kuchi hamda yo‘nalishini va boshqa ko‘rsatkichlar aniqlanadi.Zahar-
langan fuqarolarga birinchi yordam berilib, tibbiy yordam ko‘rsatish
shoxobchalariga yotqiziladi.
Zararlangan oziq-ovqatlar, suv tekshirilib,
degazatsiya qilinadi yoki y o‘q qilib yuboriladi. Zararlangan hududda
chekish, ichish, himoya vositalarisiz yurish taqiqlanadi. Zararlangan
hududdan chiqqanda,
ochiq qolgan terilar, shaxsiy himoya vositalari,
kiyim-kechaklar SHXP-8 bilan zararsizlantiriladi, so‘ngra o ‘zlari to liq
sanitar ishlovdan o‘tkazilib, kiyim-kechaklar almashtiriladi.
3.
Fuqarolarni va fuqaro muhofazasi tizimlarini RQ va KTQ
omillari bilan ta’minlash.
Har bir obyektning fuqaro muhofazasi
shtabi va uning xizmatli
bo‘limlari shaxsiy saqlovchi (teri va nafas organlarini saqlovchi) va tibbiy
vositalar bilan ta’minlashni, saqlash hamda ularni doimiy texnik tayyor
holda bo‘lishligini tashkil etadi.
Shaxsiy saqlovchi vositalaming saqlanishi ish joylariga yaqin bo‘lgan
yerlarda (sex, bo‘lim va boshqalarda) tashkillashtiriladi, agar sharoit
bo‘lmasa, u holda ish joylarining zaxiradagi binolarida,
xonalarida
saqlanadi. Tinchlik davrlarida ushbu vositalar vaqti-vaqti bilan laboratoriya
ko‘rigidan o ‘tkazilib turiladi.
Shaxsiy saqlovchi va tibbiy vositalar, birinchi navbatda, favqulodda
vaziyatlarda ish bilan mashg‘ul bo‘ladigan fuqarolarga beriladi. Bulardan
tashqari FM-tizimlariga kiruvchi fuqarolar
resperatorlar bilan ham
ta’minlanadilar. Ishlamaydigan fuqarolar, nafas organlarini saqlovchi oddiy
vositalar - paxta dokali taqqichlar va changdan saqlovchi matoli niqoblar
bilan ta’minlanadilar. Terini saqlovchi vositalar bilan faqat zararlangan
o ‘choqlarda (radioaktiv moddalar,
zaharli birikmalar, biologik ta’sirlar
va odamga kuchli ta ’sir etuvchi moddalar, KTZM bilan shikastlangan
hududlar) xizmat ko'rsatuvchi fuqarolar muhofazasi tizimlari ta ’minlanadi.
Favqulodda vaziyatlarda xalq xo‘jaligi tarmoqlarida xizmat qiladigan
fuqarolar shaxsiy saqlovchi vositalarini o ‘z ish joylaridan,
ish bilan
mashg‘ul boMmaganlar esa turar joy massivlaridan oladilar.