakkuri, hisoblash ko'nikmalarini rivojlanishi lozim. Dastlab­ki iqtisodiy tushunchalarga ehtiyoj seziladi. Bolaning faraz qi-

    lish qobiliyatini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiqdir.

    6-7 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari

    Bola hayotining yettinchi yilida undagi harakatlar koiami kengayadi va aniqlashadi, uning jismida harakatlarning o'zaro moslashuvi boshlanadi. 6-7 yoshli bolalar o'zini idora qilish va o'z harakatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'la bosh­laydi. Bu yoshdagi o'g'il bolalarda mustaqil faoliyat ko'rsatish, tashabbuskorlik rivojlanadi hamda kattalar fikrini tinglash ishtiyoqi shakllanadi. Bu davrda bolaning bo'yi 120 sm ga yetadi, og'irligi 22-24 kg bo'ladi. Bu yoshda bola chiniqadi, qiziquvchan bo'ladi, o'z salomatligini nazorat qila oladi. Uning idrok kuchi va tafakkuri jadal rivojlanadi, moddiy borliqni bi- lishga intila boshlaydi. Bolalarda gigiyenik malakalar shaklla­na boradi.

    Bolani maktabga tayyorlash jarayonida ularda faoliyatning yangi turi bo'lgan taiim olishga o'qishga ishtiyoq uyg'otish lozim. Bu o'rinda bolalarni ruhan ta’lim jarayoniga kirishishga tayyorlash maqsadida dastlabki o'quv elementlarini o'rgatish lozim. Har qanday olti yoshli bola maktabga qabul qilinishi mumkin. Buning uchun u jismonan, ruhan hamda aqliy jihat­dan ta’lim olishga tayyor bo'lishi kerak. Bolalarni maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlashda tashxis markazlarining xu- losalariga tayanish lozim. Shu bilan bir qatorda maktabning moddiy-texnik bazasi olti yoshli bolalarga taiim berish imkoni­yatiga ega bo'lishi shart. O'qituvchining pedagogik-psixologik bilim darajasi, axloq-odobi va shaxsiy sifatlari olti yoshli bo­lalarga taiim va tarbiya berish uchun loyiq bolganda, u olti yo­shli bolalarni o'qitish huquqiga ega boiadi. Shuning uchun ham 6-7 yoshli bolalar, ularni qabul qiladigan maktablar hamda bu bolalarni o'qitadigan o'qituvilar pedagogik-psixologik nuqtayi nazardan alohida-alohida diagnostika qilinishi va shundan keyingina taiim jarayoniga kirishilishi kerak.


    Download 1,64 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   223




    Download 1,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari

    Download 1,64 Mb.