|
Tayanch so‘zlar va iboralar
|
bet | 12/47 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 437,9 Kb. | | #123007 |
Bog'liq M. U. Hamidova, maxsus pedagogika-fayllar.orgTayanch so‘zlar va iboralar: maxsus pedagogika, maxsus maktab, himoyaga muhtoj, ijtimoiy moslashuv, imkoniyati cheklangan, erta tashhis, nogironlik, integratsiya, inklyuziv ta’lim, ijtimoiy hamkorlik.
Rivojlanishida murakkab ko‘p nuqsonli bolalarning ijtimoiy-maishiy moslashuvi
Ijtimoiy moslashuv (adaptatsiya) – individni ijtimoiy muhit sharoitlariga doimiy, faol moslashuvi, hamda bu jarayon natijasi. Garchi ijtimoiy adaptatsiya muntazam kechsada, bu jarayon odatda vaqti – vaqti bilan individ va uni atrofidagilar hayotida va faoliyatida eng ahamiyatli o‘zgartirishlar bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy adaptatsiyadagi markaziy aspekt-individning ijtimoiy rolini qabul qilishi hisoblanadi. Ijtimoiy adaptatsiyada kompleks reabilitatsiyalar tizimi imkon qadar yuqori darajadagi tayyorgarlikni ta’minlaydi. U taqdim etilgan uchta ko‘rinishdagi asosiy bosqichlarda bo‘lishi mumkin: adaptatsion – diagnostic, korreksion va integratsion, ularning har biri o‘ziga xos vazifalarni amalga oshiradi.
Birinchi bosqichda bola shaxsining rivojlanishiga tashxis qo‘yiladi, va u bilan reabilitatsion imkoniyati va eng maqbul korreksion – tarbiyaviy ishlari aniqlanadi.
Ikkinchi bosqichda bola bilan reabilitatsiya tadbirlari tashkil etiladi va o‘tkaziladi, hamda ota onasi yoki tarbiyachi reabilitatsion texnologiyalarga o‘qitiladi.
Uchinchi bosqichda ijtimoiy jamiyatda bolani integratsiyalash yollari aniqlanadi va ma’lum davr orasida jami kompleks reabilitatsiya olib boriladi.
Aloxida yordamga muxtoj bolani kompleks reabilitatsiyalash quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: “tibbiy, psixologik, pedagogik va ijtimoiy – iqtisodiy qabul qilingan tizim va jarayon, bartaraf etish, korreksiyalashga yo‘naltirilgan yoki to‘liq kompensatsiya”. Uning maqsadi “aloxida yordamga muxtoj bolaning ijtimoiy mavqeini, moddiy jihatdan mustaqilligini va uning ijtimoiy moslashishini reabilitatsiyalash”.
Maxsus o‘quv muassasalarida yoki internat turidagi muassasalarda tibbiy – ijtimoiy reabilitatsiya ishlari aloxida yordamga muxtoj bolalar uchun o‘quv jarayonini tashkil qilishda , ularning ijtimoiy-maishiy moslashuvini amalga oshirish jarayonida, o‘ziga xos tomonlarini aniqlashda amalga oshiriladi.
Ijtimoiy reabilitatsiya orqali bola shaxsining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari rivojlantiriladi. Jarayon davomida rivojlanishida murakkab ko‘p nuqsonli bola bilan vujudga keladigan g‘oyat katta miqdordagi ichki va tashqi omillar bilan bog‘liq bir qator muammolar bola rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.Ushbu jarayonni samarali boshlash uchun ularning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish, ijobiy va salbiy tomonlarini, ta’sir etish natijalarini oldindan ko‘rish va korreksiyalashni o‘z vaqtida boshlash kerak.
V.A.Slasteninning fikriga ko‘ra, ijtimoiylashuv (sotsializatsiya) jarayonida inson shaxsi tiklanadi, u ijtimoiy funksiyalarni bajarish qobiliyatini egallaydi, ya’ni uni rivojlanishini, o‘z mavqeini belgilab olishi va o‘zi amalga oshirishini nazarda tutadi. Bu vazifalar izchillik bilan, aniq maqsadga qarab hal qilinadi. Bu aniq maqsadga qarab uyushgan ijtimoiy jarayonni boshqarish - ta’lim deb nomlanadi. Ta’lim tushunchasidan (“qiyofa” so‘zidan) shaxsning yagona jismoniy va ma’anaviy jarayoni tushuniladi, sotsializatsiya jarayoni ayrim benuqson qiyofalar, tarixiy bog‘liqlikda, jamoat ongida ortiqroq yoki kamroq ijtimoiy aniq o‘lchamlarda tushuniladi (masalan, o‘zaro mos rivojlangan shaxs va boshqalar).
Aloxida yordamga muhtoj bolalar bilan ishlash jarayonida korreksion ishlarning axamiyati katta. Bu ishlar qanchalik sifatli amalga oshirilsa, bolaning shunchalik bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishi oson kechadi.
Bolalik bosqichida inson psixologo-pedagogik jihatdan kuchli ta’sirlanadi. O‘sib kelayotgan bola organizmi, uning miya tuzilishining ichki imkoniyatlari chegarasizligini inobatga olgan holda tashkil etilgan korreksion-pedagogik, psixologik hamda tibbiy ishlar bolaning birlamchi nuqsonini kamaytirib, ikkilamchi nuqsonlarni oldini olishga yordam beradi. Bularning hammasi bolani mustaqil, hech kimga qaram bo‘lmagan xolda xayot kechirishga tayyorlash omillaridir.
Bolalarni ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi – bu nafaqat qalbdagi sifatlarni, balki yangi texnologiya va inovatsiyalarning paydo bo‘lishi bilan tadrijiy rivojlanib boradigan bu nozik soxada professional yondoshuvni talab qiladigan serdiqqat mexnatdir. Bu soxaning takomillashuvida nogironligi bo‘lgan bolalar bo‘yicha idoralararo elektron ma’lumotlar bazasi yaratildi, makroijtimoiy darajada imkoniyati cheklangan bolalarning ijtimoiy moslashuvi xolatini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borildi.
O‘zbekistonda imkoniyati cheklangan bolalarning majmuaviy abilitatsiyasi va reabilitatsiyasi, ta’limiy va kasbiy reabilitatsiyasi tizimining samaradorligini oshirish, bu toifadagi bolalar bilan ishlovchi kadrlarni tayyorlash xamda malakasini oshirish, imkoniyati cheklangan bolalar uchun muassasalar deinstitualizatsiyasi, shuningdek, ular bilan olib borilayotgan ishlar xolati bilan bog‘liq muammolarni xal qilish uchun tashkilotlarning o‘zaro xarakatini takomillashtirish, boshqa soha vakillari bilan o‘zaro xamkorlikda ishlash natijasida idora va xizmatlar faoliyatining uyg‘unlashuvi sezilarli tarzda yaxshilandi.
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan xamkorlikda O‘zbekistonning turli mintaqalarida –Toshkent shaxri va Toshkent viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona vodiysida uch yoshgacha bo‘lgan bolalarning salomatligi va rivojlanishida majmuaviy baxolash o‘tkazildi. Monitoring Butunjaxon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi standartlari asosida amalga oshirildi. Bu tadqiqotlarning xulosalari asosida aniq tavsiyalar ishlab chiqildi. Jumladan, erta tashxis va barvaqt aralashuv muammolari xal etildi. Toshkent shaxridagi ikkita oilaviy poliklinikada “Barvaqt aralashuv xizmati” ish boshladi. “Barvaqt aralashuv xizmatini yaratish to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq alohida ixtiyojli bolalarga barvaqt majmuaviy korreksion psixologik yordamning uslubiy va tashkiliy asoslari ishlab chiqildi. Bola rivojlanishidagi buzilishlarni o‘z vaqtitda aniqlash va ularni, zaruriyat bo‘lganida, bolalar nogironligi va rivojlanishdagi ikkilamchi buzilishlarni oldini olish uchun chuqur tibbiyy va psixologik-pedagogik tekshiruvga yo‘llashda yordamlashadi. Bola rivojlanishidagi kamchilik qancha erta aniqlansa, uni xal qilish shunchalik oson kechadi.
Internat turidagi bolalar “Muruvvat” uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va psixologik-pedagogik kuzatib borish yuzasidan ishlab chiqilgan va amalda qo‘llanilayotgan shakllari ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanishning yana bir namunasi xisoblanadi. Bu toifadagi bolalar uchun Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi xodimlari individual korreksion-rivojlantiruvchi dasturlar, abilitatsiya va reabilitatsiya dasturlarini tuzdilar. Ular bolalarga jamiyatga to‘laqonli integratsiyalanish, inklyuziv ta’limga tayyorlanish imkonini beradi. Bu muassasaning xodimlari uchun ilmiy-uslubiy dasturlar bo‘yicha seminar va treninglar olib borilmoqda. Bolalar “Muruvvat” uylari tarbiyachilari chuqur, og‘ir, o‘rtamiyona va yengil aqliy qoloqlikka ega bo‘lgan bolalar bilan korreksion –rivojlantiruvchi ish malakalariga o‘qitildi. Mexnat va axolini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi bilan o‘zaro samarali xarakat sharofati bilan bolalar muruvvat uylarining shtatlari qaytadan ko‘rib chiqildi. Agar avvalgi yillarda bitta tarbiyachiga 30 tadan ortiq bola to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, endilikda ular 5-6 nafargacha qisqartirildi. Bu esa murakkab ko‘p nuqsonli bolalarga boshqa bolalar bilan teng ravishda ta’lim olish va rivojlanish imkonini berdi.
Hozirgi kunga qadar Muruvvat uylariga rivojlanishida murakkab va ko‘p nuqsonli bolalar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tasarrufida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 23.08.2011 yildagi 240-sonli buyrug‘iga binoan qabul qilinadi. Muruvvat uylaridagi bolalar bilan ta’lim individual dastur asosida amalga oshirilar edi. Endilikda internat turidagi muassasalarda bolalarni mustaqil hayotga tayyorlashga qaratilgan ijtimoiy-maishiy hamda kasbiy tayyorgarlikni amalga oshiruvchi ishlar maxsus ishlab chiqilgan ta’lim-tarbiya jarayoni tizimi bo‘yicha olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va axolini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra ushbu vazirlik tizimidagi bolalar Muruvvat uylarida 1307 ta 18 yoshgacha bo‘lgan bola mavjud.
RBIMM xodimlari tomonidan olib borilgan ishlar natijasida olingan ma’lumotlarga ko‘ra Muruvvat uylari tarbiyalanuvchilarining taxminan 150 nafari mehnatning oddiy turlarini egallab, ta’lim jarayoniga jalb etilib, oila va jimiyatda mustaqil xayot kechirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash qurbiga ega, ularning reabilitatsion ichki imkoniyatlari mavjud. Shundan ko‘rinadiki, Respublikamizda bolalar “Muruvvat” uylarida yashovchilarni ham mehnatga jalb etib, davlat tomonidan ular uchun sarflanayotgan talaygina mablag‘larni tejash mumkin.
Buning uchun internat turidagi bolalar “Muruvvat” uylarida ta’lim-tarbiya jarayonini qayta ko‘rib chiqib, yangi tizim yaratish, nogiron bolalarni o‘z o‘ziga xizmat qilish, imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, qo‘lidan keladigan, kasbiy mehnatga o‘rgatish, “Muruvvat” uyidan tashqaridagi ijtimoiy aloqalarni o‘rnatish muhim ahamiyatga ega.
Jahon defektologlari asarlarida internat turidagi muassasalarda olib boriladigan korreksion ishlarni amalga oshirish muammosi
Ijtimoiy moslashuv shaxsni turlicha ijtimoiy muxitning strukturaviy elementlariga faol kirishishiga imkon beruvchi, ya’ni jamoaning jamoatchilik xayoti va faoliyatida baxoli qudrat ishtirok etuvchi, jamiyatning ijtimoiy va madaniy xayotiga qatnashuvchi, yashab turgan joyining meyorlari va qoidalariga muvofiq o‘z xayotini qura oluvchi sotsializatsiyaning mexanizmlaridan birini o‘zida aks ettiradi. Ijtimoiy moslashuv-bu shaxs va jamiyat o‘zaro ta’sir ko‘rsatuvchi uzluksiz jarayon.
Me’yorda rivojlanayotgan bolalar katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan muloqot, ota-onalariga xo‘jalik bo‘yicha yordamlashish, ularni o‘rab turgan xayot va xodisalarga o‘xshatib qilingan turli o‘yinlarni o‘ynash, televidenie va radiodan axborot olish jarayonida ma’lumot va bilimga ega bo‘ladilar. To‘g‘ri tarbiya o‘rnatilgan oiladagi bolalar zimmasida uy-ro‘zg‘or xo‘jaligi va ularni o‘rab turgan hayot haqidagi tushunchalarini kengaytirishga yordam beruvchi ma’lum bir maishiy-xo‘jalik majburiyatlari bo‘ladi. Bundan tashqari, maktabda o‘qish o‘smirlarni zarur bo‘lgan ma’lumot, odat, malakalar zaxirasi bilan qurollantiradi.
Aloxida yordamga muxtoj bolalarda esa ushbu jarayon boshqacha kechadi. Ushbu toifadagi bolalar bilan ishlovchi xodimlar ta’lim va tarbiya shakllarining mohiyatini, maqsad va mazmunini, usul hamda vositalarini, tamoillarini yaxshi egallab, ularni amalda qo‘llay olishlari kerak. Ta’lim-tarbiya jarayonida bolalarni o‘z kuchiga ishontirish, mashg‘ulotlarga havasini uyg‘ota bilish, material bayoni vaqtida ularning dikqatini to‘la jalb qila olish, materialni esda saqlab qolish yo‘llarini (mashq, ko‘rgazmali qurollardan foydalanish, mustaqil ish, suhbat, didaktik o‘yin kabi vositalarni) qo‘llanishi o‘qitish samaradorligini yanada oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tug‘risidagi qonunning 23 moddasiga ko‘ra rivojlanishida jismoniy yoki psixik kamchiliklari bulgan aloxida yordamga muxtoj bolalar ta’lim olish xukukiga ega.
Bizning mamlakatimizda alohida yordamga muxtoj bolalarga yordamni tashkil etish - inson xakida g‘amxo‘rlik kursatilishi, ijtimoiy ximoya, mexr va muruvvatning yorkin namunalaridan biridir. Xozirgi kunda aloxida yordamga muxtoj, imkoniyatlari cheklangan bolalarga yordam O‘zbekiston Respublikasida uch vazirlik qoshidagi muassasalarda amalga oshirilmokda: Mehnat va axolini ijtimoiy muxofaza kilish vazirligi, Sog‘likni saklash hamda Xalq ta’limi vazirliklari.
Alohida yordamga muhtoj bolalar integratsiyasi
“Integratsiya” tushunchasi ingliz tilidan olingan bo‘lib, integrative – qo‘shiluvchi, birlashuvchi, integration – qo‘shilish, birlashish degan manoni bildiradi. Volferen Bergerning yozishicha: “Integratsion ta’lim bu – segregatsion ta’limning aksi bo‘lib, bunda maxsus ehtiyojga ega bolalar umumta’lim muassasalari tizimiga kiritiladi”.
Integratsiya keng, ma’noda ijtimoiy integratsiya yoki jamiyatga integratsiya va pedagogik integratsiya yoki ta’limga integratsiyani o‘z ichiga oladi.
|
| |