– rasm. Standart loyihasini tasdiqlashga berishda taqdim etiladigan




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/189
Sana20.05.2024
Hajmi3,05 Mb.
#246757
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   189
Bog'liq
Eshonqulova

2 – rasm. Standart loyihasini tasdiqlashga berishda taqdim etiladigan 
hujjatlar to‘plami. 
 
2.
 
Standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti, Davarxitektqurilishqum, 
Tabiatni muhofaza qilish Davlat qumitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi 
tomonidan nomlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli standartlarning loyihalari va 
hujjatlarini ko‘pi bilan 15 kun mobaynida ko‘rib chiqilishini, shuningdek davlat 
ekspertizasidan o‘tkazilishini ta’minlaydilar. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat standarti, Davarxitektqurilishqum, 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi standart 
loyihalarini ko‘rib chiqadi va uni tasdiqlash yoki kam – ko‘stini to‘ldirib qayta 
ishlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 
Standart uni tasdiqlagan tashkilotning qarori bilan tadsiqlanadi va joriy 
qilinadi. 
Standart muddati cheklanmagan yoki cheklangan tarzda tasdiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikaci hududidagi standartlarni davlat ro‘yxatiga 
olishni O‘zstandart Agentligi amalga oshiradi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
uchun standart 4 nusxada topshirilishi lozim: asl nusxasi, ikkinchi nusxasi va 
ikkita ko‘chirmasi. 
Standartni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun juz band qilib, muqovalab 
topshirish lozim. Standart 5 kundan oshmagan muddatda davlat ro‘yxatidan 
o‘tkaziladi. 


93 
Standartning qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanishidan qat’iy nazar, 
standartga raqamli belgini O‘zstandart Agentligi beradi. 
Belgi o‘z navbatida: 
Hujjatning ko‘rsatkichidan – O‘zRST (O‘z DST); ro‘yxatning tartib 
raqamidan va tasdiqlangan yilning oxirgi ikki sonidan iborat bo‘ladi. 
Masalan, O‘zRST 5 – 92 «Paxta ipli piliklar» 
Ro‘yxatga oluvchi idora asl nusxa, ikkinchi nusxasi va ikkita 
ko‘chirmaning birinchi betiga o‘zining nomini ko‘rsatadigan turtburchak muhrni 
bosadi, sana va davlat ro‘yxatining nomerini yozib qo‘yadi. Ikkinchi nusxa 
O‘zstandart Agentligida qoladi, asl nusxa va ko‘chirmaning ikkinchi nusxasi esa 
ishlab chiquvchiga qaytariladi. 

Download 3,05 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   189




Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 – rasm. Standart loyihasini tasdiqlashga berishda taqdim etiladigan

Download 3,05 Mb.
Pdf ko'rish