|
M. N. Esonturdiyev Stajyor-tadqiqotchi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, ChirchiqBog'liq o-zbekiston-respublikasi-suv-resurslarini-boshqarishni-takomillashtirishda-raqamli-texnologiyalarini-joriy-qilish
Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | CSPI CONFERENCE 3 | 2021
Zamonaviy ta'limda matematika, fizika va raqamli texnologiyalarning dolzarb muammolari va yutuqlari
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 775 www.ares.uz
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SUV RESURSLARINI BOSHQARISHNI
TAKOMILLASHTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINI JORIY
QILISH
M. N. Esonturdiyev
Stajyor-tadqiqotchi, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, Chirchiq,
O’zbekiston
esonturdiyev80@mail.ru
A.
J. Seytov
Dotsent, Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, Chirchiq,
O’zbekiston
Saybek868@gmail.com
Raqamlashtirish - zamonaviy iqtisodiyot va jamiyat rivojlanishining eng dolzarb
tendentsiyalaridan biridir. Mutaxassislarning bashorat qilishicha, raqamli iqtisodiyot
noraqamli tarmoqlarga qaraganda besh barobar tezroq o‘sib boradi va ularning o‘sishi
uchun yangi sharoit va imkoniyatlar yaratadi.
O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatning me'yoriy-huquqiy
bazasida qo'llaniladigan raqamli iqtisodiyot ta'rifi
«
Raqamli O‘zbekiston-2030»
strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonida va uning ijrosini amalga oshirish
bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasiga sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarini
tatbiq etish va qo‘llash bilan bog‘liq tashabbuslarni kompleks muvofiqlashtirish
dasturida keltirilgan. Raqamli iqtisodiyot – bu raqamli ma’lumotlar asosiy ishlab
chiqarish omili bo‘lib, fuqarolar va jamiyatning sifatli va ishonchli axborot olish,
axborot infratuzilmasini rivojlantirish, axborot infratuzilmasini rivojlantirishga
bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda axborot makonini shakllantirishga hissa
qo‘shadigan iqtisodiy faoliyatdir va O’zbekiston axborot va telekommunikatsiya
texnologiyalarini qo'llash, shuningdek, ijtimoiy va iqtisodiy sohaning yangi texnologik
asoslarini shakllantirishdan iborat.
Amaliy maqsadlar uchun suv xo'jaligi sohasini raqamlashtirishning to'rt asosiy
elementini keltirish quyidagilar:
- suv xo‘jaligida qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimlari uchun raqamli
axborot bazasi (xaritalarni raqamlashtirish, API orqali mavjud ma’lumotlar bazalari va
boshqalar);
|
| |