M. U. Hamidova




Download 437,9 Kb.
bet25/47
Sana18.12.2023
Hajmi437,9 Kb.
#123007
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47
Bog'liq
M. U. Hamidova, maxsus pedagogika-fayllar.org

Koxlear implantant
Koxlear implantant (ya’ni kiritma) kelajakda eshitishi zaiflashgan ko‘pgina bolalarning ta’lim-tarbiyasida natijalarga erishishiga olib keladi.
Bu allaqachon rivojlanib borayotgan mamlakatlarni qamrab olgan holda ko‘pgina dunyo mamlakatlarida tarqalgan. Koxlear implantant o‘tqazish qimmat bo‘lsa ham birinchi “mahalliy” koxlear implantant Hindistonda 2005-yilda boshlandi, dunyo bo‘ylab ko‘pdan-ko‘p eshitishi zaiflashgan odamlar bu imkoniyatga ega bo‘lish uchun yangi va innovatsion texnologiyalarni kutishgan. Koxlear implantant jarrohligi chuqur karlik yoki tovushni eshitishni bir qancha og‘ir turlarining u yoki bu turida odamga electron moslama kiritishni nazarda tutadi. Bir qancha eshita olmagan bolalar himoyachi yordamida so‘zlash qobiliyati mashg‘ulotlarini olib borishlari kerak. Bu mashg‘ulotlardan oldin bolalar tibbiy ko‘rik xulosasidan o‘tishlari kerak.
Ko‘pgina voyaga yetgan bolalar ovoz chiqara olishiga oylar va yillar kerak, chunki ular tovushlarni xira va noqulay anglashlari mumkin.
Birinchi marta koxlear implantantdan foydalanib ko‘rishga 1985-yilda ruhsat berilgan.
Koxlear implantant hissa qo‘shgan “karlar jamiyati”dagi baxslar o‘rtasida vujudga kelgan. Shu o‘rinda koxlear implantant eshitish rivojiga jiddiy xavf keltirib chiqaradimi? Koxlear implantant odamlarga dunyoning eshitish a’zosidek samaradorlik vazifasini bajara oladimi?, natijalar jarrohlik va muolajalarning harakatini tasdiqlay oladimi?kabi savollar ko‘pgina baxslarga sababchi bo‘ldi. Tortishuvlarga qaramay, tahminan dunyoda 8000dan ko‘p bolalarda koxlear implantant mavjud bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlarda bunday bolalar sonining oshishi kuzatilmoqda5.
Bu mulohazalarni bilib oling:
- Yuzdagi sochlar – mo‘ylov va soqol eshitishi zaiflashgan bolalarning lab harakatlarini o‘qishida va yuz mimikalarini tushinishida salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
- Yuzni berkitish – ro‘mol bilan ko‘zlarni, qoshlarni, burunni, og‘izni va lunjni yopish, eshitishi zaiflashgan bolalarga lab harakatlarini o‘qish va mimikani tushunishida salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
- Kar bolalarning (kuchli eshitishi yo‘qolgan bolalarning) ko‘p qismi eshitadigan ota-onalardan tug‘iladi. Shuning uchun maktab ota-onalar uchun tub ma’noda yo‘riqnoma tayyorlab berishga harakat qilish kerak;
Kar bolalar boshqa bolalardan o‘rganishga ehtimol muhtojdirlar, chunki ular o‘qishni, yozishni ikkinchi tilda o‘rganishlari kerak, bu birinchi tildan farq qiladi;
Shuningdek, og‘ir eshituvchilar, ko‘p vaqt boshqa bolalardan o‘rganoshga muhtoj, sinfda boshqa bolalar gaplashayotganda ular o‘qituvchini eshitmaydi. Shuning uchun ko‘p ma’lumotlar darsning oxirida beriladi.6


Download 437,9 Kb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   47




Download 437,9 Kb.