• 4 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari
  • MAKTABGACHA TA'LIM DAVRINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 2-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari




    Download 1,64 Mb.
    bet40/223
    Sana19.11.2023
    Hajmi1,64 Mb.
    #101288
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   223
    Bog'liq
    Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)

    MAKTABGACHA TA'LIM DAVRINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 2-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari


    Bu davr o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yosh­gacha bo'lgan davr mobaynida bolaning nutqi va o'zgalar to­monidan aytilgan so'zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivoj- langan bo'lsa, 2-3 yoshga kelib, o'zgalar nutqiga taqlid qilish ja­rayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy so'z ta'siriga tez berila­di.

    Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she’rlar aytish hamda raqsga tushishni o'rgatish lozim. Ularda katta- larga jo'r bo'lib qo'shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qi­lish, ohangni his etish ko'nikmasi shakllanadi.
    Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida o'zaro muloqotga kirishish ko'nikmalari shakllana boshlaydi. Ta'lim-tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu ko'nikmalarni rivojlantirishga va ularni malakalarga aylantirishga yo'naltirilmog'i lozim.



    1. 4 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari


    Bola 3 yoshga qadam qo'yganda jismoniy o'sishi bir qadar sekinlashadi. Bu davrda uning og'irligi 14-15 kg., bo'yi 90-95 sm. ga yetadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab tizimi taraq- qiy etadi. Tayanch harakat organlari takomillashib boradi.


    1. yoshli bolalar qisqa muddat davomida o'z xatti-harakatlari- ni idora qilish ko'nikmasiga ega boiadilar. Ulardagi mustaqil- lik ortib boradi, hissiyot hamda sensor idroki rivojlanib bora­di. Jamoa bo'lib o'ynash ko'nikmalari shakllanadi. O'yin asosi­da amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniya- ti kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda qurish-yasash faoliyatin- ing dastlabki ko'rinishlari namoyon bo'ladi. Uch yoshli bolalar­ning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o'yin faoliyati yet- akchi rol o'ynaydi. Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va rivojlantirishga keng yo'l ochadigan ta'limiy mashg'ulotlar tizimini belgilab berishga yo'naltirilgan.
    1. 5 yosh bolalarning rivojlanish xususiyatlari




    Bola to'rt yoshga yetgach, uning jismoniy o'sishi bir muncha jadallashadi, bu davr mobaynida bo'yi 105-108 sm gacha o'sadi, og'irligi esa 18-19 kg bo'ladi. Bu davrda bolaning miyasi tez ri- vojlanadi. Katta yarim sharlar po'stlog'ining faoliyati takomil-

    lashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy-sifat o'zgarishlar sodir bo'ladi, ularni bajarishda tabiiy- lik ortib boradi, bolalarda qiyoslash ko'nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mus- taqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan bo'ladi. Barcha ha­rakat va faoliyatlarni o'zi mustaqil bajarishga intiladi. Bu yosh- da bola nihoyatda serharakat, o'yinqaroq, o'ta qiziquvchan bo'ladi. U har qanday tadbirga bajonidil qatnashadi. Shuning uchun ham ularni to'g'ri ovqatlantirish, o'z vaqtida uxlatish, salomatligini muhofaza qilish, ruhiy holatini nazorat qilib bo- rish, quvnoq kayfiyatda bo'lishini ta'minlash muhim ahamiyat- ga ega.



    1. Download 1,64 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   223




    Download 1,64 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAKTABGACHA TA'LIM DAVRINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 2-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari

    Download 1,64 Mb.