Reja: 1 Tóg'irlagichlar. Tok va kuchlanish stabilizatori




Download 166 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi166 Kb.
#93801
Bog'liq
ochiq darsa баённомаси, DD UzKaz ПК Усманов Отабек, 1, Milliy iqtisodiyotni rivojlanishi va aholi bandligini ta’minlashda korxonaning o’rni va ro’li, Mexanika Amaliy mashg`ulot (Uslubiy qo`llanma), DOC Document, 1234, Adm Eldor , Boshlang`ich ta`limda tarbiya fani Rustamova Sarvinoz

Mavzu:Elektrotexnika va elektronika
Reja:
1 Tóg'irlagichlar. Tok va kuchlanish stabilizatori.
2 Suyuqlik dielektriklari.
3 Xulosa
4 Foydalanilgan adabiyotlar.

Stabilizatorlarni vazifasi avtomatik ravishda u yoki bu parametrni o`zgarmas qilib ushlab turishdir. Ko`pincha elektrik qurilmalardagi avtomatik tizimlarni ijrochi qurilmalari ni meyorida ishlashi uchun manbaaa kuchlanishini o`zgarmas qilib ushlab turish talab qilina di, gidravlik va pnevmatik tizimlarda esa suyuqlik va havo bosimini bunday ushlab bo`lmaydi. Bu miqdorlarni o`zgarishi ijrochi qurilmalarni sohta ishlab ketishiga sabab bo`lishi mumkin. Ularni belgilangan chegarada ushlab turish uchun stabilizatorlardan oydalaniladi. Yuklama qarshiligining va tarmoq kuchlanishi ma`lum chegarada o`zgartirganda yuklamadagi kuchlanishni berilgan aniqlikda ushlab turuvchi qurilmaga kuchlanish stabilizatori – deb ataladi. Ular kuchaytirish koeffitsenti bilan harakterlanadi.


чик ном
чик
кирр ном
кир
U
U
U
U
К
 
 bunda Ukir= Ukir max Ukir min ; Uchik= Uchik maxUchik min bu yerda Ukir, Uchik -stabilizatorni kirishdagi va chiqishdagi nominal kuchlanishlari. Uchik max Ukir max -maksimal va minimal kuchlanishlar
Stabilizatorlar ishlash printsipi buyicha ikki hil bo`ladi. 1.Parametrik; 2.Kompensa-tsion; Parametrik stabilizatorlar tuzishda nochiziqli statik xarakteristikali elementlardan foydalaniladi. Bunday stabilizatorlar ham o`zgarmas ham o`zgaruvchan tok zanjirida ishlay oladi. Nochiqli xarakteristikali elementlarga aktiv nochiziqli qarshiliklar; baretterlar, termistorlar, stabilovo`ltlar, yarim o`tkazgichli diod stabilizator, yarimo`tkazgichli termoqarshiliklar va reaktiv nochiziqli qarshi liklar, to`yingan ferromagnit o`zakli drossellar hamda nochi ziq dielektrikli kondensatorlar (varikondalar) kiradi. Baretter–ichiga vodorod to`lg’azilib toza temirdan sim joylashtirilgan shisha idishdir: Ular asosan tokni stabillash uchun ishlatiladi. Aktiv nochiziqli qarshilikli bo`lgan yarimo`tkazgichli termorezistorlar asosan kuchlanish stabilizatorlari tuzishda ishlatiladi.
Stabillovo`lt–biqsima razryadli lampa hisoblanib katta o`lchamli sovuq eletroddan iborat. Yarim o`tkazgichli diod–stabilizatorlar germaniyli yoki kremniyli diod demakdir. Chiqish kuchlanishini stabilizatsiyasi kirish kuchlanishi Uk va yuklama qarshiligi Rn o`zgar ganda sodir bo`ladiStabilovo`lt va diod– stabilizatorlarni ulanishlari, 74-rasm a) vo`lt-amper xarakteristikalari b) da keltirilgan. Chiqish kuchlanishini har qanday ortishi It tokini ko`payishiga olib ke ladi, lekin kirish kuchlanishini ortishi Rd qo`shimcha qarshilikda
so`nadi, ya`ni Uk=Rd+It stabillash darajasi 0,1% dan ortmaydi. Parametrik o`zgarmas.


74-rasm: Stabilovo`lt va diod-stabilizator sxemasi a) va vo`lt-amper xarakteristikasi b).

tok

stabilizatorida

stabillovchi zveno bo`lib nochiziqli element–stabilitron

hisoblanadi. Oddiy parametrik kuchlanish stabilizatori kremniyli stabilitron asosida tuziladi uni vo`lt-amper tasifi (75-rasm.a, b) da ko`rsatilgan.





Bu stabilizatorda, lampalar va yarim o`tkazgichlar asosida tuziladi (76-rasm). Sta bilizator kuchaytiruvchi organ–triod V1 va o`lchov organi–diod V2 dan tuzilgan. Rezistor manfiy teskari bog’lanish vazifasini bajaradi. Kirish kuchlanishi Ukir o`zgarganda triod V1 chiqish kuchlanishi Uchik ni o`zgarishiga halaqit beradi. Mobodo Uchik ortsa diod V2 orqali tok ko`payadi, bu holat Rb rezistorda kuchlanishni ortishiga va natijada V1 triodni qisman yopilishiga va undagi kuchlanish tushuvini ortishiga sabab bo`ladi. Bu holat stabilizatordagi chiqish kuchlanishini ortib ketishiga halaqit beradi. Chiqish kuchlanishini qiymati amalda V2 stabilizatordagi teskari

kuchlanishga teng. Tokni stabillash uchun parametrik va kompensatsion stabilizatorlardan foydalaniladi. Termistor va baretterlar tok stabilizatorlarining elementlari bo`lib hizmat qilishi mumkin. Ammo ularni issiklikka ta`sirii ko`pligi (kattaligi) undan foydalanishni chegaralab qo`yadi. 76-rasmda tranzistorlar asosida tuzilgan tok stabilizatorni sxemasi ko`rsatilgan. St stabilitron yordamida nominal kuchlanishi hosil qilinadi.T1 tranzistori rostlash, T2 tranzistori esa kuchayirish vazifasini bajaradi. Rostlanuvchi tranzistor T1 va namunaviy rezistor R1 lar ketmaket ulangan yuklama rezistori Ryuorqali o`tgan tok Iyu chiqish kattaligi hisoblanadi. Stabilizator ishlagan vaqtida namunaviy rezistor Utya dagi kuchlanish tushu vi bilan taqqoslanadi. Bu kuchlanishlar farqi rostlovchi tranzistor T1 kollektor – emitter uzatishdagi qarshilikni boshqaruvchi tranzistor T2 da kuchaytiriladi, natijada tok stabillanadi.
Neft mahsulotlaridan ishlab chiqarilgan izolyasiya mollari o‘zining afzalligi bilan birga ba’zi bir kamchiliklar: eskirish, chaqnash va alangalash xavfi, portlash ham holi emas. Ana shu sababli, yuqori qiymatli dielektrik singdiruvchanlikka erishish maqsadida suyuq sintetik dielektriklar ishlab chikarildi. Bunga misol qilib, keng miqiyosda qo‘llanilayotgan xlorlangan ugluvodorodlarni olish mumkin. Turli xil uglevodorodlar molekulalaridagi vodorod atomi o‘rniga xlor atomini kiritish orqali xlorlangan uglevodorodlar, ya’ni xlorlangan difenil olinadi. Xlorlangan difenil tarkibidagi xlor miqdori 43% dan 67% gacha oshirilsa, quyuq yoki mumsimon modda hosil bo‘ladi. Vodorod atomi o‘rnidagi xlor atomlarining miqdori oshirilishi natijasida modda quyuqlashib, zichligi ortadi va uning qotish harorati pasayadi ( 1-jadval):
Ko‘rib o‘tilgan barcha difenillar zaxarli hisoblanganligi sababli, ular bilan ishlash mobaynida texnika xavfsizligi choralari ko‘rilishi lozim. Kremniy-organik (KO) suyuqlik zaxarli bo‘lmay, ekologik jihatdan xavfsiz bo‘lganligi sababli ular elektrotexnikada keng miqyosda qo‘llanilmoqda. KO suyuqliklar gigroskopik emas hamda yukori haroratga bardoshlidir. Bu suyuqliklarga poliorganosiloksan polietilsiloksan, polifenilsiloksan va boshqa suyuqliklar kiradi (2-jadval). Poliorganosiloksan (161-123, 161-45 navli) impulsli transformator, radio va elektron apparatlarida qo‘llanilmoqda. Xlor-ftor-uglerodli va ftor-uglerodli suyuqlik molekulalarida vodorod atomi o‘rnini xlor va ftor atomlari qisman yoki to‘liq egallaydi. Ftor organik suyuqliklarda tg  qiymati juda kichik bo‘lishi bilan birga, yuqori darajali haroratga chidamligi sababli, uni 200 oS va undan haroratda ishlatish mumkin. Bu suyuqlikning sirt taranglik kuchi va qovushqoqligi nisbatan kichikdir. Ftor-organik suyuqlik uchuvchan bo‘lganligi sababli u bilan to‘latilgan elektr apparatini yaxshilab zichlash talab etiladi. Bu suyuq dielektrik yordamida chulg‘amlar va magnit o‘tkazgichlardan ajralib chiqqan issiqlik atrofga tez va yaxshi tarqaladi.Elektrotexnika uskunalariga qo‘yiladigan ftor-organik suyuqligi (xladon) tok o‘tayotgan sim va chulg‘amdan ajralib chiqayotgan issiqlik ta’sirida bug‘lanib, issiqlikni yutadi, so‘ngra sovitgichda kondensasiyalanib, yana asosiy sistemaga suyuq holda qaytadi. Natijada uskuna bo‘shliqlarida katta bosim hosil bo‘lib, apparatning gaz muhitidagi elektr mustahkamligi ortadi. Havo tarkibidagi ftor-orgapnik suyuqlik bug‘lari portlash xavfini tug‘dirmaydi. Suyuq holatda bu dielektrik deyarli yonmaydi. Yuqori dielektrik singdiruvchanlikka ( r=35-39) ega bunday qutbli sintetik suyuqliklarga misol qilib, nitrobenzol (N5S6-NO2) etilengliol (NO-SN2–SN2-ON), sianoetilsaxaroza (S38N46N8O11) kabi suyuqliklarni keltirish mumkin. Elektr maydoni ta’siriga chidamli, o‘zida elektr quvvatini juda kam isrof etadigan sintetik uglevodorodli qutbsiz suyuqliklarga poliizobutilen, polibutilen va alkilbenzol misol bo‘la oladi. Agar kondensatorning qog‘oz izolyasiyasi poliizobutilenga shimdirilsa, kondensatorning zaryadlanish vaqti keskin ortadi.
Oqtol suyuqligining zichligi 860-875 kg/m3, alangalanish harorati 138-165 oS , dielektrik xosalari: r = 2,2-2,3; tg  =10-4-10-3. Bu suyuqliklar asosida tayyorlangan qog‘ozli kondensatorning nisbatan xizmat muddati 1,8-2,3 barobar yuqoridir. Oktolnning vazelin bilan aralashmasi qog‘ozli kondensatorlarda qo‘llanilganda kondensatorning xizmat muddati boshqa shimdirilgan suqlikli kondensatorlarga nisbatan 20-40 barobar yuqori bo‘ladi.Elektr texnikaga oid konstruksiya va uskunalarni ishlatish sharoitlardan kelib chiqib, suyuq dielektriklarga yuqori elektr musahkamlik va solishtirma hajmiy 
qarshilik, kichik miqdorli dielektrik singdiruvchanlik, elektr va issiqlik 
maydonlariga bo’lgan bardoshlilik, ish mobaynida xossalarining barqarorligi, 
yong’inga bardoshlilik kabi talablar qo’yiladi. Neft mahsulotidan olinadigan 
transformator moyi elektr texnikada eng ko’p ishlatiladigan suyuq dielektriklardan hisoblanib, u quvvatli transformatorlarda, asosan, elektr izolyatsiyasi va sovitkich 
vazifasini bajaradi. Transformatorga transformator moyi quyilganda simlarga 
qoplangan izolyatsiya qoglamasidagi havo bo’shliqlari moy bilan to’ladi. Natijada 
transformatorning elektr izolyatsiyasi mustahkamligi ortib, elektr kuchlanishi 
ta’siridagi chulg’amlardan va po’lat o’zakdan ajralayotgan issiqlik tashqi muhitga 
moy orqali yaxshi tarqatiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. T.K. Basak. Electrical engineering materials. New Age Intenational, Nil edition. USA, 2009.
2. Callister,William D., Materials science and engineering: an introduction, 7th ed.p.cm/ - Printed in the United States of America/ John Wiley & Sons, Inc.- 2007. 975 p.
3. Bijay_Kumar Sharma., Electrical and Electronic Materials Science./ - OpenStaxCNX,/ Indiya – 2014, 229 p.
4. Axmedov A.SH. Elektrotexnika materiallari. O’quv qo’llanma/ Toshkent2006. 112 bet
5. Серебряков А.С. Электротехническое материаловедение. Электроизоляционные материалы. Учебное пособие. М.: Маршрут, 2005.
6. В.Н. Бородулин и др. Электротехнические материаловедение. Методическое пособие, Под ред. А.С. Воробьева. - М.: Издат., МЭИ, 2001.
7. Joyta.ru 8. http://tek.prom.ua
Download 166 Kb.




Download 166 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: 1 Tóg'irlagichlar. Tok va kuchlanish stabilizatori

Download 166 Kb.