• 1 – rasm. Standartni ishlab chiqish bosqichlari.
  • Standartlarni ishlab chiqish tartibi




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet68/189
    Sana20.05.2024
    Hajmi3,05 Mb.
    #246757
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   189
    Bog'liq
    Eshonqulova

    Standartlarni ishlab chiqish tartibi. 
    Standartni ishlab chiqishda tashkiliy – 
    usuliy birlikka erishish maqsadida hamda standartni ishlab chiqish bosqichlari 
    bajarilishini nazorat qilish uchun 4 bosqich joriy etiladi ( 8.1 – rasm). 


    90 
    1 – rasm. Standartni ishlab chiqish bosqichlari. 
    Standartlarni ishlab chiqish bosqichlarini bir – biri bilan qo‘shib olib 
    borishga yo‘l qo‘yiladi. 
    Standart loyihasi TQ ish rejasiga, tasdiqlangan standartlashtirish jadvaliga, 
    yangi mahsulot turlarini yaratish rejasiga, manfaatdor tashkilotlar taklifi va ishlab 
    chiquvchi korxonalarning tashabbusiga binoan ishlab chiqiladi. 
    Standart loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda standart loyihasiga 
    tushuntirish xati ham to’ziladi va lozim topilsa standartni joriy qilish bo‘yicha 
    asosiy tashkiliy – texnikaviy iadbirlar rejasining loyihasi ishlab chiqiladi 
    (keyinchalik asosiy tadbirlar rejasining loyihasi deb yuritiladi). 
    Standart loyihasi tushuntirish xati va asosiy tadbirlar rejasi loyixasi bilan 
    birgalikda ko‘paytiriladi va ro‘yxat bo‘yicha hamma manfaatdor tashkilotlarga 
    fikr – mulohazalar olish uchun yuboriladi. 
    Standart loyihasi korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilganidan 
    so‘ng o‘z fikr – mulohazalarini to’zib, standartni ishlab chiquvchi tashkilotga 
    qabul qilgan kundan boshlab 15 kun ichida, kechiktirmasdan yuboradilar. 
    Fikr – mulohazalar ustida ishlash, standart loyihasini ishlab chiqish 
    (so‘nggi tahriri), kelishish va uni tasdiqlashga taqdim etish. 
    Korxona va tashkilotlar tomonidan yuborilgan standart loyihasi bo‘yicha 
    fikr – mulohazalar qayta ishlanib, ular asosida fikr – mulohazalar majmui 
    to’ziladi. 
    Yetakchi ishlab chiquvchi tashkilot to’zilgan fikr – mulohazalar majmuiga 
    binoan standart loyihasining so‘nggi tahririni ishlab chiqadi hamda tushuntirish 
    xatini va asosiy tadbirlar rejasining loyihasini aniqlaydi. 


    91 
    Ishlab chiquvchi tashkilot bilan boshqa manfaatdor tashkilotlar orasida 
    standart loyihasi yoki asosiy tadbirlar rejasi loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar 
    bo‘lsa, yetakchi ishlab chiquvchi tashkilot kelishmovchiliklarni muhokama qilish 
    uchun kengash o‘tkazadi. 
    Kengashga ko‘rib chiqilgan standart loyihasi bo‘yicha va qaror qabul 
    qilish vakolati berilgan asosiy manfaatdor tashkilotlarning va buyurtmachilar 
    (asosiy iste’molchilar)ning vakillari taklif etiladi. Ushbu kengashda ko‘rib 
    chiqilayotgan masalalarning har taraflama muhokama qilinishi va bu masalalar 
    yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinishini ta’minlanish lozim bo‘ladi. 
    Yetakchi ishlab chiquvchi tashkilot kengash qatnashchilariga munozarali 
    masalalar bo‘yicha fikr – mulohazalar majmuidan ko‘chirmalar yuboradi. 
    Kengash taklifnomalarini uning qatnashchilariga kengash boshlanishiga kamida 
    10 kun qolganda oladigan qilib yuboriladi. 
    Kengash qarori uning qatnashchilari imzo chekan bayonnoma bilan 
    rasmiylashtiriladi. Bayonnomada yoki unga ilova qilingan alohida ro‘yxatga 
    kengash ishtirokchisining har birining familiyasini, ismi, otasining ismi va 
    mansabi (tashkilotning nomini qo‘shib) ko‘rsatiladi. 
    Kengashda qabul qilingan qarorga binoan, standart, loyihasining so‘nggi 
    tahriri to’ziladi hamda tushuntirish xati va asosiy tadbirlar rejasining loyihasi 
    aniqlanadi. Bundan tashqari, agar standart loyihasida Davlat nazorati, kasaba 
    uyushmasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qumitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi 
    faoliyati doirasiga taalluqli talablar qo‘yilgan bo‘lsa, loyiha ushbu idoralar bilan 
    ham kelishib olinishi kerak. 
    Chet elga chiqariladigan mahsulotlarning standartlari esa GOST 122 – 85 
    bo‘yicha kelishib olinadi. 
    Standart loyihasi yuzasidan tashkilotlar o‘rtasida davom etayotgan 
    kelishmovchiliklar bo‘yicha O‘zstandart Agentligi, O‘zbekiston Respublikasi 
    Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi, Davlat arxitektura va qurilish qumitasi, 
    sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zlariga yuklatilgan faoliyat turlari to‘g‘risida so‘nggi 
    qarorni qabul qiladi. 
    Standartga o‘zgartirish kiritilganda, agar u ilgari, kelishib olingan 
    tashkilotlarning manfaatlariga mo‘nelik qilmasa, o‘zgartirish faqat buyurtmachi 
    (asosiy iste’molchi) bilan kelishiladi. 
    Standartni bekor qilish yoki joriy etish vaqtini cho‘zish bo‘yicha faqat 
    buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishiladi. 
    Standart loyihasi tasdiqlashga ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan 
    quyidagicha to‘plamda beriladi ( 2 – rasm). 


    92 

    Download 3,05 Mb.
    1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   189




    Download 3,05 Mb.
    Pdf ko'rish