|
M. N. A'Z am ova maktabgacha pedag о gika
|
bet | 34/223 | Sana | 19.11.2023 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #101288 |
Bog'liq Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)Tarbiya tamoyillari
Tarbiya tamoyillari deb, yosh avlodni tarbiyalash maqsadi- dan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmuni va yo'nalishiga qo'yiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy g'oya va qoidalar yig'indisiga aytiladi.
Tarbiya tamoyillari o'qituvchi va tarbiyalanuvchilarga yo'l- yo'riq ko'rsatuvchi qoidalar bo'lib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilana- di, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilg'or ta’limotlar g’oyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asoslanadi.
Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks et- tiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilg'or tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini ta’minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagi- lardan iborat:
Tarbiyaning maqsadga yo'naltirilganligi va g’oyaviyligi;
Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g’oyalarining us- tunligi;
Tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunli-
gi;
Tarbiyada izchillik va tizimlilik;
Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo'shib olib borish;
Tarbiyani mehnat bilan bog'lash;
Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish;
Tarbiyada o'quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish;
Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash;
Tarbiyada o'quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, sal- biy tomonlarni yo'qotish;
Tarbiyaning maqsadga yoiialtirilganligi va g'oyaviyligi - o'qituvchi ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasawur etishi va puxta anglab olishi zarur.
Yosh avlodni yuksak g'oyaviylik ruhida tarbiyalash ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq manfaat bo'lishi mumkin emasligini singdirishi, ularni vatan- ga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash de- makdir.
Bu sohada mustaqil respublikamiz xalq taiimi xodimlarin- ing asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis, komil shaxsni tarbiyalashdan iboratdir.
Maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ro'yobga chiqarishga yo'naltirilishi zarur.
O'qituvchi (tarbiyachi] lar jamoasi va har bir o'qituvchi-tar- biyachi tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan mukammal inson shaxsini tarbiyalashdan iborat bo'lishi lozim. Ana shunda mazkur tamoyil o'z vazifasini bajargan bo'ladi.
Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g’oyalarining us- tunligi - tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smir va o'spirinning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu - tarbiyani ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo'yish, tarbiyachi
va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi o'zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o'zgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir. O'qituvchi o'quvchiga awal- gidek, tarbiya obyekti emas, balki o'zi kabi subyekt deb qarashi darkor. Ya'ni o'quvchini teng huquqli hamkor, hamfikr deb qa- rash lozim.
Umuman, ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirishning pedagogik diqqat hamda e’tibor markazida insonning muhim ma- salasi va muddaosi, ya’ni bolalarda inson shaxsiga dunyodagi eng yuqori, bebaho boylik sifatidagi munosabatini shakllanti- rishdek faoliyat yotadi.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi- xalqning ko'p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy merosini chuqur bilmasdan milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur tuyg'usini qa- ror toptirish mumkin emas. Shu bois, xalq an'analari urf-odat- lari, marosimlari, xalq og'zaki ijodi, milliy o'yinlar va ularda ifo- dalangan g’oyalarni o'quvchilar ongiga singdirish, ularda ushbu g’oyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish lozim.
Umumbashariyat uchun qadrli, ardoqli bo'lgan, insoniyat o'tmishi, buguni hamda kelajagi uchun daxldor qadr-qimmat- ga ega bo'lgan an'analar, urf-odatlar haqida ma'lumotlar berish, ularda mehr-muhabbat tuyg’usini uyg’otish, ularni qo'llab-quv- vatlash, ezgu g’oyalar uchun kurashish hissini qaror toptirish tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim.
Tarbiyada izchillik va tizimlilik - tarbiyaga yaxlit tizim- li yondashish pedagogik harakatning pirovard natijasiga yo'naltirilganlik darajasini belgilab beradi.
Bunday pedagogik maqsad va vazifalar, ularning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashuvchilari tomonidan tan olinishi shart.
Tarbiyada izchillik juda muhimdir. O'quvchilarga bir- daniga ko'p talab va qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. O'qituvchilar o'quvchilarga bo'lgan munosabat jarayonida o'zaro bir-biriga zid harakatda bo'lmasliklari, yagona talab qo'yishlari lozim.
Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo'shib oiib borish. Yosh av- jdning o'sib ulg'ayishi va shaxsning shakllanishiga hayot, ijti- loiy jamiyat ta’sir etadi.
Bu bir tomondan bo'lsa, ikkinchidan bolalarni tarbiyalash- an maqsad uni turmush uchun mustaqil hayot uchun tayyor- ishdir. Shunday ekan, maktab va tarbiya muassasalarida olib oriladigan bo'lishi kerak.
Tarbiyani mehnat bilan bogiab olib borish. Mehnatning tar- iyaviy ta’siri g'oyat kattadir. Mehnatda ishtirok etish va unum- mehnat qilish bilan shaxs o'z qobiliyati va iste'dodini narao- эп qiladi va kamolga yetadi. Mehnat yosh avlodning tarbiya- uchun juda katta vositadir. O'quv mehnati va ijtimoiy foydali lehnat o'quvchi shaxsiga ijobiy ta'sir etadi, bu ikki faoliyat birii- bolani faollashtiradi, xulq birligini ta'minlaydi, tashabbuskor
з izlanuvchan qiladi. Mehnat bolalarga siyosiy-ma'naviy tarbi- i berish uchun zamin hozirlaydi. Shuning uchun oila va mak- iblarda bolalarni ilk yoshidan boshlab mehnatsevarlik ruhi- j, mehnatga muhabbat va mehnat kishilariga hurmat ruhi- a. tarbiyalashga alohida e'tibor beriladi. Maktabda o'qishning zi ham mehnatdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy hlarning aksariyati ham mehnat tarbiyasi bilan mustahkam Dg'langan.
Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish - o'quvchilarni ijti- oiy tarbiyalashning muhim tamoyillaridan biri ularning shax- ni hurmat qilishdir, Bu tamoyil insonparvarlik munosabati- m kelib chiqadi.
O'quvchi shaxsini hurmat qilish, ularga mehr-muhabbat 3‘rsatish va ularga ishonish shart. Tajribalarning ko'rsatishiga, ayerdaki o'quvchilarga hurmat, muhabbat, ishonch bo'lsagina iu yerda tarbiyaning ta’siri samarali bo'ladi. Bolalarga hurmat
muhabbat ular kuchiga kuch qo'shadi o'qituvchiga nisbatan armatni uyg'otadi.
Tarbiyada o'quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hi- ?bga olish - tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari bo- larning yoshi va saviyasiga qarab turli sinflarda turlicha
?o'ladi. Bolalar maktabda rivojlanishining turli davrlarini bo- alik, o'smirlik va o'spirinlik bosqichlarini bosib o'tadilar. Shu iavrlar ichida bolaning axloqiy turg'unligi rivojlanadi, xulqi va mgi o'rtasidagi uyg’unlik vujudga keladi. Tarbiya berishda har iir o'quvchining shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olish kat- a ahamiyatga ega. Bolalarning jismoniy va ma’naviy o'sishida >ir qadar umumiylik bor, biroq bolalarning tavsif-xislatlari, qo- liliyat va mayllari, qiziqishlari, irodaviy sifatlari har xil bo'ladi. 5u farqlar ularning xulqida, o'qishi va mehnatida aks etadi. Bir 1'quvchiga nisbatan foydali metodni boshqa o'quvchiga nis- •atan qo'llaganda natijasiz bo'lib chiqishi mumkin. Shuning ichun har bir o'quvchi xususiyatini o'rganish maqsadga muvo- iqdir.
jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya jarayo-
o'quvchilarning jamoa bo'lib birlashishlari, ularda manfaat- iorlik birligi, o'zaro yordam tuyg'usini o'stirishga xizmat qili- hi lozim. Tuyg'u tashkil etilgan jamoa a'zolarining qobiliyat a iste'dodini rivojlantirish uchun keng yo'l ochadi. Jamoada ю1а har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatga ega bo'ladi. O'quvchilar ahil jamoa bo'lib uyushganlaridagina tar- iyaviy ishlarni amalga oshirish ancha yengil va muvaffaqiyat- bo'ladi. Yaxshi uyushgan jamoada jamoa fikri katta tarbiyaviy uchga ega bo'ladi, har bir shaxsga ta'sir etadi. O'z manfaatini imiyat manfaati bilan qo'shib olib borish, o'zaro yordam ka- i fazilatlar, awalo, jamoada shakllanadi. O'qituvchi hamma aqt o'quvchilar jamoasiga tayanmog'i, ularni jamoa bo'lib turli ;hlarni bajarishga odatlantirib, jamoada yashash va ishlashga 'rgatib borishi lozim.
Tarbiyada o'quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy islatlarini yo'qotib borishga e'tibor qaratish lozim. Mahoratli 'edagoglar o'z o'quvchilarining shaxsiy fazilatlarini yaxshi bi- idilar. Tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun bola xulqida- :i ijobiy sifatlarga suyanib ish ko'radilar. Boladagi ijobiy sifat- arga tayanish uning salbiy sifatlarini yo'qotish, yomon odatlar-
dan qaytarishning eng yaxshi vositasidir. Tarbiya muvaffaqiya- ti mazkur masalaning to'g’ri hal etilishiga ko'p jihatdan bog'liq.
Tarbiya jarayonini tashkil etishda o'qituvchi (tarbiyachi) tomonidan qo'llaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga egadir.
|
| |