• Masalan: a) atom elektr stansiyasida yuz bergan avariya haqida fuqarolar muhofazasi quyidagi tartibda aholini ogoh qiladi
  • Fuqarolarni favqulodda vaziyat haqida ogohlantirish




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet129/239
    Sana25.01.2024
    Hajmi8,77 Mb.
    #145886
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   239
    Bog'liq
    Hayot faoliyati xavfsizligi. Tojiboyev M. Nigmatov M

    9.1. Fuqarolarni favqulodda vaziyat haqida ogohlantirish
    Favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni himoya qilishning har tomonlama 
    omillarida alohida o ‘rin tutadigan uslub — bu fuqarolarni o‘z vaqtida 
    ogohlantirish hisoblanadi.
    Ogohlantirish radio, televizor vositalari orqali amalga oshiriladi. 
    Bunda fuqaroiar sirena. ishlab chiqarish gudogi, transport vositalarining 
    signallari va boshqa belgilar orqali ogoh etiladi. Ya’ni bu belgilar 
    «DIQQAT, HAMMAGA!» degan m a’noni anglatadi.
    159


    Shu belgilarni eshitgan har bir fuqaro radio, televizorlarni qo‘yishlari 
    zarur. Har bir ofat yuz berganda, ularni fuqarolarga hamda xalq xo‘jaligiga 
    ko‘rsatadigan ta’sir xususiyatlarini hisobga olgan holda ogohlantirish 
    matnlari tuziladi.
    Masalan: a) atom elektr stansiyasida yuz bergan avariya 
    haqida fuqarolar muhofazasi quyidagi tartibda aholini ogoh qiladi:
    «DIQQAT!», Fuqaro Muhofazasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! Atom 
    elektr stansiyasida avariya sodir bo‘ldi. Shu AES atrofida joylashgan 
    «UzBAT» korxonasi, Hamza aloqa uzatish tarmog‘i, yangi qurilayotgan 
    metro stansiyasi, Toshkent mineral suv quyish zavodi va uy-joylar, 
    mahallalarga radioaktiv changlarning tushishi kutilmoqda.
    Shu hududda yashovchi hamma fuqarolar o‘zlari yashayotgan 
    uylaming germetikligini (zichligini) mustahkamlashlari, uy hayvonlarini 
    pana joyga kiritishlari, oziq-ovqat mahsulotlarini, suvlami radioaktiv 
    chang tushishidan saqlashlari, o ‘zlari esa yodli preparatdan qabul qilishlari 
    kerak. Keyingi xatti-harakatlar fuqarolar muhofazasi shtabi yo‘riqnomalari 
    asosida boradi»:
    b) xavfli kimyo zavodidagi avariyada:
    «Diqqat! Fuqarolar muhofazasi shtabidan gapiramiz. Fuqarolar! 
    Chirchiq kimyo kombinatida odamga kuchli ta’sir etuvchi zaharli 
    modda (KTZM) - ammiakning to ‘kilishi oqibatida avariya sodir bo‘ldi. 
    Zaharlangan havo Toshkent shahri tomon tarqalmoqda. Kimyoviy 
    zaharlanish hududiga o ‘sha atrofdagi korxonalar va aholi yashash 
    joylari (korxona, mahalla yashash joylari nomlari ko‘rsatiladi) kiradi. 
    Kimyo korxonasiga yaqin boTgan ishlab chiqarish tarmoqlaridagi 
    ishchi-xizmatchilar, mahallalarda yashovchilar o ‘z uylarini, ish joylarini 
    xavfsiz holatda qoldirib (gaz, suv, elektrni o‘chirishlari), Toshkentga 
    evakuatsiyaga tayyorlansinlar. Kimyo korxonasidan uzoqdagi korxonalar, 
    mahalJalarda (nomlari ko‘rsatiladi) yashovchilar o ‘z ish joylarida, 
    uylarida qo‘shimcha germetiklikni ta’minlab saqlanishiari lozim. 
    Eshitganlaringizni qo‘ni-qo'shnilarga yetkazing!»

    Download 8,77 Mb.
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   239




    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fuqarolarni favqulodda vaziyat haqida ogohlantirish

    Download 8,77 Mb.
    Pdf ko'rish