Pedagog - tarbiyachi shaxsini shakllantirish




Download 1,64 Mb.
bet32/223
Sana19.11.2023
Hajmi1,64 Mb.
#101288
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   223
Bog'liq
Maktabgacha pedag-www.hozir.org (1)

Pedagog - tarbiyachi shaxsini shakllantirish

Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jami­yat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang'ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o'z tengdosh­lari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda boiish odatla- rini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo'ylik, adolat, jasurlik, kam- tarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, ku- zatuvchanlik, o'simlik va hayvonlarga g'amxo'rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalar mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlar tarbiyalaydi.

Xalq san’ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bi­lish, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bola­lar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko'nikmalarni ma’lum bir izchillik bilan egal- lab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga taiim berish ishi­da yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o'z kasbining mohir ustasi bo'lish uchun maxsus tayyorgarlik ko'rishi kerak. U qu- yidagi shartlarga amal qilishi kerak:


  1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori maiumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg'or tajribali pedagoglarning tajribasini o'rganib, o'z ishiga tatbiq eta oladigan bo'lishi;




  1. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti- harakati sabablarini to'g'ri tahlil qilib, unga ijobiy ta'sir etuvchi vositalarni topa olishi;


  2. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko'nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, man- tiqiy, ixcham bo'lishi lozim. Ta'lim berishda texnikaviy vosita- lardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, ko'nikmalarni yaxshi o'zlashtirib olishlari uchun ularni faol- lashtirib savollardan foydalanishi;


  3. Tarbiyachi o'ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bo- lalarda o'sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg'ota olish, ularn­ing diqqatini jalb qilib, faolligini o'stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi;


  4. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo'yishi;


  5. Kun tartibini to'g'ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a'zoni e'tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish;


  6. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ish- Iarida e'tiborga olishi;


  7. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbat- Iar, uchrashuvlar o'tkazib, axborot almashtirib turishi;


  8. Pedagog bolalarga nisbatan xayrixohlik munosabatda bo'lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa bo'lsa ovuntira olishi;


  9. Kun tartibida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo'llarini topa olishi kerak.


Eng muhimi - tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to'g'ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoni- yat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar.

Download 1,64 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   223




Download 1,64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagog - tarbiyachi shaxsini shakllantirish

Download 1,64 Mb.