- zararlangan
suv va yemishlardan saqlanish;
- zararlingan joylarda fuqarolarni saqlash rejimlariga rioya qilish;
- zararlangan joylardan fuqarolarni evakuatsiya qilish;
- zararlangan hududlarga
odamlarni kiritmaslik;
- fuqarolarni sanitar qayta ishlovdan o‘tkazish, kiyim-kechak, texnika,
inshootlarni dezaktivatsiya qilish.
Radioaktiv m oddalar bilan zararlangan joylarda odamlarning xatti-
harakatlari radiatsiyaviy holatdan kelib chiqib aniqlanadi, bunda:
a) muayyan zararlangan joylarda, odamlar, RSBda bir necha soatgacha
saqlanishlari, so‘ngra oddiy inshootlarda bo‘lishlari tavsiya etiladi.
Ammo korxonalar va yashash maskanlari ishlarini oddiy rejim asosida
amalga
oshiradilar;
b) kuchli zararlangan joylardagi fuqaroiar himoya inshootlarida uch
kungacha saqlanishlari va keyingi to'rtinchi kunda oddiy inshootlarda
bo‘lishlari mumkin. Bunday holatlarda korxona
va maskanlar alohida
rejimda ishlashlari, ochiq joyda ishlovchilar esa bir necha soatdan, bir
necha kungacha ishni to‘xtatish!ari zarur;
d)
xavfli va juda xavfli shikastlanishda fuqaroiar
himoya inshootlarida
uch kundan kam bo‘lmasliklari hamda oddiy inshootlarda tashqariga
chiqmasdan saqlanishlari kerak. Bunday korxonalarda hamma oziq-ovqat
mahsulotlari germetik idishlarda saqlanishi (shkaflarda, shishali j'oki
emalli
idishlarda, polietilen qopchalarda) va ovqat tayyorlashda faqat
zararlanmagan suvlardan foydalanish lozim.