• Nazariy ma’lumot
  • Навоий давлат кончилик институти ва тошкент давлат техника университети илмий даражалар берувчи




    Download 2.88 Mb.
    bet1/28
    Sana03.11.2023
    Hajmi2.88 Mb.
    #93852
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    Mexanika Amaliy mashg`ulot (Uslubiy qo`llanma)
    ochiq darsa баённомаси, DD UzKaz ПК Усманов Отабек, 1, 5, Milliy iqtisodiyotni rivojlanishi va aholi bandligini ta’minlashda korxonaning o’rni va ro’li, DOC Document, 1234, Adm Eldor , Boshlang`ich ta`limda tarbiya fani Rustamova Sarvinoz

    2 – AMALIY MASHG‘ULOT AJRALMAYDIGAN BIRIKMALARNING HISOBI (payvand, parchin mixli) I. Payvand birikmalarni hisoblash


    Ishdan maqsad: Birikmalar haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lish, birikmalarning mashinasozlikdagi va sanoatdagi rolini o’rganish, ishlatilish sohalarini va birikmalarga qo’yiladigan talablar bilan batafsil tanishish. Payvand birikmalarni o’rganish, payvandlash turlari bilan tanishish, payvand choklarni hisoblashga doir ma’lumotlarga ega bo’lish.

    Nazariy ma’lumot


    Payvand birikmalar ajralmas birikmalarning asosiy turi bo’lib, ulardan mashinasozlikda va qurilishlarda keng ko’lamda foydalaniladi, chunki payzand birikmalarda ajralmas boshqa birikmalardagiga qaraganda birmuncha afzalliklar bor; chunonchi, payvand birikma kam mehnat talab qilishi bilan birga, metallni tejashga imkoniyat yaratadi; ma’lumki, parchin mixli birikmalar tayyorlashda parchin mix uchun teshik ochilishi kerak. Payvand birikmada esa teshikka ehtiyoj bo’lmaydi. Bundan tashqari, murrakkab shaklli yirik cho’yan quymalar o’rniga payvand birikma vositasida tayyorlangan yengil po’lat detallar ishlatish materialni 30-40 % tejashga imkon beradi. Detallar oz ishlab chiqariladigan joylarda payvand birikmalar ayniqsa qo’l keladi. Chunki bunday detallar qo’yish yo’li bilan tayyorlanadigan bo’lsa qolip tayyorlashning o’zigayoq bir talay mablag’ sarf bo’ladi va ko’p vaqt ketadi.
    Payvand birikmalardan turli sohalarda foydalaniladi. Masalan, payvandlash yo’li bilan baland yerlarga va suv ostiga o’rnatilagan metall qismlar biriktiriladi, katta bosim ostida ishlaydigan truba va idishlar tayyorlanadi. Payvand birikmalardan gaz va neft magistrallari o’tkazish kema korpuslari yasash va shu kabilarda foydalaniladi.
    Payvand birikmalarining kamchiliklari materialning termik deformasiyalanishi va hamma materiallarni ham payvandlab bo’lavermasligidir.
    Payvandlash usullarining turi ko’p, ulardan eng ko’p qo’llaniladigani elektr energiyasidan va gaz alangasidan foydalanib payvandlash usullaridir. Sanoat va qurilishda, asosan, elektr energiyasi yordamida payvandlash usulidan foydalaniladi, chunki bu usul boshqa usullarga qaraganda qulay va tejamli bo’lib, payvandlash ishlash ishlarini keng ko’lamda avtomatlashtirish mumkin.

    Download 2.88 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 2.88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Навоий давлат кончилик институти ва тошкент давлат техника университети илмий даражалар берувчи

    Download 2.88 Mb.