• Toydiruvchi ta’sirni kompensatsiyalash prinsipi
  • Avtomatik boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari




    Download 1.68 Mb.
    bet6/28
    Sana26.09.2022
    Hajmi1.68 Mb.
    #26414
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    M. Q. Bobojanov avtomatik boshqarish va rostlash nazariyasi asos
    모의고사 1, 6- MAVZU, Maqom tarixi qisqacha, Рисунки - тема 3, 1- topshiriq, 1-Mustaqil ish hisob, 03.00.05-Botanika, Ekologiya, \'ishlanma, asqar, “Мустақиллик дарс” ишланмаси (3), Презентация 1, Презентация 1, 3
    Avtomatik boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari

    Yuqorida aytib o‘tilganidek, har qanday avtomatik boshqarish sistemasi ikkita asosiy qismdan iborat bo‘lib, ular boshqarish obyekti (BO) va boshqarish qurilmasi (BQ) deyiladi (1.5 - rasm).
    Boshqarish obyektining holati boshqariladigan kattalik yoki sistemaning chiqish kattaligi Y bilan xarakterlanadi. Boshqaruvchi qurilma kirishiga Uo ta’sir qo'yiladi va berilgan ta’sir deyiladi. Ushbu
    11
    ta’sir chiqish kattaligining talab etilgan qiymati va boshqarish bo‘yicha ko‘zda tutilgan maqsaddan kelib chiqqan holda o‘zgaradi. Buning natijasida BQ chiqishida boshqaruvchi ta’sir X paydo bo‘ladi va BO kirishiga beriladi va shu tariqa boshqarish jarayoni amalga oshiriladi.


    1.5-rasm.



    Boshqarish qurilmasi uchta asosiy qismdan iborat bo‘Iib, bular sezgirlik qurilmasi, hisoblash qurilmasi va ijro qurilmalaridir [2].
    Sezgirlik qurilmalari sistemaga beriladigan ta’sirlami o‘lchash uchun xizmat qiladi. Hisoblash qurilmasi sezgirlik qurilmasidan olingan axborotlami qayta ishlash asosida boshqarish qurilmasining ishlash algoritmini ishlab chiqadi. Murakkab sistemalarda hisoblash qurilmasi sifatida maxsus kompyuterlar ishlatiladi.
    Ijro qurilmasi esa hisoblash qurilmasi tomonidan beriladigan signalga mos ravishda boshqarish obyektiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’simi amalga oshiradi, ya’ni uning holatini o‘zgartiradi.
    Boshqaruv sistemalari ochiq yoki yopiq bo'lishi mumkin. Ochiq sistemalarda boshqaruvchi ta’sir boshqariladigan kattalik qiymatini hisobga olmasdan faqatgina boshqarish maqsadi, obyekt tavsiflari va ma’lum bo‘lgan tashqi ta’sirlami bilish asosida beriladi. Ochiq sistemalarda boshqarish qurilmasi faqat berilgan ta’simi, toydiruvchi ta’simi hamda ikkala signalni bir vaqtning o'zida o'lchashi mumkin.
    Boshqacha aytganda, ochiq sistemalarda boshqariladigan kattalik (chiqish kattaligi) Y va BQ orasida o‘zaro bogiiqlik mavjud bo‘lmaydi.

      1. rasmda ko‘rsatilgan sxema ochiq avtomatik boshqarish sistemasiga misol bo‘ladi.

    Yopiq sistemalarda esa boshqaruvchi ta’sir signali boshqariladigan kattalik o'zgarishiga bog'liq ravishda shakllantiriladi. Bunday sistemalarda chiqish kattaligi bo‘yicha ma’lumot doimiy ravishda boshqarish qurilmasiga uzatiladi va bu teskari bog'lanish orqali amalga oshiriladi.
    12
    Umumiy tarzda avtomatik boshqarish sistemalari quyidagi turlarga bo‘linishi mumkin:

    1. Ochiq sistemalar (qattiq boshqarish prinsipi);

    2. Toydiruvchi ta’simi kompensatsiyalash prinsipi;

    3. Og‘ish prinsipi (yopiq sistemalar);

    4. Kombinatsiyalashgan boshqarish sistemalari.

    1. Ochiq sistemalar

    Birinchi tipdagi ochiq sistemaga misol tariqasida o'zgarmas tok generatori kuchlanishini dasturli boshqarish sistemasini ko‘rsatish mumkin (1.6 - rasm).


    1.6-rasm.



    Bu yerda generator boshqarish obyekti bo‘lib, u qo‘shimcha motor yordamida harakatga keltiriladi. Obyektning chiqish kattaligi - generator kuchlanishi Ug, kirish kattaligi qo‘zg‘atish chulg‘amiga qo'yilgan kuchlanish Uq qiymatiga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Bu holda qo‘zg‘atish chulg‘ami boshqarish qurilmasi hisoblanadi va qo‘zg‘atish chulg‘amiga qo'yilgan kuchlanish Uq oldindan berilgan dasturga muvofiq o'zgartiriladi. Generator toki yoki yakor zanjiridagi tok I - yuklama tarzidagi toydiruvchi ta’sir (Z), qo‘zg‘atish chulg'amidagi tok Iq boshqaruvchi ta’sir (X), va Rq nazorat qilinmaydigan ta’sirlar hisoblanadi. Struktura jihatidan sistema 1.5 — rasmga mos keladi.
    Boshqarish qurilmasining vazifasi boshqarish obyekti uchun ma’lum matematik tavsif bo‘yicha boshqaruvchi ta’simi ishlab chiqishdan iborat bo‘lgani uchun, agar u=uo bo‘lsa, boshqarish sistemasi stabilizatsiya masalasini yechishga yo'naltirilgan bo‘ladi.
    1

    3


    1,7-rasmda boshqariladigan kattalik - generator kuchlanishining (Ug) yakor zanjiridagi tokka bogMiq ravishda o‘zgarish grafigi ko‘rsatilgan.
    U nga ko‘ra tok qiymati oshishi bilan kuchlanish tushishi AU ham ortib boradi.
    Ushbu prinsip bo‘yicha ishlovchi sistemalaming aso- siy afzalligi oddiylik va ar- zonlik hisoblanadi. Uning —► kamchiligi esa obyektning

    1. matematik tavsifining zarurligi i.7-rasm. va chiqish kattaligini o‘zgar-

    mas ravishda ushlab turishga Z va F toydiruvchi ta’sirlami sezilarli ta’sir ko‘rsatishidir.

    1. Toydiruvchi ta’sirni kompensatsiyalash prinsipi

    Ikkinchi tipdagi ochiq sistemaga toydiruvchi ta’sir bo‘yicha avtomatik kompensatsiyalovchi sistema mos keladi (1.8-rasm).





    Bu tipdagi sistemaga misol 1.9 - rasmda ko'rsatilgan bo‘lib, u o'zgarmas tok generatori klemmalarida yuklama o‘zgarganda uning kuchlanishini stabil ushlab turish vazifasini bajaradi. Bu sxemada generator toki I bo'yicha signal R qarshilikdan olinadi va berilgan kuchlanish Ц*,-. bilan taqqoslashda hosil boMgan boshqaruv kuchlanishi Ub kuchaytirgich К kirishiga beriladi. Kuchaytirgich chiqishidagi Uq kuchlanish qo‘zg‘atish chulg‘amiga beriladi va shu parametmi o'zgartirish orqali generator kuchlanishi boshqariladi.

    Download 1.68 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 1.68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomatik boshqarish sistemalarini qurish prinsiplari

    Download 1.68 Mb.