|
M. U. Hamidova
|
bet | 16/47 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 437,9 Kb. | | #123007 |
Bog'liq M. U. Hamidova, maxsus pedagogika-fayllar.orgKorreksion pedagogika - jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kamchiliklari bor bolalarning rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganadigan, ularning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fandir. Korreksiya so‘zi lotincha-tuzatish, bartaraf etish degan so‘zlardan olingan.
Har qanday fanning o‘z predmeti, maqsadi, vazifalari bo‘lgani kabi, korreksion pedagogika fanining ham o‘z predmeti, maqsadi, vazifalari mavjud. Korreksion pedagogika fanining mavzu bahsi, predmeti jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalardir. Korreksion pedagogika fanining vazifasi-nuqsonlarning kelib chiqish sabablari, turlarini, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning psixofiziologik rivojlanishidagi xususiyatlarini o‘rganish, shular, asosida ular uchun differensial (segregatsion) yoki integratsiyalashgan, inklyuziv sharoitda ta’limni tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiyasi, ijtimoiy adaptatsiyasi (moslashuvi) reabilitatsiyasi, ijtimoiylashuvi bilan shuqullanishdir.
Korreksion pedagogika fanining maqsadi – rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ijtimoiylashuvi, ijtimoiy adaptatsiyasi va reabilitatsiyasini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni o‘rganish, ulardagi psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha ertaroq tashhis etib, bartaraf etish, tuzatish yoki bilinmaydigan xolga keltirish usullarini belgilash va amaliyotda tatbiq etishdan iborat.
Bola rivojlanishidagi nuqsonlar har xil bo‘ladi, ularning ba’zilari batamom bartaraf etiladi, ba’zilari bir qadar tuzatiladi, korreksiyalanadi, bilinmaydigan xolga keltiradi, boshqalari esa kompensatsiyalanadi. Masalan, bola nutqida oqir nuqson bo‘lsa, ilk yoshda to‘qri tashkil etilgan logopedik chora-tadbirlar ta’sirida uni to‘liq bartaraf etish mumkin. Boladagi nuqson markaziy nerv sistemasidagi organik kamchiliklar natijasida paydo bolgan bo‘lsa (masalan, aqli zaiflik shunday nuqson jumlasiga kiradi), uni to‘liq bartaraf etib bo‘lmasa xam, biroq kamaytirish, ko‘zga ko‘rinmaydigan, sezilmaydigan darajagacha tuzatish mumkin. Korreksion pedagogika amaliyotida yana shunday toifadagi aloxida yordamga muhtoj bolalar kuzatiladiki, ulardagi nuqsonni tuzatib xam, korreksiyalab xam bo‘lmaydi, masalan, tug‘ma ko‘rlik yoki karlikning ayrim turlari shular jumlasidandir. Bunda ko‘rish analizatorining vazifasini sezgi organlariga, eshitish analizatorining vazifasini esa ko‘rish analizatoriga yuklash, ya’ni kompensatsiyalash, o‘rnini bosish mumkin. Ko‘rish qobiliyati zaif bolalar sezgi organlariga tayangan holda barmoqlari bilan Brayl shriftidan foydalanadilar. Bunda harf olti nuqta kombinatsiyasi bilan belgilanadi. Eshitish qobiliyati zaif bolalar esa imo-ishora, daktil nutqdan, barmoqlar harakati bilan anglatiladigan nutqdan foydalanishlari mumkin.
Korreksion pedagogika fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlari mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi: surdopedagogika (lotincha surdus — kar, gung so‘zidan olingan) — eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim tarbiyasi bilan shuqullanadigan fan; tiflopedagogika (yunoncha tiflos — ko‘r, so‘qir so‘zidan olingan) —ko‘zi ojiz bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shuqullanadigan fan; oligofrenopedagogika (yunoncha oligos — kam, fren — aql), so‘zlaridan olingan, — aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shuqullanadigan fan; logopediya (yunoncha logos — so‘z, padeo — tarbiya so‘zlaridan olingan) — og‘ir nutq nuqsonlarini o‘rganish, oldini olish, bartaraf etish yo‘llari, usullarini o‘rganadigan fan. Respublikamizning barcha viloyatlarida zamon talablariga muvofiq alohida yordamga muhtoj bolalarning differensial (segregatsion) va integratsiyalashgan, inklyuziv ta’limi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha jadal sura’tlar bilan rivojlanmoqda.
Butun jahon bolalariga xos bo‘lgan bolalar huquqi haqidagi Konvensiya, O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, “O‘zbekistonda kadrlarni tayyorlash milliy dasturi” kabi va boshqa me’yoriy hujjatlarda ko‘rsatilishicha , barcha bolalar, shu jumladan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor aloxida yordamga muhtoj bolalar ham mehnat qilish, ta’lim olish, hayotda o‘z o‘rnini topib ketish huquqlariga egadirlar.
Yuqorida bola huquqlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sanab o‘tilgan bo‘lib, unga ko‘ra bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; bolaning hayoti va soqlig‘ini muxofaza qilish; bolaning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik; bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish; bolalar huquqlari va imkoniyatlarining tengligini ta’minlash; bola huquqlari kafolatlarining huquqiy asoslarini takomillashtirish.
“Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga rioya etilishini ta’minlash uchun uzluksiz ta’lim tizimida faoliyat yurituvchi barcha mutaxassislar alohida yordamga muhtoj kishilar xaqida tushunchaga ega bo‘lib, ularga ta’lim-tarbiya jarayonida qulay shart-sharoitlar yaratib, kerak bo‘lsa, individuallashgan dasturlar asosida integratsiyalashgan inklyuziv sharoitda me’yorda rivojlangan tengdoshlari orasida hamma qatori ta’lim olish imkoniyatlarini yoki maxsus muassasalarda ta’lim olishiga yordam berishi zarur. Buning uchun xar bir pedagog korreksion pedagogika fanining asoslarini egallagan bo‘lishi kerak.
Bolalar bir biriga o‘xshamaydilar. Bir biriga o‘xshash bo‘lgan bolaning o‘zi mavjud emas. Bolalarning yoshlari bir xil bo‘lsada, ular bir-biridan farq qiladi. Ba’zi bolalar injiq, ba’zilar esa, aksincha xushchaqchaq, ba’zilari yaxshi kuylaydi, ba’zilari esa, aksincha ashula ayta olmaydilar. Bu ro‘yxat davom etaverishi mumkin.
Bola dunyoga kelgan kunlaridan boshlaboq ko‘radi, eshitadi, biror narsa tekkanini, og‘riq, issiq, hid va ta’mni xis etadi.
Tevarak atrofdagi borliqni bilish — sezish va idrok qilishdan, ya’ni voqelikdagi narsa va hodisalarning bola ongida aks etishidan boshlanadi.
Bolaning idroki hayotining dastlabki yillaridayoq ancha takomillashadi va ikki yoshida u buyumlarning rangi, shakli, katta-kichikligiga qarab bir-biridan farq qila boshlaydi, tanish ohangni ajratadi va hokazo. Unda xilma-xil sensor qobiliyatlar: ko‘rish va ko‘zdan kechirish, tinglash va eshitish, buyumlarni tashqi belgilariga qarab ajratish, ko‘zi ko‘rayotgan va eshitayotgan narsaga taqlid qilish qobiliyati rivojlanib boradi.
Bola turli taassurotlar olib turishi — buyumlarni ko‘rishi, ushlab bilishi, kattalarning ishlarini kuzatishi, xilma-xil tovushlarni eshitishi kerak.Bu bolalarning sensor rivojlanishlari uchun zarur shartdir. Sensor qobiliyatlarning uz vaqtida rivojlanishi esa bolalarning aqliy tarbiyasi uchun zamin yaratadi.
Diqqat, xotira, intilish, qiziqish va boshqa shu singari ruhiy jarayonlar bolaning aqliy rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.
Bola nutqining o‘z vaqtida va to‘g‘ri rivojlanishi aqliy rivojlanishining asosidir. Nutq ruhiy jarayon: idrok, xotira va boshqalarning rivojlanishiga, bolalarning faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar nutqi rivojlana boshlashi bilan kattalar so‘zlarining tarbiyaviy vosita sifatidagi roli ortib boradi.
Bola shaxsining tarkib topishi hayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola har kuni ko‘rgan va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak-atrofdagi kishilarga o‘z munosabatini bildiradi, kattalarning xatti-harakatlari, ishlariga, sodir bo‘layotgan voqealarga bolaning beradigan bahosi, kishilarga bo‘lgan munosabati — bularning hammasi bola ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etadi.
Bolaning xoh ona qornida, xoh tug‘ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bolgan ma’lum shart-sharoitlarning buzilishi turli xil jismoniy yoki ruhiy rivjjlanishidagi nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishii mumkin. Korreksion pedagogika fanida alohida yordamga muhtoj bolalarning turli xil toifalari ustida ish olib boriladi: Ular quyidagilardir:
1) eshitish kamchiliklariga ega bolgan bolalar (kar, zaif eshituvchi bolalar’, kech kar bo‘lib qolgan bolalar);
2) ko‘rish qobiliyati zaif (ko‘r, zaif ko‘ruvchi bolalar);
3) aqli zaif-oligofren bolalar;
4) og‘ir nutqiy nuqsonlari bor bolalar;
5) harakat-tayanch a’zolarida kamchiliklari bo‘lgan bolalar;
6) ruhiy rivojlanishi orqada qolgan bolalar.
7) kompleks nuqsonli ko‘r-kar-soqov bolalar;
8) rivojlanishida murakkab ko‘p nuqsonli bolalar;
9) autizm sindromli bolalar.
Aloxida yordamga muhtoj bolalar me’yorda rivojlangan tengdoshlari orasida inklyuziv ta’limda yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim-tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va o‘qitilishi kerak. Bolaning umumiy rivojlanishiga har tomonlama kuchli ta’sir etgan nuqsonlargina uni aloxida yordamga muhtoj bola deb hisoblashga asos bo‘lishi mumkin. Masalan, bolaning faqat chap qulog‘i eshitsa-yu, bu nuqson uning har tomonlama rivojlanishiga ta’sir etmaydigan, u maktab tengdoshlari qatori o‘zlashtiradigan bo‘lsa, u aloxida yordamga muhtoj bolalar toifasiga kirmaydi. Katta yoshdagi kishilarda ma’lum sabablarga ko‘ra paydo bo‘lgan nuqsonlar ham ularning umumiy rivojlanishiga ta’sir etmasa, bu kishini aloxida yordamga muhtoj deb hisoblash mumkin emas.
Alohida yordamga muhtoj bolalarning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida kuzatiladigan og‘ir, keskin o‘zgarishlar bola shaxsining tarkib topishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bunday bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish uchun maxsus sharoit yaratalishi kerak, ya’ni ular maxsus ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya muassasalari va maktablarda yoki me’yorda rivojlangan tengdoshlari orasida hamma qatori va agarda kerak bo‘lsa, maxsus dastur va darsliklar asosida o‘qitilishi va tarbiyalanishi zarur, ular alohida yordamga muhtoj.
Har qanday aloxida yordamga muhtoj bolada kuzatiladigan nuqson markaziy yoki periferik nerv sistemasidagi organik yoki funksional o‘zgarishlarga aloqador bo‘lishi mumkin.
Bola rivojlanishidagi turli xil kamchiliklar noqulay muhit, noto‘g‘ri tarbiya, ta’lim natijasida ham paydo bulishi mumkin. Masalan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogik qarovsizlik, o‘qituvchining bolaga noto‘g‘ri munosabati va boshqa ko‘pgina sabablar bola rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, uning dastur materiallarini yaxshi o‘zlashtira olmasligiga, ulgurmovchi uquvchilar orasiga qo‘shilib qolishiga sabab bo‘ladi. Shunday bulsada, biz bunday bolani aloxida yordamga muhtoj bolalar toifasiga kiritmaymiz, chunki uning rivojlanishidagi kamchiliklar organizmdagi qanday bo‘lmasin biror organik yoki funksional patologik o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lmay, balki boshqa sabablardan kelib chiqqan.
Ota-ona, tarbiyachi va o‘qituvchilar bunday bolalarni aloxida yordamga muhtoj bolalardan farqlay oladigan bo‘lishlari kerak.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra har qanday nuqsonli rivojlanish tug‘ma yoki turmushda orttirilgan bo‘lishi mumkin.
Tug‘ma nuqsonlarlar ko‘p jihatdan homilador onaning sog‘lig‘i va yashash sharoitiga bog‘liq. Ona qornidagi homilaning rivojlanishiga infeksiya, intoksikatsiya, shikastlanish va boshqa omillar ta’sir etishi mumkin. Onaning homiladorlik davrida turli xil kasalliklar bilan og‘rishi, o‘zboshimchalik bilan turli dori darmonlarni bilar-bilmas iste’mol qilishi, bolaning nuqsonli bo‘lib tug‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Tug‘ma nuqsonlar genetik, ya’ni irsiy omillar ta’siriga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan eshitish, ko‘rish analizatori faoliyatining buzilishi, aqliy zaifliklrning nasldan bolaga o‘tishi ham kuzatiladi (fenilketonuriya, Daun kasalligi, rezus faktorning mos kelmasligi va boshqalar).
Ota-onalarning alkogolizmi, narkomaniyasi, toksikomaniyalari ham bolaning nuqsonli bo‘lib tug‘ilishiga olib kelishii mumkin.
Turmushda orttirilgan nuqsonlar bola organizmiga tug‘ilish vaqtida va undan keyingi davrlarda zararli omillar ta’sir etishi natijasida vujudga keladi. To‘g‘ruq vaqtida miya shikastlanishi, bolaning kindigi o‘ralib, bo‘g‘ilib qolishi (asfiksiya) va boshqalar, ba’zan uning nuqsonli rivojlanishiga olib kelishii mumkin.
Bolaning ilk yoshligida (uch yoshgacha) turli kasalliklar bilan og‘rishi, masalan, meningit, meningoensefalit, otit, markaziy nerv sistemasining shikastlanishi va boshqa shu singari dardlarni boshidan kechirishi ham nuqsonli rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Mamlakatimizda bolalarning jismoniy yoki ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlarning oldini olish yuzasidan ko‘pgina choralar ko‘rilmoqda, bu sohada anchagina yutuqlarga ham erishildi. O‘zbekistonda aholini davolash-profilaktikasi kengaygani hamda meditsina sohasidagi katta yutuqlar munosabati bilan aloxida yordamga muhtoj bolalr soni nisbatan kamaydi. Bolalarning chechak, o‘lat, tif, vabo, traxoma, qizamiq va bolalarga xos boshqa yuqumli kasalliklar orqasida aloxida yordamga muhtoj bo‘lib qolish hodisalari uchrab turadi. Irsiy omillar hamda intoksikatsiya va organizm shakllanayotgan paytda bosh miya, analizatorlarning zararlanishiga olib boradigan boshqa sabablar tufayli bolaning aloxida yordamga muhtoj bo‘lib qolish hollari hali ham uchrab turadi.
|
| |