Bola shaxsining rivojlanishida tarbiyaning roli




Download 1,64 Mb.
bet38/223
Sana19.11.2023
Hajmi1,64 Mb.
#101288
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   223
Bog'liq
Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)

Bola shaxsining rivojlanishida tarbiyaning roli

Tarbiya - inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Tarbiya - aniq maqsadlarni ko'zlab sistemali ra- vishda, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirishi yoiida tar­biyachi rahbarligida amalga oshirib boriladi. Ammo tarbiya ta’sirining kuchi va uni natijasi irsiyat va muhit kabi omillar- ning hamkorligi bilan belgilanadi.


  1. Tarbiya ta'sirida muhit ta'siri bera olmagan fazilatlar o'zlashtiriladi, ya'ni bilim, ma’lumot egallanadi.


  2. Tarbiya tufayli tug'ma kamchiliklar ham o'zgartirilib, shaxsni kamolga yetkazish mumkin. Masalan, ko'rlar, gunglar ham o'qitilib, sog'lom kishilar qatori hayotga tayyorlanadi.


  3. Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini bartaraf etish mumkin.




  1. Tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.


Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta'lim sha- roitida insoniyatning ijtimoiy-tarixi tajribasini o'zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat turlarida ro'y be­radi. Natijada bola o'zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosa- batlari sistemasiga kiradi.

Bolaning ijtimoiy tajribani o'zlashtirish tajribasi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan, mazmun, hajm va umumlashtirish darajasi jihatidan murakkab bo'lgan insoniy tajribani o'zlashtirishi ke­rak, ikkinchi tomondan, u mazkur tajribani o'zlashtirish usul- larini hali egallamagan bo'ladi. Tarbiya va ta'lim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushunarli bo'lgan mazmunni tan- laydi, uning o'zlashtirishiga rahbarlik qiladi. Bola shaxsini ri- vojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli shu bilan belgilana- di. Bunda bolaning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari, ularning jo'shqinligi hisobga olinadi. Shu munosabat bilan tarbiya jara­yonining o'zi doimiy bo'lib qolmaydi. U o'zgarib boradi: uning mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o'zgaradi, o'sayotgan odam shaxsiga ta'sir ko'rsatish usullari tobora xil­ma-xil bo'lib boradi. Tarbiyaning o'zgarishi bolaning «eng yaqin rivojlanish zonalari» (L. S. Vigotskiy) bilan bog'liq bo'lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar, ko'nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni o'zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoni- yatlar paydo bo'lishi bilan ajralib turadi (masalan, emaklash- dan keyin yurish; bijir-bijirdan keyin faol nutqni o'zlashtirish; ancha miqdordagi tasavvurlarga ega bo'lgandan keyin tush- unchalar darajasidagi bilimlarni o'zlashtirish; buyum asosida- gi o'yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va hokazo). Tarbi­ya va ta'lim «eng yaqin rivojlanish zonasi»ga asoslanib, bugun- gi rivojlanish darajasidan oldinda boradi va bolaning rivojla- nishini olg'a harakatlantiradi.

Odam shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichlardan o'tadi. Har bir navbatdagi bosqich avvalgisi bilan mustah- kam bog'liq bo'ladi, avval erishilgan bosqich yanada yuqori-

roq, bosqichning tuzilishiga uzviy tarzda qo'shiladi. Ilk yosh bosqichida shakllanadigan rivojlanish odam uchun vaqtincha emas, doimiy ahamiyatga ega bo'ladi. Mazmun, metodlar, tash­kil etish shakllari aloqadorligi birinchi bosqichdan oxirigacha tarbiyaning o'ziga xos xususiyati hisoblanadi.

Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko'zi ojiz va kar bolalar uchun moijallangan jamoat muassa­salarida ayniqsa, aniq namoyon boiadi. Bunday bolalar uchun ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat faoliyatiga tayyorlashni ta’minlaydi. Biroq, tarbiya bola rivoj- lanishini jadallashtirmasligi, uning biror tomonining ruhiy ri- vojlanishini sun'iy ravishda tezlashtirmasligi kerak. Shuning uchun Maktabgacha taiim pedagogikasida bola shaxsini har tomonlama va uyg'un rivojlantirish, uning rivojlanishini boyi- tish maqsadi o'rtaga qo'yiladi (A. V. Zaporojes).

Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli pedagogning ham yetakchilik rolini, uning har bir bola shax­sini shakllantirish uchun mas’uliyatini qaror toptiradi. Taniq- li pedagog A.S.Makarenko pedagogning roli va mas’uliyatini ta'kidlab shunday yozgan edi:

«Tarbiyaviy ta'sirning g'oyat qudratli ta'sir ko'rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo'lsa, bun­da faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi boisa, buning uchun u tarbiyadan, o'z bolaligidan qarzdordir»5.


Download 1,64 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   223




Download 1,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bola shaxsining rivojlanishida tarbiyaning roli

Download 1,64 Mb.