|
Inklyuziv ta’lim tushunchasi
|
bet | 14/47 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 437,9 Kb. | | #123007 |
Bog'liq M. U. Hamidova, maxsus pedagogika-fayllar.orgInklyuziv ta’lim tushunchasi
Inklyuziv ta’lim bu – davlat siyosati bo‘lib, nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, maxsus talimga muhtoj bolalarni rivojlanishidagi nuqsonlari yoki iqtisodiy qiyinchiliklaridan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir.
“Maktablar jismoniy, aqliy, ijtimoiy, emotsional, tilidagi yoki boshqa nuqsonlaridan qat’iy nazar hamma bolalarni qabul qilishi kerak. Ularga ruhiy va jismoniy nuqsoni bor bolalar, boshpanasiz bolalar, ko‘chmanchi xalqlarga tegishli bo‘lgan bolalar, etnik yoki madaniy kamchilikni tashkil etgan oilalarning bolalari kiradi” (Harakat Rejasiga kirish 3-chi band).
Inklyuziv ta’lim vazifalari:
- Ta’lim muassasasida ta’limda aloxida extiyoji bulgan imkoniyati cheklangan bolalar va usmirlarning ta’lim olishlari uchun zarur psixologo – pedagogik, korreksion sharoitlar yaratish, ularning imkoniyatiga yunaltirilgan umumta’lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanishini, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish;
- Maxsus ta’lim muassasasi uquvchilarini umumta’lim maktablari bilan uyg‘unlashtirgan holda faoliyat olib borish yuli bilan o‘quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash;
- Jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog‘lom bolalar urtasidagi tusiqlarni bartaraf etish, bolaning extiyojlarini qondirish, ijtimoiy xayotga erta moslashtirish;
Imkoniyati cheklangan bolalar va usmirlarni oilalardan ajramagan xolda yashash xuquqini ruyobga chiqarish;
- Jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va usmirlarga muqobil munosabatni shakllantirishdir.
Inklyuziv ta’limga kiritishning asosiy tamoyillari:
- inklyuziv ta’limning e’tirof etilishi;
- inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo‘lishi tamoyili;
- bog‘lanishning mavjud bo‘lishi tamoyili;
- markazlashtirilmagan bo‘lishi tamoyili;
- inklyuziv ta’limda kompleks yondashishi tamoyili;
- inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili;
- malakaviylik tamoyili.
Xorijda integratsiyalashgan ta’lim-tarbiya
Xorijdagi rivojlangan davlatlarda nogiron bolalar bilan ishlashning bo‘yicha ma’lum me’yorlari, shakllari va metodlari shakllanib bo‘lgan. Tabiiy-ki, har bir mamlakatda aholining mazkur kategoriyasiga yordam ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular milliy xususiyatlar, ijtimoiy-iqtosodiy shart-sharoitlar, psixologik-pedagogik an’analar, ma’lum ilmiy yondashuvlarga mo‘ljallanganligi kabilar asosida shakllanadi. Shu bilan birga mazkur bolalarga yordam ko‘rsatishda inobatga olish shart bo‘lgan bir necha umumiy tendensiyalarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchidan, imkoniyatlari cheklangan bolani ijtimoiy hayotga(shu bilan birga ta’lim-tarbiyaga) imkon qadar maksimal darajada integratsiyalash.
Ikkinchidan, mazkur bolalarni oilada tarbiyalashning ustivorligi.
Uchinchidan, kamchiliklarni erta tashxis etish va davolashga yo‘nalganlik.
To‘rtinchidan, har bir konkret holatda bolani reabilitatsiyasi va abilitatsiyasiga individual yondashish.
Hozirda mazkur tendensiyalarni inobatga oluvchi bir qator dasturlar yaratilmoqda, ishlab chiqilmoqda. Mazkur dasturlardan biri BMT tomonidan taklif etilgan – bevosita atrofdagilarga tayangan holdagi Reabilitatsiya(Reabilitatsiya , baziruyuщayasya na neposredstvennom okrujenii)(BATR) dasturi bo‘lib, u “barcha nogironlarni reabilitatsiyasi, imkoniyatlarini tenglashtirish va ijtimoiy integratsiyasi maqsadida amalga oshiriluvchi jamiyat rivojlanishi strategiyasidir. Uning maqsadlari: mazkur soxadagi axvolni o‘zgartirish, davlat va jamiyatni jalb etgan holda ta’limiy ishlar olib borish, barcha yordamga muxtoj nogironlarga yordam ko‘rsata oladigan tizimni ishlab chiqish”. BATRning mazmuni - nogiron, uning oilasi va bevosita atrofdagilari ba’zi asosiy reabilitatsion malakalarni o‘zlashtirgan holda reabilitatsiyani mustaqil ravishda amalga oshira olishlari mumkinligidan iborat. Albatta, bu jarayon davomida ularga sog‘liqni saqlash, ta’lim, axolini ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy muxofaza soxalarining mos muassasalari yordam ko‘rsatadi.
AQShda mazkur soxada “Inklyujen” dasturi faoliyat ko‘rsatadi. Uning asosini “Reabilitatsion Akt”( № 93-112 qonun, 1973y. ) va nogiron bolalarga ta’lim-tarbiya berish qonuni(1974-1975y.) tashkil etib, vaqt o‘tishi bilan ularga bir qator o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilgan. XX asrning 80-yillariga kelib AQShda nogiron insonlarni turli kategoriyalari ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda yangi binolarni qurish va eski binolarni qayta ta’mirlash ishlari boshlandi. Bu maqsadda davlat tomonidan qo‘shimcha iqtisodiy mablag‘lar ajratilgan va shu bilan birga qabul qilingan standartlarni buzishga keskin choralar ko‘rila boshlagan. Fuqarolarda nogironlarga nisbatan munosabatni o‘zgartirish maqsadida ommaviy ahborot vositalari orqali psixolog va boshqa mutaxassislar tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan kompaniyalar o‘tkazilgan. Mazkur chora-tadbirlar majmuasini amalga oshirishda diniy tashkilotlar ham muxim rol o‘ynagan. Natijada nogiron insonlar jamiyat hayot faoliyatining barcha soxalarida ishtirok eta olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi va shu bilan birga sog‘lom odamlar ularga boshqa ko‘z bilan qaray boshladilar.
Mamlakatning ko‘pgina joylarida nogironlar uchun ijtimoiy tashkilotlar, klublar va turli xil fondlar paydo bo‘la boshladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish zarur-ki, AQShda maxsus ehtiyojlarga ega insonga qonun tomonidan belgilangan hizmatlarning aksariyat qismini munitsipaletet tomonidan taqdim etilgan moliyaviy mablag‘ evaziga maxsus fondlar va tashkilotlar amalga oshiradi.
Ta’limdagi integratsiyani amalga oshirishda esa dasturlarni ishlab chiqishda, ishchilarni tayyorlashda, sog‘lom bolalar va nogiron bolalarni o‘zaro bir-birini qabul qilishini psixologik modelini ishlab chiqishda qiyinchiliklarga duch kelindi. “Inklyujen” modeli, xattoki, Daun sindromili bola ham sog‘lom bolalar bilan ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘lishini nazarda tutadi. Albatta, bunday bola uchun alohida dastur, o‘ziga xos osonlashtirilgan topshiriqlar ishlab chiqilib, dasturni samarali amalga oshishi ko‘p tomondan o‘qituvchiga bog‘liq.
Mazkur modelni qo‘llab-quvvatlash maqsadida imkoniyatlari cheklangan bolalarni o‘qitishdagi samaradorlik haqida bir necha kinofilmlar rasmga olingan. Biroq, shu bilan birga AQShda maxsus maktablardan ham butunlay voz kechilmagan bo‘lib, bolani u yerga joylashtirish faqat eng oxirgi chora hisoblanadi.
Qo‘shma Shtatlardagi ijtimoiy ta’minot haqida to‘xtalar ekanmiz, u yerda ijtimoiy xizmat nogironlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish, nafaqa va kompensatsiyalar to‘lovi, yashash sharoitlarini nogironlar uchun jihozlash va ta’lim-tarbiya muassasalariga eltish kabilar ta’minlanadi. Uyda amalga oshiriladigan xizmatlar kabi ijtimoiy xizmat turlari ham qo‘llanadi.
Demak, AQShda nogiron inson xayotini barcha jabhalarini qamrab oluvchi, uni maksimal tarzda jamiyatga integratsiyasi imkoniyatini yaratuvchi hamda bunday insonlarni jamiyat tomonidan qabul qilinishini ta’minlovchi imkoniyati cheklangan insonlarga yordam ko‘rsatuvchi bir butun tizim faoliyat ko‘rsatadi.
Buyuk Britaniyada nogiron insonlarga 3 turdagi muassasalar: ma’lum to‘lov asosida g‘amxo‘rlikni amalga oshiruvchi xususiy uy egalari, ijtimoiy muassasalar va ijtimoiy xizmatlarni katta qismini ta’minlab beruvchi maxalliy xokimiyat.
Ijtimoiy xizmat bo‘limlari uyda, kunduzgi markazlarda, internat yoki kunduzgi maktablarda yordam ko‘rsatadi. Mazkur muassasalarda intellektual kamchiliklarga ega bolalar bilan ishlashda katta ahamiyat muloqot malakalarini, ko‘chada, odamlar orasida xulq-atvor qoidalarini o‘rgatishga berilib, buning uchun maxsus sayrlar uyushtiriladi. Aqli zaif o‘smirlar uchun kasbiy tayyorlov markazlari faoliyat ko‘rsatadi.
Kasalxonalarda nogiron va kasal bolalar uchun maxsus mehnat terapiyasi bo‘limlari tashkil etiladi. Pediatriya soxasidagi mexnatterapevtlarining maqsadi: “kundalik hayotda bolalarda jismoniy, psixik va ijtimoiy soxalardagi optimal darajadagi mustaqillikni rivojlantirishdir”. Buyuk Britaniyadagi ijtimoiy xizmatlar departamentning ijtimoiy ishchisi nogiron va uni oilasining shaxsiy ishlari bo‘yicha maslaxat, ko‘llab-quvvatlash va tavsiyalar berish ko‘rinishida yordam berishi, nogiron va uni oilasi bilan kelishilgan xolda individual reabilitatsiya dasturini tuzishga ko‘maklashishi, nogironni me’yoriy, qiziqarli ma’naviy hayotini tashkil etadi. Departament zarur uskunalarni vaqticha taqdim etishi, dotatsiya ajratishi, telefon va boshqa aloqa vositalari yordamida yordam ko‘rsatishi mumkin.
Shu bilan birga Buyuk Britaniyada nogiron buyurtmasi asosida istalgan uskunani taqdim eta oladigan xususiy reabilitatsion korxonalar ham mavjud.
Imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim-tarbiya berish soxasida esa ta’limga integratsiya va maxsus maxtablarni mavjudligi ikki o‘zaro parallel zaruriy shartlar hisoblanadi. Mazkur ikki shart ta’lim-tarbiya tizimini moslashuvchanligi va tartibini ta’minlagan holda bu bolalarni ehtiyojlarini o‘zgargani sari unga qo‘shilish yoki uzoqlashish imkoniyatini yaratadi.
Angliyaning ko‘pgina regionlarida va ba’zi boshqa mamlakatlarda imkoniyati cheklangan bolalarni maktabgacha tarbiya yoshida Potedj(0dan 4-5yoshgacha bo‘lgan rivojlanishi orqada qoluvchi bolalarni uy ichida pedagogik xizmat ko‘rsatish) tizimidan samarali foydalanib kelinadi. Mazkur tizim 1970-yillarda AQShda vujudga kelib, uning asosini har bir bolaga uning xususiyatlarini inobatga olgan holda individual tarzda tuziluvchi dastur tashkil etadi.
Shunday qilib, hozirgi paytda ko‘pgina mamlakatlarda maxsus ehtiyojlarga ega bolalarni imkoniyatlari va ehtiyojlarini inobatga olgan holda alohida ta’lim va tarbiya berishdan to‘liq integratsiyaga o‘tilmoqda. Mazkur jarayon mamlakatlarni qonunlari tomonidan tartibga solinadi. Mazkur kategoriyadagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning dunyoviy tajribasidan kelib chiqgan holda nogiron bolalarni o‘qitishni tashkil etishning minimal standartlari ishlab chiqilgan:
Turli darajadagi og‘ir kamchiliklarga ega o‘quvchilarni pedagogik xususiyatlarini inobatga olgan holda imkon boricha umumta’lim maktabining boshlang‘ich va o‘tra sinflariga kiritish zarur.
Agar rivojlanishdagi nuqson umumta’lim sinfiga to‘liq integratsiyaga imkon bermasa, o‘quvchi umumta’lim sinfida ijtimoiy va ta’limiy asoslarga ega bo‘lishi va qo‘shimcha tarzda darsdan tashqari individual yoki guruhli davolash-korreksion darslar olishi mumkin.
Og‘ir aqliy va jismoniy kamchiliklarga ega bolalar umumta’lim maktabi qoshidagi alohida sinflarda tahsil olib, bunda bolalar tizimli ravishda sog‘lom tengdoshlari bilan muloqotida bo‘lishi mumkin. Xizmat ko‘rsatish tizimi borasidagi asosiy e’tibor ma’muriyatga qulay sharoitlar yaratishga emas, bolalarni ta’lim-tarbiya olish imkoniyatiga qaratiladi.
Individual o‘quv rejalari pedagog va ota-onalar hamkorligida o‘quvchilarni integratsiyalashgan ta’lim olish ehtiyoji va atrof muxitni shart-sharoitlarini inobatga olingan holda tuziladi.
Ta’lim-tarbiyani tashkil etishda mustaqillik ongli ravishda kllantiriladi.
O‘quv jarayonini mazmuni bolani yoshiga mos va integratsiyalashgan muxitda faoliyat ko‘rsatish uchun zarur funksional malakalar(uy ro‘zg‘ori, kasbiy xizmat ko‘rsatish, transport va x.z.)ga bog‘liq bo‘lishi joiz.
Ta’lim-tarbiya, boshqa odamlar bilan munosabatlar bolalar integratsiyalashgan muxitda boshqa individlar bilan munosabatga kirishini kafolati bo‘lishi lozim.
Ijtimoiy ishchining faoliyati asosan oilada moddiy-ro‘zg‘oriy axvolni zaruriy darajasini ta’minlash, ota-onaga moliyaviy yordam, sug‘urtaviy to‘lovlar kabilarni olish uchun xujjatlarni tayyorlashga yo‘naltirilgan. Zarur bo‘lganda u yashash muxitini, uyni sanitar xolatini yaxshilashga, transport bilan bog‘liq xizmat ko‘rsatishni tashkil etishga yordam beradi.
Nogironlikni idrok etishning ijtimoiy modeli quyidagicha: “nogironlik – jismoniy yoki ijtimoiy to‘siqlar natijasida jamiyat xayotida boshqalar bilan teng ravishda ishtirok etish imkoniyatini yo‘qotish yoki cheklanishi”. Bunday nuqtai nazarda ijtimoiy siyosatning jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bolalarga nisbatan yakuniy maqsadi ularni jamiyatga to‘liq integratsiyalash, ular tomonidan boshqa fuqarolar foydalanadigan ijtimoiy imtiyoz va yutuqlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Yana bir muxim tamoillardan biri – “xayot sifati” tamoilidir. Mazkur tamoiil individuumning ehtiyojlariga tayanish va insonni mazkur ehtiyojlarni iloji boricha to‘liq qondirilishi huquqini o‘z ichiga oladi.
BMT tomonidan 1981 yil Xalqari nogironlar yili deb e’lon qilingan, bu yili ko‘pgina mamlakatlarda barcha fuqarolarni teng huquqligini amaliyotda vujudga keltirish maqsadiga qaratilgan qonun va farmonlarni qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasini nogironlarga nisbatan davlat siyosati “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoyalanganligi” haqidagi qonun(1991y) bilan ifodalanib, qonunda aholining mazkur qatlamini barcha fuqarolar bilan teng bo‘lgan hayot faoliyati imkoniyatlarini ta’minlash, to‘laqonli hayot kechirish, jamiyatning iqtisodiy va siyosiy xayotida faol ishtirok etish hamda o‘z fuqarolik burchlarini bajarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimi aks ettirilgan. Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslar uchun qonun jamiyatni ularga munosabatini aks ettiradi, jamiyatni ularga nisbatan xulq-atvor stereotiplarini shakllantiradi. Qonun qabul qilinar ekan unga itoat etish shartdir. Qonun rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarni maxsus xizmatlar va moliyaviy nafaqani passiv iste’molchilari sifatida emas, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy tuzumini mustaxkamlashga o‘z xissasini qo‘sha oluvchi jamiyatning potensial a’zolari sifatida qabul qiladi.
Davlatning rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni integratsiyalashni nazorat qilish tizimi quyidagi komplnentlarni o‘z iiga oladi:
Yangi o‘quv dasturini tasdiqlash. O‘quv dasturi o‘quv jarayonini mazmuni va vazifalarini ilmiy, ijtimoiy va texnik amaliyotga bog‘liq bo‘lishi va shu bilan birga har bir o‘quvchi, ayniqsa, alohida ta’limiy ehtiyojlarga ega o‘quvchi tomonidan fanni idrok etish sur’atining o‘ziga xos tuzilishini inobatga oshishi joiz.
Mutaxassislarni rivojlantirish va tayyorlash. Ta’limni isloh qilishni olg‘a surilish mutaxassislar – maktab o‘qituvchilari, tarbiyachilar, ijtimoiy ishchilarni kasbiy ehtiyojlarini inobatga olmagan holda amalga oshirib bo‘lmaydi.
Ta’lim-tarbiya va bolalar muassasalariga ma’murlar tayinlash. Integratsiyalash jarayonida turli tashkilotlar ishini koordinatsiyalash hamda bolalarni o‘ziga xos xususiyatlarini xisobga olgan holda shart-sharoitlar yaratishni tartibga solish va tashkil etishda katta qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
Ta’lim tizimini baxolash. Amalga oshirilayotgan ta’lim isloxotini samaradorligini baxolash, unga bog‘liq davlat sifati standartlarini qabul qilish kabilarni o‘z ichiga oladi.
|
| |