Pedagog - tarbiyachining nutq madaniyati




Download 1,64 Mb.
bet33/223
Sana19.11.2023
Hajmi1,64 Mb.
#101288
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   223
Bog'liq
Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)

Pedagog - tarbiyachining nutq madaniyati


Nutq madaniyati — ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiya- ti madaniyatini aks ettiruvchi bir ko'zgudir. Nutq madaniyati

adabiy tilning har ikki shakli — yozma va og'zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e'tibor yolg'iz o'qituvchilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o'zlashtirish ta­lab qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni egallash har bir o'qituvchining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimi- ga bog'liq. O'qituvchi pedagogik mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma’naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bi- limini, tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada yuritishini belgilovchi me’yordir. O'qituvchining nutq madani­yati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas, u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, tajriba- li ustozlar o'giti natijasida yillar davomida takomillashib, say- qallanib boraveradi. O'qituvchining nutqiy qobiliyati madaniy, kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivoj­lantirish faqat o'qituvchining shijoatiga bog'liq. Shu qobiliyat tufayli o'qituvchining nutq madaniyati ham shakllanib boradi. Quyidagi o'qituvchining nutq madaniyatiga xos bo'lgan vosita- larni pedagog-tarbiyachi unutmasligi kerak:


  1. Nutq madaniyati o'qituvchining ma'naviy-axloqiy kamo- loti tarkibiy qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madani- yat darajasini ko'rsatuvchi, o'z ona tilimizga e’tiqodni namo- yish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir.


  2. Nutq madaniyati o'qituvchilarni ma’naviy va madaniy sa­viyasi bilan hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb egalaridan ma’lum ma'noda ajratib turadi.


  3. Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi bo'lgan barkamol avlodni qanday kasb egasi bo'lib yetishishi- dan qat’iy nazar ma’naviy jihatdan tarbiyalash.


  4. Nutq madaniyati — bu, avvalo, o'qituvchilarda nutqiy ko'nikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu ko'nikma pe­dagogik faoliyatda takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaf- faqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi.


  5. Nutq madaniyatiga o'zbek adabiy tilini mukammal egal­lash asosida erishiladi. Buning uchun o'qituvchi adabiy til qo-


nuniyatlarini bilishi, badiiy adabiyot asarlarini doimiy o'qib borishi, she'rlar yod olishi va uni ifodali o'qiy olishi, radio va televideniye eshittirishlarini kuzatib borishi lozim.


  1. Nutq madaniyatini egallashningyana bir ko'rinishi nutqiy taqlid bo'lib, yosh o'qituvchilar o'zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma'noli va ta'sirchan nutq so'zlaydigan ustoz-murabbiylarning nutqiy san'atiga havas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida o'rganishi mumkin.


O'qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mu- kammal egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida o'qituvchi bolaning his-tuyg'ularini uyg'otadi, o'quvchilar bilan ongli muloqotni ta’minlaydi, ta’lim-tarbiyaga oid ma’lumotlarni tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo'lajak o'qituvchi, avvalo, nutq sirlarini, uning o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotda ta’sir kuchini puxta bilishi kerak.

Download 1,64 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   223




Download 1,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagog - tarbiyachining nutq madaniyati

Download 1,64 Mb.