vositalar butun teri a ’zolarini berkitib, zaharli m oddalarning bug‘i va
tomchilaridan butunlay saqlaydi. Germetik bo ‘lmagan vositalar esa
faqat zaharli moddalarning tom chilaridan saqlaydi. Izolirlovchi terini
saqlovchi vositalarga: kombinezon va kamzul, yengil himoya kostumi
L-l va um um qo‘shin himoya jam lam asi kiradi. Himoya kombinezoni
- bitta qilib tikilgan kurtka, shim va bosh kiyimdan tashkil topgan.
Kombinezon va kostum tarkibiga shlemosti (podshlemnik), rezinali
oyoq kiyimi va rezinali qo‘lqop kiradi. Himoya kombinezoni va
kostumi odamlarning tuzilishiga ko‘ra 3 o ‘lchamda ishlab chiqariladi:
1-o‘lcham 166 sm gacha, 2-o‘lcham 165-172, 3-o‘lcham 172 sm dan
yuqori.